O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Hajjatul vido (davomi)

Hajjatul vido (davomi)
13 Kasım 2017 - 7:00 'da yuklandi va 1761 marta o'qildi.

Alixonto'ra Sog'uniy

TARIXI MUHAMMADIY — 230
(davomi)

Ba'zilarning so'zlaricha, shul arafa kuni ushbu oyat Xudodan keldi: «Al-yavma akmaltu lakum dinaku va atmamtu alaykum ne'matiy va roziytu lakumul isloma dinan». Ya'ni: «Shu kunda dinlaringni kamoliga etkazdim, diniy ne'matlarimni tamom berdim, sizlar uchun Islom dinini xohlab, uni ato qildim», demakdur.

Juma kuni asr namozidan so'ngra Arafot tog'ida Qasvo nomli tuyalarini minib turganlarida yuqorigi oyat nozil bo'ldi. Vahiy og'irligini ko'tarolmay oyog'i sinayozganlikdan tuya darhol cho'kdi.

Ibn Abbos rivoyat qiladi: «Shu Arafotda to'rt toifa din ahllarining bayramlari bir kunda bo'ldi. Juma kuni Arafot bo'lishi musulmonlar uchun ulug' bayram edi».

Yahudiylar, nasorolar, majusiylarning bayramlari ham shu kunga to'g'ri kelib qoldi. Ilgari bunday ish ko'rilmagan ekan. Bu oyat tushgandan so'ngra buni o'qib, Hazrati Umar yig'ladi.

— Nega shunday yig'laysan? — deb Rasululloh Hazrati Umardan so'radilar.

— Yo Rasulalloh, har kuni o'smoqda edik. Endi o'sish kamoliga etdi ersa, aning so'ngida eksilish boshlang'usidur, — dedi hazrati Umar.

— To'g'ri aytadursan, — dedilar Rasululloh.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Arafotda quyosh botguncha to'xtab, so'ngra Muzdalifaga qarab qaytdilar. Usoma ibn Zayd Rasulullohning orqalariga mingashgan edi. Muzdalifa esa Arafot bilan Mino orasidagi bir mashhur joydur. Qur'onda uni Mash'arul harom deb aytilur. Arafotdan qaytganda hojilar shu joyda Xudoni yod qilib, bir kecha yotishlari vojibdur.

Minoga kelganda shaytonga otadirgan toshlarni shu joydan olish sunnatdur. Arafotda peshin namoziga asr namozini qo'shib o'qilgandek, Muzdalifaga kelganda shom namozini xufton namoziga qo'shib o'qiladi. Rasululloh Arafotda turganlarida shu erda hozir bo'lgan ummatlarining gunohlarini Xudodan so'radilar.

— Kishi haqqidan boshqasini kechdim, — dab vahiy keldi.

Arafotdan Muzdalifaga kelganlarida qolgan gunohlarini ham kechishlikka yana talab qildilar ersa, shu Arafotda o'zlari bilan birga haj qilgan ummatlaridan kishi haqqi ham kechirildi. Iblis mal'un bunga chidayolmay boshiga tuproq sochib yig'lagani turdi. Buni ko'rib Rasululloh Tangriga shukr qilib kuldilar.

So'ngra u joydan Minoga kelib, shaytonga tosh otdilar. Rasulullohning tuyalarini hazrati Bilol etaklab, hazrati Usoma boshlariga soyabon ko'targan edi. Rasululloh Minoga kelganlaridan keyin birinchi va ikkinchi kunlarida tuya ustida turib xalqqa va'z aytdilar.

Bu va'zlarida zinoning ziyonlariyu, uning eng qattiq haromligini bayon qilgandan so'ngra:

— Insonning qonini to'kish qanday harom bo'lsa, aning moliga zo'rlik qilish, obro'yini tushirish ham o'shanday haromdur, — dedilar.

So'ngra boshlarini yuqori ko'tarib:

— Ey bor Xudoyo, buyrug'ingni bandalaringga etkazdim, — deb uch marta aytdilar.

So'ngra ularga qarab:

— Haj qilishning odoblarini mendan o'rganib qolinglar. Bu yildan keyin haj qilish qilmasligimni Xudo biladur. Yana mendan keyin haq yo'ldan adashib o'zaro urush qilib, bir-biringlarni o'ldirmanglar. Bu so'zlarimni hozirlar g'oyiblarga, uqqanlar uqmaganlarga etkazsin, — dedilar.

So'ngra qurbonlik qiladigan joyga keldilar. Madinadan chiqishlarida yuz tuya qurbonlikka atab haydagan edilar. Shulardan oltmishtasini o'z qo'llari bilan bo'g'izladilar. Qolganlariga Hazrati Alini o'z tomonlaridan vakil qilib so'yishga buyurdilar. Minoda ikki kun turib, uchinchi kuni tushdan keyin Makkaga qaytdilar. Rasulullohning chodirlari ersa Mino tog'ida Muhassab degan joyga tiklangan edi.

Xufton namozi o'qilguncha shu erda turib, bir ozgina uxlagandan keyin kechalab Makkaga kirdilar. Sahar vaqtida vido tavofini qilgandan so'ng Madinaga qarab yo'lga tushdilar.

Endi har bir musulmon kishiga shuni bilmak kerakkim, haj qilishning uch farzi bordur.

Birinchisi, ehrom bog'lagan chog'da «Labbayka»ni oxirigacha aytib turib, «Hajni ado qilurman» deb ko'nglida niyat qilish kerakdur.

Ikkinchisi, Arafotda eng ozi biror soat bo'lsa ham turish farzdur.

Uchinchisi, Arafotdan qaytgandan keyin Baytullohni tavof qilishdur.

Agar shu uchovidan birortasi bo'lmay qolsa, qilgan haji hisobga o'tmaydi. Bulardan boshqa haj ibodatlari bo'lsa, yo vojib, yo sunnat bo'lur.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir necha kun yo'l yurib dengiz qirg'og'idagi Rubug' qishlog'i yaqinidagi G'adirxom degan joyga etdilar. Shu erda sahobalarga qarata ushbu va'zni aytdilar:

— Ey odamlar! Men ham insondan tug'ilgan, sizlarga o'xshash bir insondurman. Mundan keyin ko'p uzoqlamay Allohdan elchi kelib, meni chaqirib qolurmu, deb o'ylayman. Agar chaqirilsam, bormasga chora yo'qdur, albatta, shunday bo'lgach, bir kuni Xudo oldiga boramiz. Men ham so'ralurman, sizlardan ham bu ishni so'raydilar. Anda nima javob bergaysiz? — dedilar.

Sahobalar:

— Yo Rasululloh, biz guvohlik berurmizkim, siz Allohning amrini bizlarga etkuzdingiz, bu to'g'rida ko'p mehnatlar ko'rib, (bu erda mehnat — arab tilidan qiyinchilik mashaqqat ma'nosidadir) mashaqqatlar chekdingiz. Har (qanday) holda bizga yaxshilik qildingiz, Alloh ajrini bersin. Bu ulug' xizmatingiz shukrini ado qilishdan ojizdurmiz, — dedilar.

Anda Rasululloh:

— Barcha olamni yaratgan bir Allohdur, Muhammad uning haq payg'ambaridur. Qiyomat bo'lishi haqdur, jannat haq, do'zax haqdur. O'lim haq, yana tirilish haqdur. Endi shu narsalarga iymoningiz bordur! — dedilar.

Sahobalar:

— Yo Rasulalloh, bu narsalarga iymonimiz komil,— deb guvohlik berdilar.

Men sizlarga ikki ulug' narsani qoldirdim. Birinchisi, Xudoning kitobi Qur'ondur. Ikkinchisi, mening avlodlarimdur. Qur'on bilan avlodlarim qiyomatgacha bir-biridan ajrashmaydi, — deb marhamat qildilar.

Yana shu yili Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hazrati Alini Yaman viloyatiga yuborib, u erdagi arab qabilalarini Islomga da'vat qilishga buyurgan edilar. Butun xalqqa qarata yozgan nomalari ham bor edi. Rasulullohning nomalarini ko'rishib, bir qancha qabilalar urushsiz dinga kirmish edilar.

Shundog' bo'lsa ham, insonchilik, Hazrati Alining adolat bilan qilgan ishlari ba'zi bir kishilarga yoqmasdan Rasulullohga shikoyat tushgan edi. Ish tekshirilib ko'rilgandan so'ng shikoyat nohaq bo'lib chiqdi. Haqiqatda esa, Hazrati Ali karamallohu vajha Rasululloh nimani buyurgan bo'lsalar, shuni bajargan edilar.

Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shikoyat qiluvchilarning so'zini xalq ichida rad qilib, Hazrati Alining fazllarini bayon qildilar. So'ng hazrat Alining qo'lini ushlab turib:

— Har kim meni yaxshi ko'rsa, Alini ham yaxshi ko'rsin. Ey bor Xudoyo, kim muni do'st tutsa, sen ham uni do'st tutgil. Uni dushman ko'rganlarni sen ham dushman ko'rgil.

Munga yordam berganlarga yordam ber, uni yordamsiz tashlaganlarni yordamsiz qoldir, undan haqlikni ajratma, — dedilar.

Bu so'zlarni eshitgandan so'ngra Rasululloh oldida Hazrati Alining qanchalik ulug' martabaga ega ekani hammaga ma'lum bo'ldi.

Shuning bilan bir necha kunlab yo'l yurib, Madinaga yarim kunlik yo'l qolganda, Zulhulayfa degan manzilga kelib tushdilar. Kechasi shu erda yotib, ertasi Madinaga qarab yurdilar. Rasululloh safardan qaytsalar shaharga kunduzi kirish odatlari edi.

Tog' ichidan chiqib kelib, yiroqdan Madina ko'ringanda uch marta takbir aytdilar. So'ngra Allohga hamdu sano aytib, Madinaga kirdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so'ngi safarlari shul edi. Shu bilan uch oydin so'ngra umrlari ham oxiriga etdi.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube