O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Hajjatul vido

Hajjatul vido
12 Kasım 2017 - 7:00 'da yuklandi va 2191 marta o'qildi.

Alixonto'ra Sog'uniy

TARIXI MUHAMMADIY — 229
(davomi)

HAJJATUL VIDO

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qirq yoshga to'lganlarida er ustidagi barchai nsonlarga va ham jinlarga payg'ambar bo'ldilar. O'n uch yil Makkada turgandan so'ngra bu erdan Madinaga hijrat qilib ketmakka Allohdan amr bo'ldi. Makkada turgan muddat ichida kofirlar bilan jihod qilishga Xudodan buyruq bo'lmagan edi, balki ulardan har qancha kulfat ko'rsalar ham sabr qilmoqqa buyurilmish edilar. Rasulullohning o'zlariga va sahobalariga kofirlar tomonidan har qancha jabr-jafo etsa ham unga sabr qilmoqdan boshqa choralari yo'q edi. Chunki u chog'da jihodning vaqti kelmagan, sharoiti to'lmagan edi.

Ularning qiynoqlari ostida o'lgan kishilar ham bor edi. Ish shu holga etganda ham kofirlarga qarshi qurol qo'llanib, ular bilan urushmoqqa ruxsat yo'q edi.

Rasululloh Madinaga hijrat qilib kelishlari bilan ishlar butunlay o'zgardi. Avvalda ersa kofirlardan kim urushsa, shungagina qarshi jihod qilmoqqa buyurilgan edi. Keyinroq jihod sharoiti to'liqlashgandan keyin butun kofirlarga qarshi jihod qilmoq musulmonlarga farz bo'ldi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'zlari bosh bo'lib, yigirma etti marta jihod safariga chiqdilar. Qolganlariga esa askar yubordilar. Hijratning ettinchi yilida Arabistonga chegaradosh bo'lgan barcha podsholarga Islomga da'vat qilib noma yozdilar. Sakkizinchi yili Makka fath bo'lgach, Quraysh mushriklari Islom dinini qabul qildilar va shu yili barcha arab qabilalaridan Rasulullohga elchilar keldi. Bular orqali Islom dini butun Arabistonga tarqaldi.

Hijratdan o'n yil o'tgandan keyin Alloh amri bilan o'sha yili haj qilmoqchi bo'ldilar. Madina atrofidagi musulmonlarni xabarlagach, yuz mingdan ortiq kishi yig'ildi. Hijratning o'ninchi yili zulqa'da oyidan olti kun qolganda, payshanba kuni ertalab yo'lga chiqdilar.

Islom dinida haj farz bo'lgandin keyin Rasulullohning birinchi qilgan hajlari shul edi. Shuning uchun munga «Hajjatul Islom» deb nom qo'ydilar. Rasululloh shu hajda ummatlari bilan xayrlashganlari, vidolashganlari uchun buni «Hajjatul vido» deb ham atadilar. Shundan so'ng haj qilmoqqa umrlari etmadi. Eng oxirgi qilgan hajlari shul bo'ldi. Hamma onalarimiz bu safarda birga edilar. Onamiz hazrati Oishaning mingan tuyalari yuradigan, o'zi engil, yuki kamroq bo'lib, Safiyaning mingan tuyasi yuki ko'proq bo'lib, askarga etishib yura olmas edi. Shuning uchun Rasululloh hazrati Oishaga kelib yumshoqlik bilan:

— Ey Oisha, sen mingan tuyaning engil ham o'zi yuramoldir. Safiyaning mingani esa yuki og'ir, o'zi qashang ekan. Askarga etib yura olmay qoldi, unga qarab qo'shin yurishi ham sekinlashdi. Shuning uchun yukinglarni almashtirmoqchi bo'ldik, — dedilar.

Oishaning achchig'i kelib:

— Siz o'zingizni Allohning payg'ambari bilasiz, na uchun adolat qilmaysiz? — dedi.

Hazrati Abu Bakr Siddiq shu erda bor edi. Bu so'zga g'azabi kelib, qizlari Oishaning yuziga bir tarsaki urdilar. Buni Rasululloh og'ir olib, uni yomonladilar. Anda Abu Bakr Siddiq:

— Yo Rasulalloh, buni aytgan so'zini eshitmadingizmi? — dedilar.

— Eshitdim, lekin kundoshlik ustida gapirgan xotinlar esa, so'zning o'y-chuquriga qaramaydilar, — dedilar Rasululloh.

Bu safarda Rasululloh bilan Abu Bakr Siddiq ikkovlari qo'shdosh (birga) edilar. Makka yo'lida Arj degan joyga karvon kelib etdi. Ertalab turganda qarasalar, oziq-ovqat yuklangan tuyalari yo'q. Bu tuya esa xizmatchi qulning qo'lida edi.

— Tuyang qani? — deb so'rasalar:

— Kechadan beri izlab topolmadim, — dedi.

— Bir tuyani kutolmay, yo'qotib o'ltirgan qanday kishisan? — deb Abu Bakr Siddiq qulni qamchi bilan urdilar ersa, Rasululloh:

— Manovi ehromlik kishining qilayotgan ishini ko'ringlar? — deb, boshqa gapirmay kulimsirab qo'yib, haj safaridagi kishilarga bu xildagi ish durust emasligini bildirdilar.

Sahobalardan ba'zi birlari eshitib darrov taom tayyorlab, Rasululloh oldilariga keltirishdi.

Abu Bakr Siddiq ersalar, tuyalari yo'qolgani alamiga achchig'lanib o'ltirgan edilar:

— Ey Abu Bakr, o'zingni ko'p koyitma. Har ish sen bilan biz aytgandek bo'lavermaydi, munga sendan ko'proq bu o'g'il xafadur. U yo'qolgan taom o'rniga Xudo undan yaxshirog'ini etkizdi, kelgil, — dedilar Rasululloh.

Shu orada Safvon ibn Mu'attal yo'qolgan tuyani yuklari bilan topgan ekan, etaklab kelib, chodir oldiga cho'ktirdi. Bu odam askar ortida yuradigan chindovul bo'lib, esdan chiqqan, qolgan, yo'qolgan narsalarni yig'ib yurish uning vazifasi edi.

Anda Rasululloh:

— Ey Abu Bakr, yuklaringni qarab ko'rgilchi, yo'qolgan hech narsa bormi? — dedilar.

— Yo Rasulalloh, bari narsamiz tugal ekan, yolg'iz suv ichib yurgan bir idishimiz yo'q, — deganida xizmatchi o'g'il:

— U narsa menda, mana, — deb ko'rsatdi.

Bu erdan chiqqach, yurib o'ltirib bir necha kun ichida Makkaga etib, tushga yaqin shahar ichiga kirdilar. Rasulullohning dastlabki qilgan ishlari Baytullohni tavof qilish bo'ldi. Ka'bani etti marta aylanib, tavofni tugatgandan keyin Maqomi Ibrohimda ikki rakat tavof namozini o'qib, so'ngra zam-zam qudug'idan suv ichdilar. Quduqdagi suvga og'izlarini chayqab, yana uni qaytarib zam-zam qudug'iga to'kdilar. Quduqdan suv tortib bergan kishi amakilari hazrati Abbos edi.

Anda Rasululloh:

— Zam-zam suvini quduqdan o'zim tortib olmoqchi edim. Mendan keyin ummatlarim quduqdan suv tortib ichishni sunnat deyishib talashib yurmasinlar, deb o'zim tortmadim, — dedilar.

So'ngra Safo, Marva tog'lari orasida yurib, u kunning ibodatini qilib tugatdilar.

Qurbon oyining sakkizinchi kuni «Yavmu tarviya» deyiladi. Shu kuni Makkadan chiqib Mino tog'iga borib yotmoq sunnatdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulug' jamoat bilan Minoga kelib shunda yotdilar. Bomdod namozini o'qib juma kuni Arafotga qarab yurdilar. Ana shu yili «hajji akbar» bo'ldi. Hojilar juma kuni Arafotda bo'lsalar, «hajji akbar»ni topadilar. Arafotda bir azon ikki takbir bilan peshinga asr namozini qo'shib o'qidilar. Bu ikki namozni qo'shib o'qish shundan beri ummatlariga sunnat bo'lib qoldi.

Rasululloh Qasvo degan tuyalariga minib olti yuz ming chamalik hoji yig'ilgan Arafot tog'ida turib xutba o'qib, uzun bir va'z aytdilar. Bu joyda aytgan eng so'ngi va'zlari shu edi. Bu erdan qaytib uch oy o'tgandan keyin olamdan o'tdilar. Demak, shu hajlarida hozir bo'lgan va g'oyib butun ummatlari bilan xo'shlashgan edilar.

Endi biz bu o'rinda Rasulullohning o'qigan xutbalari va aytgan va'zlarining qisqacha mazmunini bayon qilamiz.

«Hamdu-sano Allohga bo'lsin. Uni ulug'laymiz, unga hamd aytamiz, undan yordam so'raymiz va mag'firat tilaymiz, unga tavba qilamiz, yomon amallarimizdan, o'z nafsimizning sharridan Alloh panohiga qochamiz. Alloh yo'lga solganni adashtirguvchi yo'qdir. Olamni yaratgan u yolg'iz o'zidur. Uning sherigi yo'qdur. Guvohlik beramankim, Muhammad uning quli ham payg'ambaridir. Ey Xudoning bandalari! Sizlarnng taqvolik bo'lib, Xudodan qo'rqishlaringni tilayman.

Hammangizni Allohning toat-ibodatiga undayman. Sizlarga nima narsa foydalik bo'lsa, shuni ayturman. Ey odamlar! Mendan shu so'zlarni aniqlab olinglar. Shu yildan so'ngra yana bu erda sizlar bilan ko'rishmog'imiz menga ma'lum emasdur. Shuning uchun bu kuni sizlarga ko'p narsalarni aytib, topshirgayman.

Ey odamlar! Sizlarning qoninglar va molinglar bir-biringlarga haromdir. Shu kundan boshlab qiyomatgacha bu hukm o'zgarmasdur. Shu oyda shu shaharda bu arafa kunining hurmatini saqlagandek, ularning ham hurmatini saqlanglar. Har kimga bir kimsa omonat qo'ysa, unga hech xiyonat qilmay egasiga topshirsin. Bu kundan keyin hech kim sudxo'rlik qilmasin. Islom dinida bu ish haromdur. Islomdan ilgari berilgan ijara pullarini yo'q qildim. Amakim Abbosning ijaraga bergan pullarini yo'qotish bilan bu ishni boshlayman. Johiliyat zamonida bo'lgan qon da'volarini yo'qqa chiqardim. Islom davrida unday da'volar so'ralmaydur. Dastlab o'z amakim o'g'li Rabi'aning qon da'vosini qoldirdim.

Qurol tutib, qasd qilib kishi o'ldirganni qasos qilib o'ldirurlar. Qasd qilganligi aniqlanmagan, tayoq-tosh bilan urib o'ldirganlarga xun baho to'latib, ulardan yuz tuya olinglar.

Ey odamlar! Xotinlarning sizlarda bir qancha haqlari bordur. Alardin biri shulki, to'shaginglarni boshqaga bostirmasinlar. Erlaridan ruxsatsiz ularning uylariga begonani kirgizmasinlar. Nikoh xiyonatidan o'zlarini yiroq tutsinlar. Agar shulardan birortasini qilar ekanlar, ularni qiynashga Alloh ruxsat beradi. Shundoqkim, avval ular so'z bilan o'kta (nasihat) qilinglar, agar bu bilan tuzalmasalar, o'rin va to'shakni boshqa solinglar.

Munda ham bo'lmasa, yormay, ko'kartmay uringlar. Agar tuzalib to'g'ri bo'lsalar, ularni edirib-ichirib, butun nafaqasini berib turish sizlarga vojibdur.

Ey odamlar! Shuni bilinglarkim, xotinlaringiz sizlarning yordamchilaringizdir. Ularning boshlariga ega bo'lolmagaysiz. Alloh omonati bilan alarni oldingiz. Alloh amri bilan sizlarga halol bo'ldilar. Shunday bo'lgach, xotinlarga zulm qilishdan saqlaninglar!

Ey odamlar! Mo'min mo'minning qarindoshi, og'asidur. Mo'minlar bir-birlariga o'zlari suyub bermasalar, rizosizlik bilan olgan mollari hamromdur. Mening bu so'zlarimni angladinglarmi? Ey bor Xudoyo, sening buyruqlaringni bandalaringga etkazdim, bunga o'zing guvohdursan.

Ey odamlar! Yaratgan Xudoyinglar birdur. Barchanglar bir Allohning bandalaridursiz. Otanglar birdur. Baringlar Odamdan tarqaldinglar. Odam tuproqdan yaratildi. Kim taqvolik bo'lsa, Xudo oldida qadri shudir. Arabning Ajamdan ortiqligi yo'qdur. Kim taqvoli ersa, shu ortiqdur. Ey bor Xudoyo, o'zing guvoh bo'l, sening amringni bandalaringga etkazdim. Menim shu so'zlarimni hozirlar g'oyiblarga, uqqanlar uqmaganlarga etkazsinlar.

Ey odamlar! Har bir vorisga merosdan tegadigan hissasini Xudo Qur'onda o'zi taqsim qilib qo'ymishdir. Merosdan vorisga vasiyat qilish durust emasdur. Xudo bo'lgan narsani yana bandasi qanday bo'la oladi? Meros molining uchdan biriga vasiyat yuradi. Har kim o'z otasini tashlab, boshqaga bola atalsa, yoki o'zini ozod qilgan xo'jasidan tonib boshqaga bog'lansa, unday odamga Allohning, farishtalarning, barcha insonlarning la'nati bo'lsin! Unday odamning toat-ibodatlari qabul bo'lmaydi.”

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube