O’zbekiston Xalq Harakati

Aziza Axmedova – bizni yana qachongacha qiynashadi?.. Dindorlarni hibsga olish davom etmoqda

Aziza Axmedova – bizni yana qachongacha qiynashadi?.. Dindorlarni hibsga olish davom etmoqda
22 Kasım 2017 - 9:34 'da yuklandi va 1635 marta o'qildi.

O'zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbuskor guruhiga Toshkent shahar Sergili tumani, Chosh tepa ko'chasi 8-proezd, 4-xonadonda istiqomat qiluvchi, nafaqadagi 65 yoshli Aziza Axmedova ariza bilan murojaat qildi.

Uning eri, oliy ma'lumotli, iqtisod fanlari nomzodi, o'rta professional ta'lim muassasalarini rivojlantirish Instituti iqtisod va menejment kafedrasi mudiri, 1949 yilda tug'ilgan To'xtaxo'jaev Avaz Abduvahobovich 1999 yilning 26 noyabr kuni “Xizb-ut–Taxrir” partiyasiga aloqadorlikda gumon qilinib hibsga olingan.

Tergov jarayonida aybga iqror qilish maqsadida shafqatsiz qiynoqlarga solingan. 2000 yilning 6 mart kuni Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo'ycha sudi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 159, 216 va 244-1-moddalari bo'yicha 13 yil ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan.

Mahkama jarayonida To'xtaxo'jaev Avazning aybi isbotlanmagan, shuningdek sudlanuvchining o'zi ham aybni tan olmagan. KIN 64/29 sonli jazoni o'tash muassasasida saqlangan, 2001 yilning bahorida sohta jinoyat ishi bilan qo'shimcha 3 yilga sudlangan va qat'iy rejim kolonyasida qamoq jazosiga hukm qilingan. 2002 yilda sohtalashtirilgan ish bilan mahkamaga tortilib jazo muddatiga yana 5 yil qo'shib berilgan, 2010 yilning oktyabr oyidan maxsus rejim kolonyasida saqlanib kelingan. 2010 yilning noyabr oyidan Buxoro shahridagi SI-3-sonli tergov izolyatorida saqlangan va yana tergov o'tkazib, natijada yana 3 yil qo'shib berilgan, 2013 yilda esa yana 16,5 yil qo'shishgan…

Shunday qilib, noqonuniy qamalgan iqtisodchi-olim To'xtaxo'jaev Avazga Jinoyat Kodeksining 221 moddasiga ko'ra yolg'on ayblovlar bilan ozodlikdan mahrum qilish muddatlari qo'shib berildi. 3 marta, umumiy hisobda 27,5 yil qo'shilib, 40,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Hozirda Qorovulbozor tumanidagi KIN 64/25 da jazoni o'tamoqda. Aziza Axmedovaning so'zlariga ko'ra erining salomatligi yomonashgan, 18 yil doimiy qiynoqlar natijasida yurak qismida tez-tez og'riqlar paydo bo'lgan, tirnoqlari ko'karib, oyoq qismidagi qon tomirlari yorilib ketgan.

Uning qizi, 1982 yilda tug'ilgan To'xtaxo'jaeva Dilnoza 2007 yilda Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo'yicha sudi hukmi bilan 3 yilga ozodlikdan mahum etilgan. Tergov ishi Toshkent viloyati IIB tergovchisi A.V.Aulov tomonidan sohtalashtirilgan. Jinoyat Kodeksining 244-2-moddasi bilan “Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlarni tashkil etish, boshqarish, ishtirok etish”da ayblangan. 2010 yilda jazo muddati tugashi munosabati bilan ozodlikka chiqarilgan.

Yana bir qizi, 1986 yilda tug'ilgan To'xtaxo'jaeva Go'zal 2008 yildan buyon JKning 159 va 244-2 moddalari asosida qidiruvga berilgan, hozirda uning qaerda ekanligi noma'lum. Aziza Axmedovani uning qizi Go'zalni qaerda ekanligini aytishi talabi bilan militsiya xodimlari tez-tez bezovta qilishadi.

2017 yilning 16 noyabr kuni ertlabki soat 6 da IIVning fuqarolik kiyimidagi 8 nafar xodimi kelib, Aziza Axmedovaning uyida tintuv o'tkazishni boshlashgan, uy yotoqxonasida pollarni qo'parib tashlashgan, shu tarzda qizi Go'zalni qidirishgan. Aziza Axmedova va Dilnoza To'xtaxo'jaevani 9 oylik chaqalog'i bilan birgalikda 4 nafar voyaga etmagan bolalari bilan Toshkent shahar Uchtepa tuman IIBga olib ketishgan. 10 soat davomida tergov qilib, 9 oylik chaqloq yig'layvergandan keyin uyga ketishga ruxsat berilgan.

2017 yilning 20 noyabr kuni Aziza opa va qizi Dilnoza Zangiota tuman xalq qabulxonasiga murojaat qilishgan. Ularni Yulduz ismli yurist va Zangiota tuman IIB boshlig'i Mirsaliev Murodilla qabul qilgan va hech qanday yordam beraolmasligini aytib. Toshkent shahar xalq qabulxonasiga murojaat qilishni tavsiya qilgan…

Aziza opa shunday deydi: 18 yil davomidagi ichki ishlar xodimlarining muntazam ta'qiblari natijasida salomatligim yomonlashdi, kechalari uxlayolmayman. Bizni yana qachongacha qiynashadi?..

22.11.2017 y.
Surat Ikromov
O'zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbuskor guruhi raisi

E–mail: surat.i@rambler.ru, suratikramov@gmail.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort