O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Qiyomatgacha menim dinimga kirgan ummatlarimga salom…”

“Qiyomatgacha menim dinimga kirgan ummatlarimga salom…”
17 Kasım 2017 - 7:00 'da yuklandi va 1909 marta o'qildi.

Alixonto'ra Sog'uniy

TARIXI MUHAMMADIY — 233
(davomi)

RASULULLOHNING BETOB BO'LIShLARI-2

Hazrati Bilol Rasulullohning hollari og'irlashib namozga chiqa olmay qolganlarini ko'rgach, yig'laganlaricha masjidga chiqdilar. Sahobalar Rasulullohga muntazir bo'lib o'ltirgan edilar. Hazrati Bilolning so'zini anglab, masjid yig'iga to'ldi.

So'ngra hazrati Abu Bakr Siddiq nochor xufton namoziga imom bo'lib o'tdi. Rasulullohning bunday og'ir holda yotganlari hammaga ma'lum bo'lib, sahobalarga tashvish tushdi.

Ayniqsa, Ansor sahobalari boshqalardan ko'proq qo'rqishib, uylariga qaytmasdan, masjiddan chiqmasdan o'ltirishdilar. Hazrati Ali boshliq uch-to'rt kishi ketma-ket kirishi bu ishdan Rasulullohga xabar berdilar ersa, bularga tasalli berish uchun boshlarini bog'lab, hazrati Ali bilan Abbos o'g'li Fazlning o'rtasida oyoqlari sudralib, er chizgan holda masjidga chiqdilar.

Masjidning ichi va tashqarisi odamga liq to'la edi. Sekinlik bilan kelib, minbarning pastki poyasida o'ltirdilar. Hammaning yuzlaridan g'am-qayg'u sezilmoqda edi. Allohga hamdu sano aytganlaridan keyin:

— Ey odamlar! Mening o'lishimdan nega muncha qo'rqdinglar! Mendan ilgarigi o'tgan payg'ambarlardan o'lmay qolgan biror kishi bormu? Agar ulardan birortasi o'z ummati ichida o'lmasdan qolgan bo'lsa, men ham sizlarning oranglarda o'lmasdan turishim mumkin bo'lur edi. Munday bo'lishi mumkin emasdur. Sergak bo'linglarkim, men Alloh oldiga borurman. Sizlar ham bir kuni ul dargohga borishinglar aniqdur. Dastlabda men bilan birga Xudo uchun hijrat qilib Madinaga kelgan muhojir sahobalarimni sizlarga topshirdim. Ularni hurmat qilib, haqlarini saqlanglar, ular ham o'zaro bir-birlariga yaxshi tilakdosh bo'lsinlar. Alloh shunga buyurmishdur, — deb bu so'zga dalil keltirib Val-asr surasini oxirigacha o'qidilar. So'ngra va'zlarida davom etib:

— Har ish dunyoda Alloh izni bilan bo'lur. Agar bir ishning bo'lishi kechikib ketsa, nimaga oldinroq bo'lmadi, deb unga shoshilmanglar. Negakim, kishi shoshilganiga qarab, Xudo shoshilmaydi. Xudo bilan aytishgan engilmay qolmaydi. Xudoni aldayman deganlar o'zlari aldanadi.

Yana ansor sahobalar haqida yaxshilik qilishni sizlarga buyuraman. Sizlar uchun ular joy tayyorladilar. Kelmasinglardan ilgari iymon keltirib, din qarindoshi bo'ldilar. Bu to'g'rilik o'z do'stlariga yuklangan og'ir vazifalarni ado qildilar. Endi sizlar uchun bularga yaxshilik qilishning vaqti keldi. Yangidan Madinaga kelganinglardan mol-dunyolariga sizlarni sherik qildilar. Bog' hosiloti mevalarini bo'lib berdilar. O'zlari muhtojlikda tursalar ham, sizlarni ortiq ko'rdilar. Endi sizlardan bular ustiga kim voliy bo'lsa, yaxshiliklarining so'zlarini qabul qilsin, yomonlarning gunohlarini kechirsin, boshqalarni ulardan ortiq ko'rmasin.

Ogoh bo'linglarkim, men oldinroq borib sizlar uchun joy rostlab tururman. Mening ortimdan ketma-ket sizlar ham etishib borgaysiz. Hushyor bo'linglarkim, hammamiz Kavsar hovuzi ustida topishurmiz. Har kim men bilan Kavsar hovuzi ustida ko'rishmoqni istar ekan, o'ziga zarur bo'lmaguncha gapirmasin, qo'lidan, tilidan hech kimga ozor bermasin.

Ey odamlar! Ne'matning ofati ko'pdir. Bandaning yozuqlari ko'paysa, ne'matlardan ajraydi. Odamlar yaxshi bo'lsalar, podshohlar ham yaxshi bo'lur, insoflik bo'lur. Agar odamlar yomonlik yo'liga kirsalar, rahmsiz, zolim podshohlarga yo'liqadilar, — dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning minbar ustida aytgan va'zlarining eng oxirgisi shul edi. Mundan so'ngra betobliklari kundan-kunga og'irlashgani turdi. Shu betob yotganlarida bir kuni Rasululloh qizlari Fotimani oldilariga chaqirib olib, qulog'iga shivirlab edilar, hazrati Fotima yig'lay boshladi. Muni ko'rgach, yaqinroq kel, deb ishora qilib, yana qulog'iga gapirib edilar, kulimsirab suyungandek bo'ldi.

Avvalgi yig'laganida Rasululloh shu betoblikda vafot bo'lishlarini aytgan edilar. Keyingi gapirganlarida: — «Ko'p xafa bo'lma, uzoq o'tmay hammadan ilgari sen menga erishursan», demish edilar. Muni anglab, suyunganlaridan kulgan edilar. Rasululloh deganlaridek, o'zlaridan keyin olti oygina umr ko'rib vafot topdilar.

Rasulullohning betobliklarida Abu Bakr Siddiq imom bo'lib o'n etti vaqt namoz o'qidilar. Bu zotni imomlikka o'tkazishlari ersa, o'zlaridan keyin shu kishining xalifa bo'lishiga ishorat bo'ldi. Shuning uchun sahobalar:

— Rasululloh dinimizga ishonib imom qilgan kishini nechuk biz u dunyoyimiz uchun ishonib xalifa qilmaylik, — dedilar.

Imom Vohidiy Rasulullohning xodimlari Abdulloh ibn Ma'suddan rivoyat qilur:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan bir oy burun bizga xabar berdilar. Judolik yaqinlashganda hammamiz hazrati Oisha uylarida Rasulullohning ustlarida yig'ildik.

Anda Rasululloh:

— Sizlarni Alloh ofatlardan omon saqlasin. Alloh nusrat berib, din dushmanlari ustiga g'alaba qilsin. Sizlardan Alloh rozi bo'lib, o'zining oldidan o'rin bersin. Endi sizlarga vasiyatim shuldurkim, taqvo yo'lini tutib, gunoh ishlardan saqlaninglar. Men sizlarga Xudo tomonidan kelgan xabarchi erurman. Er ustida yurib hech kimga takabburlik, buzuqchilik qilmanglar, bu ishni qiluvchilarni joyi jahannamdur. Munday kishilarga jannat yuzi haromdur, oxirat davlatiga, jannatning nozu ne'matlariga taqvolik kishilar ega bo'lgaylar. Judolik kunlari yaqinlashdi. Xudo dargohiga borishning vaqti etdi. O'z oilalarimizdan kimlar menga yaqinroq bo'lsalar, meni shular yuvsinlar. O'z liboslarim yoki Misr, Yaman bo'zlari bilan uch qavat kafan qilsinlar, — dedilar.

Sahobalar:

— Yo Rasulalloh, sizga kim janoza o'qiydi? — deb so'radilar.

Anda Rasululloh:

— Har qachon meni yuvib kafanga olsalar, shu yotgan saririmga solib qabr ustiga eltib qo'ysinlar. So'ngra meni biror soat yolg'iz qoldirib, boshqalar ustimda turmay chiqib ketsinlar. Eng avval to'rt farishta — Jabroil, Mikoil, Isrofil, Azroil har qaysilari o'z to'plari bilan kelishib janozamni o'qiydilar. Bulardan keyin sizlar o'qiysizlar. Shundoqki, to'p-to'p bo'lishib, janozam ustiga kirishsin. Takbir aytib duo qilib, salom berib chiqisha bersin. Bulardan eng avval o'z xonadonimning er kishilari, so'ngra xotinlari, so'ngra boshqalar kirsinlar. Meni ko'rolmay qolgan sahobalarimga salom aytinglar. Qiyomatgacha menim dinimga kirgan ummatlarimga salom, — dedilar».

Onamiz hazrati Oisha rivoyat qiladilar:

«Bir kuni Rasululloh betobliklaridan bir oz engillashgandek bo'ldilar. Shu chog'da otam Abu Bakr imom bo'lib peshin namozini o'qimoqda edi. Hazrati Abbos va hazrati Ali ikkovlarining elkalariga osilib jamoat namoziga chiqdilar. Rasulullohning chiqqanlarini bilgach, otam Abu Bakr mehrobdan qaytmoqchi bo'lganlarida «Joyingda tur», deb ishorat qildilar. So'ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chap tomonda o'ltirib iqtido qildilar. Shu betob kunlari vafot bo'lgunlaricha hazrati Abu Bakr Siddiqqa iqtido qilib, uch yo'l namoz o'qidilar. Eng oxirgi o'qiganlarida dushanba kuni edi».

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube