O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Payg'ambarimizning o'g'illari Ibrohimning vafoti

Payg'ambarimizning o'g'illari Ibrohimning vafoti
15 Kasım 2017 - 7:00 'da yuklandi va 1874 marta o'qildi.

Alixonto'ra Sog'uniy

TARIXI MUHAMMADIY — 231
(davomi)

PAYG'AMBARIMIZNING O'G'ILLARI IBROHIMNING VAFOTI

Shu o'ninchi yili ro'za hayitining yigirma to'qqizinchisida Payg'ambarimiz o'g'illari Ibrohim vafot topdi.

Yoshi bir rivoyatda o'n olti oy sakkiz kunlik, ikkinchi rivoyatda o'n sakkiz oylik edi. Bu o'g'illari tug'ilganida Rasululloh bek suyungan edilar. Vafot bo'lganida qattiq qayg'urib:

— Ey Ibrohim, sening firoqingdan ko'nglimiz g'amga to'ldi, — deb muborak ko'zlaridan yosh to'kdilar. Buni ko'rib Hazrati Umar:

— Yo Rasulalloh, o'lganga yig'lashdan bizni qaytargan edingiz, nega endi o'zingiz yig'laysiz? — dedilar.

Anda Rasululloh:

— Qachon sizlarni ko'z yoshidan qaytardim? Musibat yangidur, ko'nglimiz yumshaydi, ko'zimiz yig'laydi. Xudo rozi bo'lmagan so'zlarni aytmagaymiz. Yoqa yirtib, soch yulib yig'lashdan, dod-voy qilib, nohaq so'zlar aytishdan qaytardim, — dedilar.

Bu o'g'illari Moriya ismlik cho'rilaridan tug'ilgan edi. U Misr podshohi Muqovqisdan Rasulullohga hadya bo'lib kelmish edi. Mundan boshqa Rasulullohning barcha bolalari onamiz hazrati Xadichadan tug'ilmish edilar.

O'g'illari yoshligida vafot bo'lishib, Fotimadan boshqa qizlari ham o'zlaridan ilgari vafot topgan edi. Fotima ersa Rasulullohdan olti oy keyin vafot topdi. Boshqa onalarimizdan bola bo'lmagan edi.

Shu uchun Ibrohim tug'ilganda barchalarning rashklari qo'zg'almish edi. Ibrohimning janozasini Rasululloh o'zlari o'qidilar.

Yana shu kuni quyosh tutilib, olamni qorong'ulik bosdi. Xalq bu voqeani Rasululloh o'g'li Ibrohimning motami uchun bo'ldi, deb o'yladilar. Muni anglab Rasululloh minbarga chiqib:

— Ey odamlar! Bu oy-kun ersa Allohning ulug' qudratini bildirishga ikki alomatdur. Birovning o'lishi yoki tug'ilish uchun kun kuyib, oy tutilish degan ish yo'qdur, — deb mundoq o'rinsiz e'tiqod qilishdan saqlanish kerakligini ularga bildirdilar.

Yana shu yili, ya'ni hijratning o'n birinchi yili, safar oyining avvallarida Rasulullohning buyruqlari bilan to'rt ming kishilik askar qo'shini tuzildi. Muning ustiga Usoma ibn Zaydni bosh qo'mondon qilib qo'ydilar. Undan ikki yil ilgari Usomaning otasi — Payg'ambarimizning asrandi o'g'illari Zayd ibn Horisani to'rt ming askarga bosh qilib Shom erida Mo'ta g'azotiga yuborgan edilar. Buning bayoni ersa yuqorida o'tdi. Bu askarni ham yana shu joyga borib g'azot qilishga buyurdilar.

Sahobalarning kattalaridan bu askar ichida Abu Bakr Siddiq, Umar, Abu Ubayda, Sa'd kabi bir qancha kishilar ham bor edi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Usomaga tug' topshirgan chog'da:

— Ey Usoma, Alloh yordami bilan aning yo'lida g'azot qilg'aysan. Xudo rizoligi uchun so'zidan tongan kofirlarga qarshi savashursan, — dedilar.

Yoshi o'n sakkizdan o'tmagan o'spirin yigitni bunday ulug' g'azot qo'shini ustiga, ayniqsa, Hazrat Ali, Hazrat Abu Bakr, Hazrati Umar kabi katta sahobalar oldida amir qilib qo'yganlarini yoqtirmasdan o'zaro so'z qilishganlar ham bor edi.

Bu so'z tarqalib Rasulullohga etdi ersa, qattiq g'azablari kelib:

— Ey odamlar! Usomaning amirligiga rozi emas kishilar bor deb angladim. Bu qandoq ishdur? Munga rozi bo'lmagan kishilar ersa, bundan ilgari otasi Zayd bin Horisani Mo'ta askariga qo'mondon qilganimda, unga ham rozi bo'lmagang edilar. Alloh haqqi, Zayd, Usoma — ota-o'g'il har ikkovi ham amirlikka loyiq kishilardur. Ayniqsa, Usoma menga hammadan yaqin, hammadan suyuklik kishidur. Har yaxshilik bulardan kelgusidur. Bu to'g'rida qilgan topshiriqlarimni qabul qilinglar, — dedilar.

Shu bilan boshqa so'zlar bosilib, bu tayyorlangan qo'shin yurish ustida turganda Rasulullohning betobliklari boshlanib qoldi.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube