O’zbekiston Xalq Harakati

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida dindorlar ommaviy tarzda hibsga olinmoqda

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida dindorlar ommaviy tarzda hibsga olinmoqda
17 Kasım 2017 - 10:43 'da yuklandi va 1846 marta o'qildi.

2017 yilning 16 noyabr kuni Mustaqil jurnalistlar tashabbuskor guruhiga Toshkent shahrida va Toshkent viloyatining Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi bir guruh ayollar ariza bilan murojaat qildi. Arizaga ko'ra, 2017 yilning 14 noyabr kuni soat ertalabki 6 da ularning uylariga Toshkent viloyati Zangiota tuman IIB va Toshkent shahar ichki ishlar Boshqarmasining 5 nafar xodimlari bostirib kirishgan.

Ichki ishlar xodimlarining barchasi fuqarolik kiyimlarida bo'lishgan va ular tahminlara ko'ra O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash” boshqarmasi va bo'linmasi xodimlari bo'lishgan. Ular qo'lga olinganlar uylarida tintuv o'tkazishgan, hamda protokol tuzishgan, ammo protokol nusxasi xonadon egalariga berilmagan.

3 kun ichida 20 dan 60 yoshgacha bo'lgan, 79 nafar dindor ayol va erkaklar qo'lga olingan. Bularning ichida o'zaro qarindosh bo'lganlar va ularning farzandri ham bor bo'lib, ular Zangiota tuman IIB va Toshkent shahar IIBBga olib ketilib, so'roqqa tutilgan. 16 noyabr kuni soat kechki 8 larda qo'lga olinganlar qo'yib yuborilgan va faqat 5 nafar erkak va 2 nafar ayol Toshkent shahar IIBB tergov izolyatorida olib qolingan.

Ayollarning so'zlariga ko'ra ularni, 1986 yilda tug'ilgan va 2008 yildan buyon qidiruvda bo'lgan  qarindoshlari – To'xtaxo'jaeva Go'zalning hozirda qaerda ekanligi haqda so'roq qilishgan. To'xtaxo'jaeva Go'zal O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 159 va 244-moddasining 2-bandi bilan ayb qo'yilgan.

Qo'lga olingan, 1975 yil tug'ilgan Agzamova Dildoraning, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Qoraqamish ko'chasida joylashgan 34-raqamli uyida 1 kun ichida 3 marta tintuv o'tkazishgan va uning 1994 yilda tug'ilgan o'g'li – Nasrullohni ko'lga olishgan va u IIBBda kuch ishlatib, kaltaklangan.

Agzamova Dildoraning eri Agzamov Fayzulla Saidkarimovich, 1969 yilda tug'ilgan bo'lib, 2001 yilda diniy vajlar bilan mahkamaga tortilib, 17 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va 2017 yilda bu muddatga yana 16,5 yil qo'shib berilgan. Hozirda Buxoro viloyati Korovulbozor tumanida joylashgan KIN 64/25-sonli maxsus rejim qamoqxonasida saqlanmoqda, uning akasi, 1965 yilda tug'ilgan Agzamov Shukrullo 1999 ilning 16 fevral kuni hibsga olinib, diniy ayblar bilan sud qilingan va Zarafshon kolonyasida ushlangan. 2006 yil ayovsiz qiynoqlar natijasida, og'ir ahvolda Toshkentdagi qamoqxona kasalxonasi bo'lgan “Sangorod”ga olib kelingan va shu erda vafot qilgan…

Mustaqil jurnalistlar tashabbuskor guruhiga ularning yaqin qarinoshlaridan qo'lga olish va hibslar haqda arizalar kelishda davom etmoqda. Barcha qo'lga olinganlar, 2 oy avval maxsus komissiya tomonidan barchaning chiqarilgani rasman bayon qilingan “qora ro'yxat”ga kiritilganlardir.

17.11.2017 g
Surat Ikromov
O'zbekiston mustaqil jurnalistlar tashabbuskor guruhi raisi

E–mail: surat.i@rambler.ru,   suratikramov@gmail.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort