O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Tahoratning fazilati

Tahoratning fazilati
11 Kasım 2017 - 7:00 'da yuklandi va 2121 marta o'qildi.

TANBEHUL G'OFILIYN
ABU-LAYS SAMARQANDIY

(43)
(davomi)

TAHORATNING FAZILATI

Abu Umomatul Bohiliy deydi:

“Bir kuni Amr bin Anbasaga “senga nechun islomning to'rtinchisi” degan unvon berildi?”, deb so'radim.

U menga shunday javob berdi: “Men avvaldan beri insonlarning to'g'ri yo'ldan ozganini, ular topingan butlarning bo'sh narsalar ekanini bilardim.

Bir kuni Makkada bir odamning chiqib, yangi iddaolar olg'a surganini eshitdim. Darhol ulovimga minib, Makka yo'liga tushdim.

U erga borganimda, Rasululloh alayhissalomning yashirin faoliyat ko'rsatayotganini ko'rdim, atrofida bir necha do'sti bor edi.

Uning yoniga borib, xushmuomalalik bilan “sen kimsan?”, deb so'radim.

“Men Payg'ambarman”, dedi u.

“Payg'ambar ne demak?”, deb so'radim.

“Allohning elchisi demak”, dedi u.

Shunda men:

– Seni Alloh yubordimi?,- deb so'radim.

– Ha, – dedi u

– Senga U qanday vazifa berdi?,- deb so'radim.

– Allohning birligiga inonishni, unga  o'rtoq qo'shmaslikni, butlarni sindirishni, qarindosh haqlariga rioya qilishni vazifa qildi,- dedi Rasululloh alayhissalom.

– Bu tamoillarda senga tarafdor bo'lganlar kimlar?,- deb so'radim men.

– Bir hur va bir qul,- deb javob berdi.

Qaradim, uning yonida Abu Bakr va Bilol bor edi.

Men unga:

– Men ham senga bog'lanishni istayman,- dedim men.

– Bugun buni qilaolmaysan, sen hozir oilangning oldiga qayt. Ochiq maydonga chiqqanimdan so'ng menga qo'shilasan,- dedi Rasululloh alayhissalom.

Men oilamning yoniga qaytdim. Ammo men endi musulmon edim. Ko'rib turganingdek, o'sha kuni men musulmon bo'lganlardan to'rtinchi kishi edim.

Payg'ambarimiz alayhissalom Makkadan Madinaga hijrat etganda men ulovimga minib, Madinaga bordim.

Payg'ambarimizning yoniga kirganimda, undan “meni tanidingmi?”, deb so'radim.

U “tanidim, sen Makkada yonimga kelgan eding”, dedi.

– Yo Rasululloh, Alloh taoloning senga bergan bilgilardan menga ham o'rgat,- dedim men.

– Bomdod namozidan so'ngra, quyosh chiqquncha boshqa namoz qilma. Quyosh chiqib, biroz yuksalguncha ham namoz qilmagin. Chunki quyosh shaytonning ikki shoxi o'rtasida tug'adi va u onda kofirlar quyoshga sajda etadilar.

Quyosh bir yoki ikki nayza bo'yi qadar yuksalganda, namoz qil. U payt qilingan namoz mushohada va huzur paydo qiladi. Bu vaqt har narsaning soyasi o'zi qadar bo'lguncha davom etadi.

Har narsaning ko'lankasi o'zi qadar bo'lganda namoz qilma. Chunki u payt  jahannamning yoqilajagi paytdir.

Har narsaning soyasi uning bo'yidan osha boshlagandan boshlab, asr namozigacha qilingan har bir namoz, mushohada va huzur paydo qiladi.

Asr namozini qilib, quyosh botgunga qadar namoz qilma. Chunki quyosh shaytonning shohlari orasida botadi va u paytda unga kofirlar sajda qilishadi, – dedi Rasululloh alayhissalom.

So'ngra unga “menga tahorat haqida bilgi ber”,- deya iltimos qildim.

– Orangizdan bittasi og'ziga, burniga suv olib, uni qaytarib tashlasa, suv bilan birga og'iz va burunning gunohlari chiqib ketadi.

Keyin Allohning amr etgani kabi yuzini yuvsa, suv bilan birga yuzining gunohlari yuvilib ketadi.

So'ngra Allohning amr etgani kabi qo'llarini tirsaklariga qadar yuvsa, barmoq uchlaridan oqqan suv bilan qo'llarining gunohlari tushib ketadi.

So'ngra boshini mash etganda, sochlarining uchlaridan to'kilgan suv bilan boshidagi gunohlar ketadi.

So'ngra qul oyoqqa turib, Allohga hamd etib, ikki rakat namoz qilsa, onasidan endi tug'ilganday butun gunohlardan qutuladi”.

Abu Hurayraning (Alloh undan rozi bo'lsin) rivoyat etishicha, Payg'ambarimiz alayhissalom sahobiylariga “Alloh taoloning gunohlaringizni o'chirib, darajangizning yuksaltirishiga sabab bo'ladigan narsalarni sizga aytaymi?, dedi.

“Ayt, yo Rasululloh”, deyishdi sahobiylar.

Payg'ambarimiz shunday dedi:

– Ertalab nuqsonsiz shaklda tahorat olmoq, sizga yoqmagan narsalarga sabr etmoq, masjidlarga qarab odim otmoq, namozning birini qilib, ikkinchisini kutmoq – sizni dushmandan himoya qiluvchi qal'alardir. (Buxoriy)

Aba Hurayraning (Alloh undan rozi bo'lsin) aytishicha, Payg'ambarimiz alayhissalom bir kuni shunday dedi:

“Kim tahoratli o'laroq, toza bir ich kiyimda uyquga yotsa, bir malak ham u bilan yotadi. U kechasi har safar uyg'onganida, malak “Allohim, bu qulingni avf et, u top-toza bo'lib yotoqqa kirdi”, deya duo etadi.

Savbonning (Alloh undan rozi bo'lsin) rivoyat etishicha, Payg'ambarimiz alayhissalom shunday degan:

“Tuppa-to'g'ri bo'lingiz, bunga faqat mahsus g'ayrat bilan erishmog'ingiz mumkin. Biling-ki, eng xayirli amalingiz namozdir va faqat mo'minlargina davomli tahoratli yuradilar”.

Hazrati Usmon (Alloh undan rozi bo'lsin) bir sahobiyni Ka'baga o'rtuk (Ka'baning ustini yopish uchun mahsus yopinchiq) olib kelish uchun Misrga yubordi.

Sahobiy Shomda bir havro (sinagog) ga kirib, uning xoxomi (ruhoniysi) bilan suhbatlashib, ba'zi bilgilar olmoqchi bo'ldi.

Sahobiy havroning eshigini qoqdi.

Eshik ancha vaqtgacha ochilmadi.

Sahobiy ancha kutdi, so'ngra, nihoyat eshik ochilib, uni ichkariga kiritishdi.

Sahobiy xoxom bilan ancha suhbatlashdi, suhbatdan mamnun qoldi.

Suhbat so'nggida sahobiy xoxomdan nega eshikni ochmay, uni kuttirganlarini so'radi.

Xoxom shunday dedi:  Havroning eshigiga kelganingda seni sulton kabi haybatlik ko'rdik va qo'rqdik.

Alloh taolo Muso (a.s.)ga “Yo Muso, bir sultondan qo'rqsang ham o'zing tahorat ol va atrofingdagilarga tahorat oldir, chunki tahoratli inson qo'rqqaniga qarshi Mening himoyamga kiradi”, deb buyurgani uchun seni eshik oldida kuttirib, tahorat qildik, so'ngra eshikni ochdik”.

Rivoyatga ko'ra, mo'min qul tahoratni tamomlar ekan, “subhanakallohumma va bihamdik. Ashhadu anla ilaha illa anta astag'firuka va atubi ilayk”, desa uning olgan tahorati muhrlanib, Arsh tagiga qo'yiladi va qiyomat kuni unga berilguncha ustidagi muhr buzilmay turadi.

Bu duoning manosi shunday:

“Allohim, Senga hamd etaman, Seni nuqsonlardan tanzih etaman. Shahodat etaman-ki, Sendan boshqa iloh yo'qdir, gunohlarim uchun Sening dargohingga sig'inib, tavba etaman, Sendan avf tilayman”.

Hazrati Umarning (Alloh undan rozi bo'lsin) rivoyat etishicha, Payg'ambarimiz alayhissalom shunday degan:

“Orangizda bittasi tahoratini tamomlab, “ashhadu anla ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu va anna muhammadan  abduhu va rosuluhu”, desa, unga Jannatning sakkiz eshigi ochilib, istaganidan ichkariga kiradi”. (Buxoriy)

Abu Dardo (undan Alloh rozi bo'lsin) deydi: “Payg'ambarimiz alayhissalom shunday dedi:

“Qiyomat kuni kim iymon bilan birga shu besh narsani bajo keltirgan holda kelsa, jannatga kiradi:

1.Rukulari va sajdalarini to'la-to'kis qilib, tahoratli holda, o'z vaqtida namozlarini ado etsa.

2.Nafsini poklamoq uchun zakotini bersa (yamin etaman-ki buni faqat mo'min qiladi).

3.Ramazonda ro'za tutsa.

4.Borishga kuchi etsa, hajga borsa.

5.Omonatni joyiga bersa”.

Tinglovchilar “Yo Abu Dardo, bu so'zingda “omonatni joyiga bersa”  deganingda nimani nazarda tutyapsan?” deb so'radilar.

“Omonat bu erda junublikdan tozalanish, g'usl ma'nosidadir. Chunki Alloh taolo o'z dinining faqat ushbu hukmini inson zotiga omonat etgandir”, deb javob berdi Abu Dardo.

Abu Hurayraning (Alloh undan rozi bo'lsin) rivoyat etishiga ko'ra, Payg'ambarimiz bir bomdod namozida Bilolga “eng pok amal diniy amaling nima, menga ayt. Chunki men Me'roj kechasi Jannatda sening oyoq tovushlaringni eshitdim”, dedi.

– Menga ko'ra, mening eng pok islomiy amalim kechaning va yoki kunduzning har qanday soatida tahorat olaman va mutlaqo Robbimning rizosi uchun namoz qilaman,- dedi Hazrati Bilol.

Boshqa bir rivoyatga ko'ra, Hazrati Bilolning Payg'ambarimiz alayhissalomga bergan javobi shunday bo'lgan: “Har tahorat buzilishida mutlaqo tahoratimni yangilardim va har tahoratimni yangilaganimda mutlaqo namoz qilardim”.

To'g'risini Alloh biladi.

(davomi bor)
Muhammad Solih tarjimasi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube