O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekiston tashqi siësatini Kreml' belgilay boshladimi?

O'zbekiston tashqi siësatini Kreml' belgilay boshladimi?
17 Kasım 2017 - 18:37 'da yuklandi va 3566 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, O'zbekiston BMTda Qrimdagi inson huquqlari bo'yicha rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi. Shundan kelib chiqib¸ O'zbekiston tashqi siësatini Kreml' belgilay boshladimi? degan savol o'rtaga chiqdi. Bu savol Ozodlikning “Qurultoy” eshittirishida muhokama qilindi.

Eshittirishda qatnashgan Mustafo Jamil «O'zbekiston Moskvadagi “katta og'a”sining nog'orasiga o'ynayapti» deya ta'kidladi.

Ukraina Oliy Radasi deputati, Qrim tatarlari lideri Mustafo Jamil “Qurultoy” dasturida Rossiyaning Qrimdagi siyosati qoralangan BMT rezolyutsiyasiga O'zbekiston qarshi ovoz berganiga taassuf bildirdi.

“O'zbekistonda o'zgarishlar bo'layapti, deb aytishayotgandi, afsuski yaxshi tomonga hech qanday o'zgarish bo'lmabdi. BMTda Qrim masalasida bunday ovoz berishi O'zbekistonning hali ham Rossiyaga siyosiy qaramligi ifodasidir. Bir qator davlatlar qatori O'zbekiston ham Moskvadagi katta og'asi nog'orasiga o'ynayapti”, – dedi Mustafo Jamil.

BMT Bosh assambleyasining ijtimoiy, gumanitar va madaniy masalalar bo'yicha qo'mitasi Qrim yarim orolida inson huquqlariga oid vaziyat yuzasidan Ukraina tayyorlagan rezolyutsiya loyihasini qabul qildi

Ta'kidlanishicha, rezolyutsiya loyihasini 75 ta davlat qo'llab-quvvatlagan, 25 mamlakat unga qarshi chiqqan, 77 tasi esa betaraf qolgan.

Loyihani yoqlab ko'pchilik Evropa mamlakatlari va AQSh ovoz berdi. O'z navbatida, Rossiya, Xitoy, Belarus', Serbiya, Hindiston, Armaniston, Kuba, Eron, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston qarshi chiqdi.

Rezolyutsiya BMTga oktyabrda kiritilgan edi. Ushbu hujjat, xususan, «Qrim-tatar xalqi majlisi» tashkilotini taqiqlashni bekor qilish hamda ukrain va qrim-tatar tillarida ta'lim olishni ta'minlash kabi talablarni nazarda tutadi.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Mexribon Kadamova ;

    Uzbekistonni endi Kreml tomonda turishiga sabab bitta chizikda xarakat kilishlaridir. Chunki Kreml xam Uzbek xukumati xam sionizmga ishlaydi. Xujayin bir. Duneda ikkita kuch manfaatlari kurashi ketmokda. Oldin Ruslar kuchli paytida ularga karshi fitnaga kushilgan ikki davlat ayrim masalalarda keyingi paytlarda ulja uchun kurasha boshlashdi. Bu sionistlar va Anglosaksonlardir. NEGA?? Chunki Rossiya xukumatida liberallar davlatni kulga olgan va ular sionizmga ishlaydi xudii Uzbekistondagi kabi. Demak dune siesatida ikki tomon manfaatlar tuknashuvi ketmokda.

    27/12/2018 15:02
istanbul escort