O’zbekiston Xalq Harakati

Rasulullohning bolalari

Rasulullohning bolalari
28 Kasım 2017 - 7:00 'da yuklandi va 1379 marta o'qildi.

Alixonto'ra Sog'uniy

TARIXI MUHAMMADIY — 241

(davomi)

RASULULLOHNING BOLALARI

Payg'ambarimizdan onamiz Hazrati Hadicha uch o'g'il va to'rt qiz tug'dilar. Dastlab Makkada eng avval tug'ilgan o'g'illarining oti Qosim edi. Shunga ko'ra Payg'ambarimizni arablar Abul Qosim, ya'ni Qosimni otasi deb ham atadilar.

Mundan so'ngra to'rt qiz — Zaynab, Ruqayya, Ummu Kulsum, Fotima vahiy kelmasdanilgari tug'ilgan edilar. So'ngra payg'ambarlik davrida bir o'g'il tug'ilib, oti Abdulloh bo'ldi.

Shu o'g'ilni Tayyib Tohir deb ham atar edilar. Biroq, bular Abdulloh emas, balki undan keyin tug'ilgan egizak o'g'illari edi, deganlar ham bordur. Bularning hammalari hijratdan ilgari Makkada tug'ilgan edilar. Bosh o'g'illari Qosim ikki yoshga to'lmasdan Makkada vafot topdi. So'ngra Abdulloh ham bir necha oyligidayoq vafot bo'ldi. Bu bola vafotbo'lgach, o'g'il farzandlari qolmadi. Arablar ersa qizni bola qatorida ko'rmas edilar.

Shuning uchun Quraysh mushriklarining raislaridan Os ibn Voil:

— Muhammadning tuxumi tugadi, dunyodan bolasiz o'tadi, nasli uzildi, oti o'chdi, — dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ma'yus bo'lmasin deb Alloh taolo Kavsar surasini tushirib, «Inna shaniaka huval abtar», dedi. Ya'ni: «(Ey Muhammad,) senga ko'p yaxshiliklar berdik, qiyomatgacha sening oting o'chmaydi. Seni «abtar» degan kishining o'zi «abtar»dur. U o'ldi ersa oti o'chib, hech kim uni og'ziga olmaydi. Sening noming minoralar boshida, minbarlar ustida, musulmonlar og'zida qiyomatgacha aytilib turadi», dedi.

Rasulullohning uchinchi o'g'illari Ibrohimdur. Hijratning sakkizinchi yili qurbon oyida tug'ildi. Ettinchi kuni qo'chqor so'yib «aqiyqa» qildilar. Va shu kuni otini qo'yib, sochinioldirdilar. So'ngra uning og'irligicha kumush sadaqa qilishga buyurdilar. Yigirma oylikbo'lganda Ibrohim ham vafot bo'lib, Baqe' go'ristoniga ko'mdilar.

Ul kunda Rasululloh:

— Ey Ibrohim, sendan ajrayotganimiz uchun hammamiz qayg'ulikdurmiz, — deb yig'ladilar, muborak ko'zlaridan yosh to'kildi.

Chaqaloqqa ettinchi kuni qudrati etar ekan ikki qo'y, yo'q esa, bir qo'y so'yib aqiyqa o'tkazish va shu kuni ism qo'yib, sochini oldirish, og'irligicha kumush sadaqa qilish ummatlariga sunnat bo'lib shundan qoldi.

Rasulullohning Qosimdan keyin tug'ilgan qizlari Zaynab edi. Bu qiz voyaga etganida xolasining o'g'li Abul Osga berdilar. Mundan tug'ilgan ikki bola: bir o'g'il va bir qiz bo'lib, ismlari Ali va Umoma erdi. Abul Osning onasi Hadicha onamizning singillaridur.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkani fath qilganlarida nabiralari Alini tuya orqasiga mingashtirib olgan edilar. Umri qisqa ekan, balog'atga etar-etmas bu bola ham vafot topmish edi. Qiz nabiralari Umomani ersa Hazrati Fotima vafot topgandan keyin Hazrati Ali nikohlariga oldilar. Chunki, xolasi Hazrati Fotimadan shundog' vasiyat bo'lmish edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'ttiz yoshga kirganlarida Zaynab tug'ilmish edi, sakkizinchi hijriyda vafot topdi, raziyallohu anho.

Ikkinchi qizlari Ruqayyani Hazrati Usmonga bergan edilar. Hijratning ikkinchi yilida vafot topdi. Rasulullohning asrandi o'g'illari Zayd ibn Horisa Badr urushining xabarini suyunchilab shu kuni Madinaga kelmish edi. Qaytganida musibat xabarini etkazib, Rasulullohga ta'ziyat qildi ersa: «Qizlarning o'limi sharaflikdur, alhamdulilloh», dedilar.

Uchinchi qizlari Ummu Kulsumdur. Uni Ruqayya vafot topgandan keyin Hazrati Usmongaberdilar. Shuning uchun bu kishining laqabi «Zunnurayn» — «Ikki nur egasi» bo'ldi.

Hazrati Usmon u bilan olti yil umr o'tkazdilar, o'rtalarida bola bo'lmadi. Hijratning to'qqizinchi yili vafot bo'lib, Baqe' go'ristoniga qo'yildi.

Rasululloh aytdilar:

— Usmonni tezroq uylantirib qo'ying, agar menim uchinchi qizim bo'lsa, uni ham berar edim.

Rasulullohning to'rtinchi qizlari Fotimai Zahro edi. Hijratning ikkinchi yili Hazrati Aliga nikoh bo'ldi. Hazrati Fotima o'n besh yoshda, hazrati Ali yigirma sakkiz yoshda edilar.

Payg'ambarimizga vahiy kelishdan bir yil ilgari tug'ilmish edilar. Hijratning o'n birinchi yili Rasulullohdan olti oy keyin vafot topdi, raziyallohu anho. Yoshi yigirma sakkizda edi.

Hazrati Ali Fotimani so'rab kelganida:

— Nikoh mahriga nima narsang bor? — deb so'radilar ersa:

— Urushga kiyadigan yolg'iz sovutim bordur, — dedi.

Hazrati Alining boshqa hech narsasi yo'q edi. Shuni sotib pulini keltirmoqqa buyurdilar.To'rt yuz sakson tangaga sotib pulini Rasulullohga keltirdi. To'y mahriga shu pulni sarfqilib, xurmo, mayiz bilan sahobalarga nikoh to'yi qilib berdilar. Ichiga xurmo qipig'ito'lg'izilgan bir yostiq, jundan to'qilgan bir sholcha, qurbonlikdan qolgan bir qo'chqorterisi, bir dona choyishab, bir dona suv tashiydigan idish, 2 dona ko'zacha berdilar.

Fotimani uzatganda unga qilgan asboblari shular edi. Tushirilgan uylari ichiga qum to'shab, shuning ustiga qo'chqor terisini solib yotar edilar. Nikoh o'qilgandan so'ngra bir kosa suv keltiringlar, deb buyurdilar. Unga «Bismillah» aytib duo o'qigandan keyin shu suvdan olib Hazrati Alining yuzlarini, ko'kraklarini siladilar. Hazrati Fotimaga ham shundoq qilganlaridan so'ngra:

— Ey bor Xudoyo, bularga va bularning nasllariga barakot bergil, — deb duo qildilar.

Hazrati Fotimadan olti bola tug'ildi. O'g'illari ersa Hasan, Husayn, Muhsin, qizlari Zaynab, Ummu Kulsum, Ruqayya edilar. Muhsin yoshligidayoq vafot topdi. Imom Hasan, imom Husaynlar bo'lsa, Payg'ambarimizning duolari shularga etib, nasllariga Xudo baraka berdi.

Ko'pincha aziz va avliyolar shulardan chiqdilar. Islom tuprog'ida bu zotlarning qadamlari etmagan joy yo'qdur.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort