O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Rasulullohdan ajraganimizni eslaylik, shundan ibrat olaylik…”

“Rasulullohdan ajraganimizni eslaylik, shundan ibrat olaylik…”
20 Kasım 2017 - 7:00 'da yuklandi va 1586 marta o'qildi.

Alixonto'ra Sog'uniy

TARIXI MUHAMMADIY — 236

(davomi)

RASULULLOHNING BETOB BO'LIShLARI-5

Imom Buxoriy rivoyat qilibdur:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot topganlarida, qizlari hazrati Fotima arab xotinlari odatlaricha shu so'zlarni aytib yig'ladilar: «Xudo chaqirib ketgan voy otam, jannatdan o'rin olgan voy otam, Jabroilga xabari etgan voy otam, Xudodan yaxshilik topgay voy otam».

Rasulullohdan keyin olti oygina umr ko'rib, so'ngra vafot topmish edi. Shu muddat ichida, olti oy o'tguncha, hech bir kulmagan ekan. Raziyallohu anhu.

Hazrat Ali aytadurlar:

— Rasulullohning ruhlarini qabz qilg'ondan so'ngra hazrati Azroil yig'laganicha osmonga chiqdi. Xudo haqqi osmondan «Vo Muhammadoh» deb yig'lagan ovoz sadosini eshitdim.

Bu ersa hazrati Alining karomatidur.

Haqiqatda esa mo'minlarga Rasulullohning vafotlari eng ulug' musibatdur. Muning oldida dunyoning barcha musibatlari yo'q hisobida edi.

Ibn Moja rivoyat qilur: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot topgan shu betobliklarida aytgan ekanlar:

— Ummatlarimdan qaysi biriga o'lim musibati etsa, mendan ajragan musibatni o'ylab o'zini yupantirsin.

Madina ahli shu so'zni Rasulullohdan eshitgandan so'ngra, agar ulardan birortasiga o'lim musibati etar ekan, uning do'stlaridan birovi kelib qo'lini tutib:

— Rasulullohdan ajraganimizni eslaylik, shundan ibrat olaylik, — deb unga ko'ngil aytur edi.

Ey do'stim, ibrat ko'zi bilan boqaylik. Mana dunyoning so'ngi holi, bo'lar ishi shudir. Kishi har qancha uzun umr ko'rsa ham oxiri bir kuni o'lishi bordur. Dunyo va dunyoda yashaydigan barcha narsalar bir kuni yo'qolg'usidur. Yo'qolmaslik, o'lmaslik yolg'iz Allohning o'zigagina xosdir. Dunyo saroyiga har kuni kelib, qo'nib o'tguvchilar ko'pdur.

Lekin u yoqdan qaytib kelgan hech odam yo'qdur. Ko'rib turamiz, dunyo hech kimga vafo qilmaydur, bilib turamiz, dunyo davlati hech kim qo'lida qolmaydir. Odam onasidan tug'ilib keldi, kichik edi, katta bo'ldi, yosh edi, qaridi, oxiri o'ldi. O'lganlar esa tug'ilmagandek bo'ldi. Bir necha yil o'tgach, uni esga oluvchilar tugaydi. Yolg'izgina xalqqa yaxshilik qilganlarning yaxshi oti qoladi. U dunyoga borganda uning rohatini ko'radi. Agar yomonlik qiluvchilar bo'lsa, bu dunyoda xalqning nafratiga qolib, u dunyoda ersa Xudoning g'azabiga yo'liqadi. Endi aqllik, xushyor kishilarga shu so'z etarlikdur. Shulardan ibrat olib, o'z ishini bilib qilishi kerakdur.

Yana o'z so'zimizga kelaylik.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'n ikkinchi rabbi'al avval dushanba kuni o'n birinchi hijriyda vafot topdilar. Bu sana milodiy 632 yil 11 iyunga to'g'ri keladi. Seshanba o'tib chorshanba oqshomida qabrga qo'yildilar. Demak dafn qilish ikki kun kechiktirildi.

Muning sababi ersa Rasulullohning o'rinlariga bir kishini xalifa saylab qo'yishlik edi. Rasululloh hayotliklarida «Mendan keyin o'rnimga Faloniy bo'lsin», deb ochiq aytib, birorta kishini ko'rsatmagan edilar. Agarda birortani tayin qilgan bo'lsalar edi, «Atiulloha va atiur-rasula», ya'ni: «Allohga va ham uning payg'ambariga itoat qilinglar» degan Qur'on hukmiga qarab shaksiz qabul qilur edilar.

Lekin Rasululloh hech kimni xalifalikka ko'rsatmadilar. Chunki Islom hukumati ersa «Va amruhum shuro baynahum», degan oyat mazmunicha podsholik davlati emas edi. Shuning uchun xalq xohlaganini o'zi saylasin, deb xalifalikka birovni vasiyat qilmadilar. Shu sabablik ansor va muhojirin sahobalar o'rtalarida bir oz bo'lsa ham xalifa saylashda tortishuvlar bo'ldi. Madinalik ansor sahobalar muhojirlarga qarab:

— Bizdan bir kishi, sizdan bir kishi, ikki amir bo'lsin, — dedilar.

Og'izda bo'lsa ham dastlab Islomga kirgan ixtilof shu edi. Bu so'zga qarshi Hazrati Abu Bakr:

— Amir bizdan, vazir sizdan bo'lsin, chunki arab xalqi Quraysh qabilasiga tobe bo'lishni og'ir olmaydilar. Bir joyda ikki amirning bo'lishi mumkin emasdur, — deb ularni qaytardilar.

Ansor sahobalarning kattalaridan Zayd va Sobit turib:

— Bizni Rasululloh «ansor» (yordamchi) deb ataganlar. Chunki Xudoga va uning payg'ambariga yordamda bo'lganmiz. Endi Rasulullohning xalifalari shulardan bo'lsin, unga ham biz yordamchi bo'laylik. Xalifalik shu kishiga loyiqdur, — deb Abu Bakr Siddiqning qo'lini tutdi.

Ansor raislaridan Bashir ibn Sa'd, Usayd ibn Huzayr bu so'zni qutladilar. So'ngra Hazrati Abu Bakr so'zga chiqib, so'zning oxirida:

— Men xalifalikka shu ikki odamdan birini xohladim. Biri — Umar ibn Xattob, ikkinchisi — Abu Ubayda ibn Jarrohdur.

Ey Ansor jamoati! Qur'ondagi Xudo aytgan din qarindoshimiz erursiz. Alloh hukmiga hammadan ilgari sizlar rozi bo'lishinglar lozimdur. Men shu ikkoviga rozi bo'ldim, — deb ularning qo'llarini tutib ko'pchilik xalqqa ko'rsatdi. Har ikkovi ham ey Abu Bakr sen turganda bu o'ringa hech kim loyiq emasdur. Barimiz senga rozidurmiz, — dedilar.

Yana Hazrati Umar xalqqa qarab:

— Abu Bakr oldida xalifa bo'lganimdan boshim kesilgani yaxshi. Ey Abu Bakr, sen bizning sayidimiz, barimizdan yaxshiroq, barimizdan Rasulullohga yaqinroqdursan.

Rasululloh tirikliklarida namozga seni imom qilib, dinimizga, oxiratimizga boshliq qilib, senga ishondilar. Nechun biz dunyomiz uchun ishonib seni xalifa qilmaymiz? Sening oldingga tushib xalifa bo'lishga kimning ko'ngli unaydi? — dedi.

Butun xalq bu so'zdan qattiq ta'sirlandilar. Muni bilgach, Hazrati Umar:

— Qani ber qo'lingni, — deb birinchilardan bo'lib bay'atga qo'l uzatdi.

Shu bilan bay'at boshlanib avval muhojirin, so'ngra ansor sahobalar hazrati Abu Bakrga bay'at qildilar. Hajarul asvadni talashgandek barchalari, rozilik bilan Rasululloh o'rinlariga hazrati Abu Bakr Siddiqni xalifalikka sayladilar. Lekin muhojirlardan Hazrati Abbos, Hazrati Ali, Zubayr ibn Avvom, Talha ibn Ubaydulloh, Miqdod ibn Asvad, yana Baniy Hoshimdan bir necha kishilar bu bay'atga hozir bo'lisha olmadi. Chunki bu ish to'satdan boshlanib, ularni chaqirishga vaqt etmadi.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube