O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Rasululloh dunyodan o'tdilar ersa, ummatlariga uch narsani qoldirib ketdilar…

Rasululloh dunyodan o'tdilar ersa, ummatlariga uch narsani qoldirib ketdilar…
21 Kasım 2017 - 7:00 'da yuklandi va 1846 marta o'qildi.

Alixonto'ra Sog'uniy

TARIXI MUHAMMADIY — 237

(davomi)

RASULULLOHNING BETOB BO'LIShLARI-6

Munofiqlarning ig'vosi bilan xalifalik bizda bo'lsin, deb, ansorlardan talab qiluvchilar bo'ldi. Shuning uchun sahobalar, ayniqsa, Hazrati Abu Bakr Siddiq, Hazrati Umar, bu ishni tezroq bitirishga shoshildilar.

Biror fitna chiqib qolishidan qo'rqishib katta-kichik hammani yig'ib, saylov o'tkazishga ulgurolmadilar. Agar shu yig'inda Hazrati Abu Bakr Siddiqqa bay'at berilmay tarqashganlarida, ansorlardan Sa'd ibn Ubodaga o'z qavmlarining bay'at qilishlari ehtimolga yaqin edi.

Bunday bo'lganda muhojirlar unga rozi bo'lmasalar, u chog'da munofiqlar tomonidan biror fitna qo'zg'alib qolishi mumkin edi. Shuning uchun bay'atni kechiktirishga Hazrati Umar yo'l qo'ymadilar.

Haqiqatda esa bu ish Allohning ulug' inoyati bo'ldi. Rasululloh vafot bo'lgan kun — dushanba kuni Hazrati Abu Bakr xalifa bo'lib saylandilar. Shu kuni ertalabki namozdan so'ng Hazrati Abu Bakr minbarga chiqdi ersa, Hazrati Umar minbar oldida Allohga hamu dsano aytgandan so'ngra xalqqa qarab:

— Ey mo'minlar! Alloh bu ishni ichimizdagi ishongan eng yaxshi kishiga topshirdi. Rasululohning sirdoshi, g'or ichida birga bo'lgan yo'ldoshi Rasululloh o'rinlarida xalifa bo'ldi. Kechagi bay'atda hozir bo'lmaganlar, endi bay'at qilinglar, — dedi.

Hammalari turib bay'at qildilar. Bay'at tugagach, Hazrat Abu Bakr Xudoga hamdu sano aytgandan so'ngra xalqqa qarab:

— Ey odamlar! Meni Rasululloh o'rnida xalifa saylab bu ishga ega qildinglar. Lekin men ichinglardagi eng yaxshinglar emas edim. Shundoq bo'lsa ham bu ulug' o'ringa o'tirdim. Agar yaxshilik qilsam, menga yordam beringlar. Agar yomonlik qilsam, meni to'g'rilanglar. Chin so'z omonatdur, yolg'on xiyonatdur. Haqqiga etkizganimcha kuchsizlar menim oldimda kuchlikdur. Haqsizlik qilgan kuchliklar mening oldimda kuchsizdur. Inshaalloh, so'zim shudur. Qaysi qavm Xudo yo'lida g'azot qilishdan qochar ekan, Alloh ularni xorlikka qoldirgay. Qaysi xalq ichida gunoh ishlar ko'paysa, ularni balo qoplagay. Agar men Xudoga, uning payg'ambariga itoat qilmas ersam, menga itoat qilish sizlarga lozim emasdur, — deb minbardan tushdi.

Hazrati Abu Bakr xalifa saylanib, bay'at ishi bitgandan so'ngra chorshanba kechasi Rasulullohni qabrga qo'ymoqchi bo'ldilar. Yuvish to'g'risida boshqa mayitlardek yalang'och qilishmi yoki ko'ylak-ishtonlari ustidan yuvish lozimmi, deyishib maslahat qilishganlarida, uy burchagidan: «Rasululloh pokdur, yuvmanglar» degan tovush eshitildi ersa, onalarimiz: «Bu so'z to'g'ridur, Rasululloh pok bo'lgach yuvdirmaymiz», — degan so'zga keldilar.

Hazrati Abbos: «Nima ekanligi bizga ma'lum bo'lmagan ovozga ishonib, Islom odatini qanday tashlaymiz?», deb turganlarida, g'oyibdan yana bir tovush kelib: «Libos ustidan yuvinglar, men Xizrdurman», dedi.

Qandoq bo'lsa ham ko'ylak-ishton ustidan suvga oldilar. Bu muborak xizmatga kirganlarning hammalari qarindoshlaridan: amakilari hazrati Abbos, Hazrati Ali, hazrati Abbosning o'g'illari Fazl va Qusam, yana Rasulullohning ikki ozod qilgan qullaridan biri Usoma ibn Zayd va Shaqron edi. Mana shu nomlari yozilgan olti odam muborak xizmatga kirishdilar. Lekin Rasulullohning qutlug' jasadlariga qo'l urgan kishi Hazrati Ali edi.

Rasululloh vasiyat qilib:

— Meni Ali yuvsin, o'zga odam yuvmasinkim, undan boshqa kishining ko'zi avratimga tushib qolsa ko'r bo'lib qolgay, — degan edilar.

Usoma bilan Fazl ko'zlari bog'liq parda orqasidan turib hazrati Aliga suv uzatib turdilar. Hazrati Abbos va Qusam suv quyishib, o'ngga-so'lga ag'darishib Aliga yordamlashdilar. Hujra ichiga Rasulullohni yuvish uchun bir chodir tikilgan edi. Shu chodir ichida yuvdilar. Birinchi hijratlarida kelib tushgan Qubo qishlog'idagi G'aras qudug'idan suv olib keldilar. Rasululloh hayotlarida ko'proq shu quduq suvidan ichardilar. Bu quduq yaxshi, buning suvi jannat bulog'idan keladi, degan rivoyat ham bordur.

Shundoq qilib, Rasulullohni uch marta yuvdilar. Birinchi, quruq suv bilan, ikkinchisi sidr qo'shilgan suvda, uchinchisi kofur qo'shilgan hidlik suv bilan yuvdilar. Sajda qilganda erga tegadirgan joylariga kofur surtdilar. So'ngra uch qavat oq bo'zdan tikilgan kafan qildilar. Yuvishda, kafan qilishda Rasulullohga qanday qilingan bo'lsa, ummatlariga ham shunday qilish sunnat bo'ldi.

Rasulullohni qaysi joyda dafn qilish maslahati bo'lib, ba'zilari masjid minbari oldiga, ba'zilari Baqi' go'ristoniga deyishdi.

Anda hazrati Abu Bakr Siddiq:

— Payg'ambarlar qaysi joyda vafot topsalar, shul joyda dafn bo'ladilar, degan so'zni Rasulullohdan eshitgan edim, — deb onamiz Oishaning uyida o'zlari yotgan to'shaklari tagidan qabr qazishdilar. Yuvib bo'lgandan so'ngra sarirga solib, ustilarini o'rab qabr og'ziga keltirib qo'ydilar. Hozir bizning janoza o'qishimizdek, Rasulullohga janoza o'qilmadi. Balki to'rt to'p bo'lishib, kirib har qaysilari imomsiz o'zlari takbir aytib, salovot o'qib chiqar edilar. Eng avval Rasulullohning yaqinlaridan amakilari Abbos, Hazrati Ali boshliq Bani Hoshimning erkaklari janoza ustiga kirib takbir aytib, duo qilib chiqdilar.

So'ngra xotinlar, qullar, cho'rilar, bolalar, har qaysilari o'z to'plari bilan kirishib duo qilib, takbir aytishib, yig'lashib chiqar edilar. Har kim o'z bilganicha so'z aytib, duo qilar edi. Ba'zi birlari:

— Rasululloh, siz Xudo amrini bizga etkazdingiz, haq yo'lni ko'rsatib, haq dinni bizga o'rgatdingiz, Xudo oldida guvohlik beramiz, — der edilar.

Shu tartib ila janoza o'qilgach, qabrga o'z urug'laridan hazrati Abbos va o'g'illari Fazl va Qusamlar tushdilar. O'rinlariga qo'yib chiqishlarida Qusam ibn Abbos hammalaridan keyin chiqdi. To'qqiz dona xom g'isht bilan qabr og'zini berkitdilar. Tuproq solish vaqtida hazrati Fotima Rasululloh ustlariga kelib: «Tuproq tashlashga qanday ko'nglinglar chidaydi?» deb o'zi yig'lab, hammani yig'latdi. So'ngra qabr tuprog'idan bir siqim olib ko'ziga qo'yib, ushbu she'rni o'qib yig'ladi:

«Subbat alayya masoyibu lav annaho,
Subbat alal ayyomi sirna layoliyo».

Ma'nosi:

Tushdi boshimga musibatdan qora kunlar, bu kun,
Bu yorug' olam ko'zimga qop-qaro tunlar bu kun.

So'ngra hazrati Bilol bir mesh suv keltirib qabrga sepib, oq, qizil mayda toshlardan ustiga terib qo'ydilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak jasadlari yotgan joy er-ko'kdagi barcha tabarruk joylardan, balki Arshi A'zamdan ham ortiqdur. Bu masalada hamma ulamolar bir ittifoqdadurlar, hech xilof yo'qdur.

Rasulullohning xodimlari hazrati Anas aytadur: «Rasulullohni qabrga qo'yib, qo'l tuprog'ini qoqmasdan turib, dillar o'zgardi, ko'ngillar g'amga to'lib, ko'zga olam qorong'u bo'ldi. Shu joydagi kishilar bir-birlarimizni ko'rolmay qoldik». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar Alloh taolo bir ummatga yaxshilik xohlar ekan, u ummatning payg'ambari ulardan ilgari o'ladi», deb o'z ummatlariga tasalli bergan edilar.

Oh, yuz oh, ming ohkim, Rasulullohning vafotlari ummatlariga eng ulug' musibatdur, ayniqsa, muborak diydorlarini ko'rmagan ummatlari uchun tugalmas armondur. Yolg'iz ummatlari emas, Rahmatanlilolamin bo'lganliklaridan butun olam ahlini bu musibat qayg'usi qoplamish edi. Rasulullohning firoqlariga chidayolmay minib yurgan Ya'fur degan eshaklari o'zini quduqqa tashlab o'ldi. U zotdan ajraganiga motam tutib tuyalari hech narsa emasdan, oxiri ochlikdan halok bo'ldi.

Rasululloh dunyodan o'tdilar ersa, ummatlariga uch narsani qoldirib ketdilar:

Birinchisi, Allohning so'zi — Qur'oni karim; ikkinchisi, o'zlarining so'zlari — Hadisi sharifdur.

Agar ummat bu ikkovidagi so'zlarga amal qilib, bulardagi ko'rsatilgan yo'ldan chiqmasalar, qiyomatgacha haq yo'lidan adashmaydilar, hech narsa ularga zarar keltira olmaydi.

Uchinchisi, sahobalarni ummatlariga qoldirdilar. Rasulullohning so'zlari — hadisi shariflar shu zotlar orqalik bizlarga etib, shularning himmatlari bilan Islom dini er yuziga tarqaldi. Inson olamida ko'p jonfidoliklar ko'rsatib, mo'minlar dilidagi o'chmas iymon chirog'ini shular yondirib ketdilar, raziyallohu anhum.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube