O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Musibat ko'ruvchilarning Xudo oldida ajrlari ulug'dir…”

“Musibat ko'ruvchilarning Xudo oldida ajrlari ulug'dir…”
19 Kasım 2017 - 7:00 'da yuklandi va 1837 marta o'qildi.

Alixonto'ra Sog'uniy

TARIXI MUHAMMADIY — 235

(davomi)

RASULULLOHNING BETOB BO'LIShLARI-4

Rabi'ul avval oyining o'n ikkisi dushanba kuni edi. Tug'ilishlari, hijratlari, vafotlari shu oy, shul kunda bo'ldi. Onamiz hazrati Oishaning quchog'ida o'ltirib, boshlari ko'ksida turib jon berdilar. Sollallohu alayhi va sallam.

Shu chog'da g'oyibdan bir ovoz keldi: «Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh, Ey uy egalari! Har bir jonlik narsa o'lim sharbatini ichmasdan qolmaydi.

Dunyoda qilgan yaxshi amalning ajri oxiratda beriladi. Musibat ko'ruvchilarning Xudo oldida ajrlari ulug'dir. O'lganning o'rnini o'zi to'ldirgay. Allohning yordamiga ishoninglar, o'lim-musibatga sabr qilinglarkim, ulug' savobga ega bo'lursiz. Sabrsizlar ajr-savobdan quruq qolganlikdan haqiqiy musibat shularga bo'lg'ay».

Hazrati Ali:

— Bu ovoz egasi hazrati Xizr alayhissalomdur, Rasulullohning xonadonlariga ta'ziyat qilib kelmishdurlar, — dedilar.

So'ngra Rasulullohni sarirdan olib erga yotqizdilar. Ustlariga parda yopdilar. Olamni qorong'ulik bosib, Madina ichi yig'iga to'ldi. Ko'p kishilar aqldan toyib, hollari o'zgardi.

Hazrati Umar hushsiz, hazrati Usmon tilsiz bo'ldilar. Abdulloh ibn Unays qattiq qayg'urib vafot bo'ldi. Munofiqlar quvonishib, bosh ko'tarishdi. Hammadan bardoshlik bo'lib turgan hazrati Abu Bakr Siddiq edilar. Ko'ngli g'am, ko'ziga yosh to'lgan, yig'i tovushi gohi ko'tarilgan, gohi ko'ksida bo'g'ilgan holda kelib, Rasululloh ustlariga kirdi. Yuzlarini ochib:

— Ota-onam sizga fido bo'lsin, yo Rasululloh, — deb yuz-ko'zlarini o'pdi. — Tirikligingizda qanday pok edingiz, o'lganingizda ham shunday pokdursiz. Yaxshilik sifatlaringizni sanab qanday tugata olg'ayman, qaysi ko'z yoshim bilan sizga yig'lagayman? O'tgan payg'ambarlar o'lganlarida to'xtalmagan osmon aloqasi, sizning vafotingiz bilan erdan endi uzildi, agar o'lim ishi ixtiyorlik bo'lsa edi, siz uchun bizlar jonlarimizni fido qilar edik.

Yo Muhammad, Parvardigoring oldida bizlarni ham eslagin, sening ko'nglingda bo'laylik, — deb yana yuzlaridan o'pib, voy do'stim, voy mehribonim, deb yig'ladilar.

Hazrati Abu Bakr Siddiqning shijoati shu kuni hammaga ma'lum bo'ldi. Shijoatning ma'nisi esa, dahshatlik kunlarda, o'lim musibati tushganda bardoshlik bo'lib, o'zini yo'qotmay turishdir.

Inson musibati ichida Rasulullohning vafotlaridan ulug' musibat yo'qdur. Muning zarbasi butun musulmonlarga, balki hamma olamga etdi. Hazrati Alidek sheri xudo bo'lgan zot ham qo'l-oyoqlari jonsiz bo'lib, o'ltirib qoldilar. Hazrati Umardek soyasidan shayton qochgan zot hushsizlanib, qo'li qilichining sopini tutgan holda masjid ichida u yoqdan bu yoqqa yugurib:

— Rasulullohni kim o'ldi desa u munofiqdur. Rasululloh o'lgani yo'q, lekin Parvardigorning oldiga ketdi. Muso payg'ambar ham Xudo oldiga borib qirq kundan keyin kelgan edi, u zotni ham qavmi o'ldi, degan edilar. Xudo haqqi, Rasululloh qaytib keladi. Munofiqlarni o'ldirib jazolarini bermasdan turib, dunyodan ketmaydi, — der edi.

Butun Madina xalqi masjid atrofiga yig'ilgan edilar. Rasulullohning o'limi ularga qattiq ta'sir qilgan edi. Rasululloh hayotlarida foniy dunyo bilan boqiy dunyoning aloqasi bog'lanmish edi. Xudodan vahiy kelib turishi ulug' qudrat nishoni bo'lib xalq ko'zi oldida mo'jizalarning ko'rinishi ersa boqiy olamning alomatlari edi.

Bularni keltirgan zot Rasululloh bo'lganlari uchun bu ishlarni ko'zlari bilan ko'rib turgan xalq u zotga o'limni ravo ko'rishmay o'lishlarini uzoqsinib, o'lsalar ham dunyoda uzoq yashab ummatlarining butun er ustida g'alaba qilganlarini ko'rib, islomiyat hukmini olamga yurgizib, butun ishlar bajarilgandan keyin o'lsalar kerak deb o'ylashgan edilar. To'satdan bunday dahshatlik musibatning birdaniga bo'lib qolishi musulmonlarni qattiq qo'rqitmish edi.

Shundoq bo'lsa ham hazrati Abu Bakr Siddiqning tadbiri ostida bu dahshatlik musibatni tinchlik bilan o'tkaza oldilar.

Hammadan ilgari Rasulullohni o'rinlariga xalifa tayinlash zarur ekanini eslatdilar. Chunki Madina munofiqlari orqali ichki va tashqi dushmanlar bu dahshatlik voqeadan foydalanib qolishlari mumkin edi.

Shuning uchun hammadan burun bu ishga kirishdilar. Darhol Abu Bakr Siddiq dahshat bosib turgan xalq ichidan turib minbarga chiqdilar. Rasulullohdan keyingi eng kuchli notiqlardan edilar. Maqomga, ahvolga loyiqlab hamd-sanodan keyin shunday dedilar:

— Ey odamlar! Har kim Muhammadga ibodat qilib, uning bandasi bo'lsa, bilsinkim, Muhammad o'ldi. Agar Allohga ibodat qilib, Allohning bandasi bo'lsa, Alloh o'lgani yo'q, u doim tirikdur. Alloh Qur'onda aytgan: «Vama Muhammadun illa rasulun qod xalat min qoblihir rusulu afain mata av qutilan qalabtum ala a'qobikum va man yanqolib ala aqibayhi falan yazzurraloha shay'an vasayajzillohush-shokirin».

Ya'ni «Muhammad bir insondan chiqqan payg'ambardur. Mundan ilgari ham payg'ambarlar o'tganlar. Shunga o'xshab bu ham o'tadi. Agar Muhammad o'lsa yoki o'ldirilsa, yana orqanglarga qaytib kofir bo'lasizlarmi? Kim dinidan qaytar ekan, uning ziyoni o'ziga bo'ladi. Allohga zarar etkaza olmaydi. Kim dinini saqlab, uning qadrini bilar ekan, Alloh ajrini beradi».

Xudo Qur'onda xabar bermishdur: «Innaka mayyitun va innahum mayyituna». Ya'ni «(Ey Muhammad,) sen ham o'lursan, sendan ilgarigi payg'ambarlar ham o'lganlar». Yana Qur'onda aytgan: «Kulli shay'in holikun illa vajhahu lahul hukmu va ilayhi turja'una».

Ya'ni: «Allohdan o'zga hamma narsa halok bo'ladur. Hukmi aningdur, Allohga qaytasizlar».

Yana aytgan: «Kullu man alayha fanin va yabqo vajhu robbika zuljalali val ikromi».

Ya'ni: «Er ustidagi barcha narsa foniy bo'lur, izzat-hurmat egasi bo'lgan yolg'iz Alloh qolur». Yana Qur'onda kelgan: «Kullu nafsin zoiqatul mavti va innama tuvaffavna ujurokum yavmal qiyomati». Ya'ni: «Har bir jonlik narsa o'lim sharbatini tatiydi, ajr-savoblari tamomi ila qiyomat kun beriladi».

To'rt yorning boshlig'i, Rasulullohning eng yaqin ko'rgan do'sti va qaynotalari Abu Bakr Siddiqdan bu ta'sirlik so'zlarni eshitgandan so'ngra, dahshat bosib, hayronlikda turgan kishilarning hushlari o'zlariga kelib, ko'zlari ochildi.

Hazrati Umar:

— Shu yuqoridagi oyatlarni Qur'ondan o'qib yurgan bo'lsam ham, musibat dahshati bosganlikdan buni hech ko'rmagan, o'qimagandek bo'lib qolgan ekanman. Qachon Abu Bakr Siddiq muni minbar ustida o'qidilar ersa, shunda hushim o'zimga kelib: «Inna lillahi va inna ilayhi roji'un»ni o'qib o'zimga tasalli berdim.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube