O’zbekiston Xalq Harakati

Ikki Usmon Haqnazar emas, ikki Bobomurod Abdulla bor…

Ikki Usmon Haqnazar emas, ikki Bobomurod Abdulla bor…
18 Kasım 2017 - 19:17 'da yuklandi va 3270 marta o'qildi.

Bobomurod Abdulla-Usmon Haqnazar haqida gap ketganda, ko'p gaplar “ehtimolshunoslik” va “tahminshunoslik” doirasidan chiqmay qolayapti. Holbuki, bir muallifga oid maqolalarda ham stilistika va uslub o'zgarishi tabiiy holdir. Ayniqsa tashqi va ichki faktorlar ta'sirida.

Gapning indallosi, U.Xaqnazarov hech qachon bir guruh yoki bir nechta shaxs bo'lmagan. Bu taxallus ortida hamma vaqt bir kishi – ya'ni Bobomurod Abdullaev bor edi. Bu gapim Ismat Xushevning maqolasi kabi shaxsiy fikr yoki tahminim emas.

Balki aniq faktning o'zidir. Kalavaning bir uchini beradigan bo'lsam. Ismat Xushev 2002-2004 yillardagi maqolalarni ko'klarga ko'tarib shedevr edi degan. Bu joyda ko'pchilik e'tibor qilmagan nuqta shuki 2002 yilgi maqolalarda o'tgan o'n-yigirma yillik voqealar tahlil qilingan.

Ya'ni muallif yozayotgan vaqt bilan hamohang sodir bo'layotgan voqealar emas.

Shu tufayli ham bu maqolalarning manbai yirik bir muxolifat arbobining yillar mobaynida to'plagan ma'lumotlaridan iborat edi.

Bobomurod uchun bu tayyor materiallar ko'pam ishlov talab qilmagan. 2015-2017 yillardagi maqolalarda manba taqchilligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Chunki voqealar yaqin tarix emas aynan kunimizda sodir bo'layotgan hodisalardan iborat.

Hech kim Bobomurodning qo'liga 2002 yilda bo'lganidek o'zining yillab to'plagan arxivini topshirib qo'ygani yo'q. Bu esa maqolalari sifatini izdan chiqardi. Uni ustiga 2002 yildagi Bobomurod bilan 2017 yilgi Bobomurodning ham farqi bor albatta.

Chunki har qanday xom sut emgan banda kabi Bobomurod ham 2002-2005 yilgi muvaffaqiyatlaridan ta'sirlandi, biroz mag'rurlandi.

Shuning uchun ham hurmatli bilimdon “ekspertlar”, bilmagan narsalaringiz haqida tahmin qilavermasdan va hadeb ikkita Haqnazarov bor deb fantaziya qilish o'rniga, 2002 va 2017 yilgi ikkita Bobomurod Abdullaev haqida ham biroz bosh qotiring.

Zamir Malik

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Bekmurod ;

    Maqoladagi fikrlar mantiqli va to'g'ri. Haqiqatan ham aravani quruq olib qochmasdan, shunday qilib gapning po'st kallasini yozish kerak.

    18/11/2017 20:48
istanbul escort