O’zbekiston Xalq Harakati

Rasulullohning tan tuzilishlari

Rasulullohning tan tuzilishlari
23 Kasım 2017 - 7:00 'da yuklandi va 1983 marta o'qildi.

Alixonto'ra Sog'uniy

TARIXI MUHAMMADIY — 238

(davomi)

RASULULLOHNING TAN TUZILIShLARI

Alloh taolo Arshdan tortib Farshgacha barcha yaratgan narsalarni inson uchunyaratmishdur. Inson ichidagi eng ulug'lari ulardan chiqqan payg'ambarlardur.

Qaysi zamon, qaysi davrda bir payg'ambar yubormoqchi bo'lsa, uni eng yaxshi odamdan yuborish Allohning odatidur. Har zamonda payg'ambar bo'lgan kishi o'shal zamonning eng olimi, eng aqlli, donosi bo'lishi ustiga har bir yaxshilik sifatga, eng oliy axloqqa ega bo'lishi shartdur. Lekin bu fazilatlar ularning hammalarida barobar emasdur.

Har bir yaxshi axloq sifatlarda barcha payg'ambarlarning ortiqrog'i bizningPayg'ambarimiz hazrati Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamdurlar. Axloq vafazilat osmonida Rasululloh go'yoki quyosh bo'lsalar, qolgan payg'ambarlar quyoshatrofidagi yulduzlar kabidur. Payg'ambarimizning sifatlarini Xudodan o'zga hech kimhamma tomonlarini aytib tugata olmaydi. Oy nurni Quyoshdan olgandek, barchapayg'ambarlar ham o'z nurlarini Rasulullohdan olgandurlar. Qisqasi shulki, barchayaratilmish narsalarning sarasi insondur. Insonning eng ortig'i payg'ambarlardur.

Payg'ambarlar ortig'i bizning Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamdurlar.

Payg'ambarlarning hammalari zohiriy ko'rinishlarida husn-jamolga, botiniy yaratilishlarida oliy axloqqa ega edilar. Payg'ambarimizning jismoniy tuzilishlari ersa hammadan kelishimroq va ham sog'lom edi.

Alloh yuborgan barcha payg'ambarlarning yuzlari chiroylik, qaddi-bastlari ko'rkam, tovushlari yoqimlik edi. Ayniqsa, bizning Payg'ambarimiz hammalaridan ham chiroylik, yaxshi unlik edilar. Bo'ylari ersa o'rtachadan ozgina uzunroq edi. Lekin har qanday novcha odamlar bilan birga yurganlarida, boshqalar ko'ziga ulardan egizroq ko'rinar edilar. Yolg'iz yurganlarida o'rta bo'ylik ekanliklari bilinur edi.

Boshlari katta, ikki elka oralari va ko'krak-ko'ksilari kengroq bo'lib, sochlari o'sganda elkalariga, o'smaganda quloq yumshoqlariga tushar edi. Umrlari ichida to'rt marta soch oldirib, sochlarini sahobalar tabarruk qilib, o'rtalarida bo'lishib olganlar. Muborak yuzlari oq bo'lib, qizil bilan sug'orilgan edi. Manglaylari (peshonalari) keng, qoshlari egilgan, ingichka, orasi qo'shilmagan, burun ustilari egizroq, ham ozgina qangsharlik edi. Muborak yuzlari tekis, yuz suyaklarida do'mboqlik yo'q edi. Tishlari injudek tizilgan, yaltiroq, soqollari siyrak emas, qalinroq, ko'zlari qora, ham kattaroq edi. Yuzlari kulcha yuzlik, tegarakroq edi.

Ko'krak oldilari tekis, qursoqlik (qorinlik) emas, bo'yinlari uncha uzun emas, o'rta bo'yinlik edi.

Abu Hurayra aytdi:

— Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ko'rkam, chiroylik kishini men hech ko'rmadim. Yuzlari to'lin oydek yo quyoshdek, agar kulsalar, tishlaridan chiqqan nur shu'lasi devorga tushar edi. Rasulullohni birinchi ko'rishda har qanday odamni haybatlari bosar edi. Ulfat olib o'rganishgandan so'ngra Rasulullohga jonfido bo'lib, muhabbat bilan ko'ngli bog'lanur edi. Qisqasi shulki, u zotni ko'rib sifatlarini bilgan kishilar husn-jamollarining ko'rkamligida, fe'li-xuylarining yaxshiligida bu zotga o'xshagan kishini hech ko'rmaganmiz, — der edilar.

Alloh taolo Rasulullohning ruhlarini qanday pok yaratgan bo'lsa, tanlarini ham shunday yaratmish edi. Payg'ambarimizning o'zlariga xoslagan, boshqalarda bo'lmagan bir necha xislatlar bor edi. Shulardan biri, muborak tanlariga kir yuqmas, engil-boshlari kirlamas, burga-bitga o'xshash jonivorlar yaqinlariga kelmas edi. O'zlari doim tozalik, pokizalikni sevar edilar. Bu tabiiy tozalikni shariat pokligi bilan quvvatlab, «Islom dini poklik uzra qurilmishdur», deb musulmonlarni tozalikka undar edilar.

Xush islik narsalardan surtilsin-surtilmasin, doim o'zlaridan yaxshi hid chiqib turardi. Rasulullohning xos xodimlari hazrati Anasning aytishlaricha, mushku anbar, atiriyporning isidan Rasulullohning islari yaxshiroq edi.

Hazrati Jobir ibn Abdulloh:

— Rasululloh menga muhabbat qilib, yuzimni silab qo'yib edilar, iypor solgan xaltadan qo'llarini yangi chiqargandek bo'lib, shundoqqina hamma yog'im iypor hididan hidlanib ketdi.

Agar Rasululloh biror kishi bilan qo'l ushlashib ko'rishgan bo'lsalar, shu kishining qo'lidan bir kun atir isi ketmas edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yosh bolalarni bek sevar edilar. Ayniqsa, etim bolani ko'rib qolsalar, uni erkalatib:

— Men ham etim edim, etimni ko'rsanglar, meni etimligimni esga olib boshinisilanglar, ko'ngillaring yumshaydi, — deb boshini silar edilar. Anda ul bolaning nechakungacha boshidan atir hidi ketmas edi. Ko'p bolalar ichida tursa ham «Muning boshigaRasulullohning qo'llari tekkan ekan», deb hammalari bilar edilar.

Agar Rasululloh bir ko'chadan o'tib ketgan bo'lsalar, u ko'cha atir hidlariga burkanib, Rasulullohning o'tganliklari ma'lum bo'lur edi. Bu kitobda bizning yozganlarimiz boshqalarga qaraganda yuzdan biri ham kelmaydi. Xudoni sifat qilishdan bandalari ojiz qolgandek, Rasulullohni sifat qiluvchilar ham ojizdurlar.

Ko'zlarining nurini Xudo shundoq quvvatlik qilmish edikim, Me'roj kechasida Xudo jamolini ko'rishga toqat qildilar. Holbuki, Muso alayhissalom Tur tog'iga tushgan bir jilvaga tog' singari toqat keltirolmay, behush bo'lib yiqildilar.

Alloh taolo Qur'onda «Ma zag'ol basaru va ma tag'o» degan oyati bilan Rasulullohni sifatladi. Ya'ni, Me'roj kechasida ko'rgan narsasidan Muhammad ko'zi qamashmadi.

Qamashgan ko'z ersa, ko'rgan narsasini aniqlay olmaydi. Muhammad ko'zi Me'roj kechasida nima narsani ko'rdi ersa, aniqlab ko'rdi, demakdur.

Rasululloh nimaga qarasalar, o'shal narsani haqiqati bilan ko'rar edilar. Kecha-kunduz barobar bo'lib, tun qorong'usi ko'z nurlariga to'sqinlik qilolmas edi. Oldidagi narsani qanday ko'rsalar, orqadagi narsani ham shunday ko'rar edilar. Ko'rishda oldi-orqalari barobar edi. Imom Buxoriy, imom Muslim har ikkovlaridan bu to'g'rida rivoyat bordur. Bu ishlar ersa Rasulullohning mo'jizalaridandur. Har qanday ko'zi o'tkir odam Hulkarga qarasa, besh-olti yulduzdan oshiq ko'rolmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam undan o'n yulduz sanar edilar.

Rasululloh yigirma uch yillik payg'ambarlik davrlarida Jabroil alayhissalom bilan yigirma to'rt ming marta ko'rishdilar. Ammo o'z suratida ikki qayta ko'rdilar. O'tgan payg'ambarlarning hech birovlari Jabroil alayhissalomni o'z suratida ko'rolmadilar va ular oldiga uch mingdan ortiq kelmagan ekanlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko'zlari uzoqni ko'rgandek, quloqlari ham yiroqdan eshitar edi. Tovushlari ersa uzoqqa etar edi. Soyalari erga tushmadi. Quyoshda, oydin kechalarda hech ko'lankalari ko'rinmas edi. Hojatga o'ltirsalar oldi va orqalaridan chiqqan narsalarini er yutib, hech kimarsa uni ko'rolmas edi.

Rasulullohning otalari Abdullohdan meros qolgan dodaklari Ummu Ayman shundoq rivoyat qilur:

— Bir kecha uyqudan uyg'onib, ko'p chanqab ketgan ekanman, qarasam, uy burchagida bir ko'zada suv turgan ekan. Uning xushbo'y, xushmazaligidan chanqog'im qongancha ichdim. Ertalab Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko'zani to'kib qo'ygil, deb menga buyurdilar.

— Yo Rasulalloh, u nima edi? Men uni ichib qo'yganman, — dedim.

Rasululloh kulib:

— Ey Ummu Ayman, endi umring ichida qorin og'rig'i ko'rmaydursan. Bu kecha turib uko'zachaga men kichik hojat chiqargan edim, — dedilar.

Rasululloh aytganlaridek Ummu Ayman qorin og'rig'i va boshqa kasallardan umrida kasal bo'lmadi.

Hazrat Oisha onamiz:

— Yo Rasulalloh, siz hojatga borasiz, ammo o'ltirgan joyingizda hech narsa ko'rmaymiz, — dedi.

Anda Rasululloh:

— Yo Oisha, payg'ambarlardan chiqqan narsa er ustida qolmaydi, uni er yutib yuboradi, — dedilar.

Banka qo'yish, qon olish ilgarigi arablarda ham bor edi. Rasulullohning qonlari ko'payganlikdan boshlari og'rib edi. Abu Tiyba degan kishi kelib qon oldi. Olib bo'lgandan keyin Payg'ambarimizning ammalari Safiya o'g'li Zubayr ibn Avvomning o'g'li Abdulloh ibn Zubayr hozir edi.

— Qonni kishi ko'rmagan joyga to'kib kel, — deb unga buyurdilar ersa, Rasululloh qonlarini erga to'kishga ko'zi qiymay o'zi ichdi.

Rasululloh undan:

— Qonni nima qilding? — deb so'radilar.

— Ko'mib tashlashga ko'nglim bo'lmay uni ichdim, yo Rasulalloh, — dedi.

— Ey Abdulloh, o'zingga ham qiyin bo'ldi, kishilarga ham qiyin bo'ldi, — deb unga ko'p achindilar.

Rasululloh aytganlaridek, shu qonni ichgandan so'ngra himmati ko'tarilib, shijoatbahodirligi ko'paydi. Hazrati Muoviya o'lgandan keyin Yazidga va boshqalarga itoat qilishga himmatlari qo'ymay o'zlari xalifa bo'ldilar: Hijoz, Yaman, Iroq, Xuroson mamlakatlari bu kishiga bay'at berishib, sakkiz yil xalifalikda turdilar. Ul chog'da Abdulmalik ibn Marvon Shomda podsho edi. Hajjoj qo'mondasida bu kishiga qarshi askar yuborib, har ikki xalifa o'rtasida urush boshlandi.

Shom askari Makkaga kelib, shaharni qamal qildilar. Urush uzoqqa cho'zilib, Makka xalqi olti oy qamal ostida qoldi. Har yoqlama qiyinchiliklar bo'lib, oxiri bu kishining tarafdorlari tarqalib ketdilar. O'zi yolg'iz qolguncha dushmanga qarshi urushib, eng so'ngi kungacha chidamlik bilan turib shahodat topdi. Raziyallohu anhu. Onasi Asmo Abu Bakr Siddiq qizi, hazrat Oishaning opasi edi.

Shahid bo'lganida yoshi etmish ikkida edi. Etmish uchinchi hijriy tarixida bu voqea bo'ldi.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort