O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekiston BMT Bosh assambleyasida Qrim bo'yicha rezolyutsiya loyihasiga qarshi ovoz berdi

O'zbekiston BMT Bosh assambleyasida Qrim bo'yicha rezolyutsiya loyihasiga qarshi ovoz berdi
15 Kasım 2017 - 13:11 'da yuklandi va 1885 marta o'qildi.

“Ozodik” radiosining xabar berishicha, BMT Bosh assambleyasining ijtimoiy, gumanitar va madaniy masalalar bo'yicha qo'mitasi Qrim yarim orolida inson huquqlariga oid vaziyat yuzasidan Ukraina tayyorlagan rezolyutsiya loyihasini qabul qilgan.

Hujjatda Rossiyadan Qrimda inson huquqlarini toptashni zudlik bilan to'xtatish talab qilingan.

Rezolyutsiya loyihasini qo'llab 71 davlat, unga qarshi 25 davlat ovoz berdi. 77 davlat esa, xolis qoldi.

Rezolyutsiyaga qarshi chiqqan Rossiya, Xitoy, Belarus', Serbiya, Eron, Qozog'iston, Qirg'iziston va boshqalar qatorida O'zbekiston ham bor.

Qrim yarim orolida inson huquqlariga oid vaziyat yuzasidan Ukraina tayyorlagan rezolyutsiya loyihasida “Qrim tatar xalqi majlisi” tashkilotini taqiqlash to'g'risidagi qarorni bekor qilish, yarim orolda ukrain va qrimtatar tillarida ta'lim olish imkoniyatini qayta tiklash talablari bor.

O'zbekiston 2016 yilning noyabrida ham BMT Bosh Assambleyasi 3-qo'mitasida Qrimdagi inson huquqlari bilan bog'liq vaziyatni qoralovchi hamda Rossiyani yarim orolga xalqaro kuzatuvchilarni kiritishga chaqiruvchi rezolyutsiyaga qarshi ovoz bergan edi.

2014 yilning martida esa, Rossiyaning Qrimni anneksiya qilganini qoralagan rezolyutsini 100 mamlakat qo'llab-quvvatlagan, 11 mamlakat unga qarshi ovoz bergan va 58 mamlakat, jumladan O'zbekiston betaraf qolgan edi.

O'XH xabarlar bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort