O’zbekiston Xalq Harakati

Rasulullohning amaki va ammalari

Rasulullohning amaki va ammalari
30 Kasım 2017 - 7:00 'da yuklandi va 1800 marta o'qildi.

Alixonto'ra Sog'uniy

TARIXI MUHAMMADIY — 242

(davomi)

RASULULLOHNING AMAKI VA AMMALARI

Rasulullohning o'n ikki amaki va olti ammalari bor edi. Bulardan Abu Tolib, Zubayr, Abdul Ka'ba bu uchovlari Payg'ambarimizning otalari Abdulloh bilan tug'ishgan bo'lib, boshqalari o'gay edilar.

Bulardan ikki kishi — Hamza bilan Abbos iymonga musharraf bo'ldilar. Amir Hamza Quraysh ichida, balki butun arablar ichida nomi chiqqan atoqli bahodirlardan edi. Shuning uchun Rasulloh unga «Asadulloh», ya'ni Allohning arsloni, deb laqab qo'ydilar.

Bu kishi Islomda o'ttiz to'qqizinchi, Hazrati Umar bilan musulmonlarning soni qirqqa to'lib, bu ikkovlarining himmati bilan Islom dini yuzaga keldi. Bo'lmasa, bundan ilgari din ishlari yashirin edi.

Hazrati Hamza Rasulullohdan uch to'rt oylik katta bo'lib, bir siynani emishgan emakdoshlari edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hijrat qilib Makkadan Madinaga kelgandan so'ngra Hazrati Hamza ham Xudo yo'lida hijrat qilib, oilasini Makkada qoldirib, o'zlari Madinaga keldi.

Islom dinining birinchi g'alaba qozonishi bo'lgan Badr urushida bek bahodirlik ko'rsatgan edi. Undan keyin bo'lgan Uhud urushida Vahshiyning to'satdan otgan nayzasi bilan shahid bo'lmish edi. Kofirlar tomonidan jasadlari parchalanib, ko'zlari o'yilib, quloq-burunlari kesilmish edi. Shuning uchun Rasululloh bu zotni shahidlar a'losi, shahidlar sayidi deb, etmish takbir aytib janozasini o'tadilar.

Hazrati Abbos qolgan amakilarining eng kichkinasi edilar. Badr urushida Makka mushriklari zo'rlab askarlikka olgan edilar. Shu urushda boshqalar qatori asir bo'lib qo'lga tushdilar. Kofirlar asirlardan fidya puli olib bo'shatganlarida amakilari Abbosga ham to'rt ming tanga fidya to'lashga buyurdilar.

Anda ul kishi:

— Men majburlik bilan kelganman, — deb qutilish uchun dalil ko'rsatsalar ham sahobalar:

— Shariat zohiriga qaraydi, ko'rinishda shularga qo'shilib kelding, to'laysan, — deb qo'ymasdan to'rt ming tangasini oldilar.

Anda Abbos:

— Men Qurayshning oliylaridan edim. Endi eng kambag'allaridan bo'lib qoldim, — dedi.

Rasululloh:

— Hoy amaki, xotining Ummu Fazlga ko'rsatgan dunyoni ko'mgan joyingdan olsak, yana boyliging ketmaydi, — degan edilar, amakilari Abbos hayron qolib:

— Endi aniq bildim, sen Xudoning payg'ambari ekansan, yo'q ersa, men bu ishni xotinimdan boshqa hech kimga aytmagan edim. Senga buni Xudo bildirdi, bo'lmasa qaydan bilar eding? Endi musulmonligimni bildirib seni oldingda qolay desam, Makka xalqiga bergan omonat mollarim kuyib ketarmikan deb qo'rqaman, — dedi.

Makka fath bo'lguncha dinini yashirincha tutib, u joyda turishga Rasululloh ruxsat qildilar. Hazrati Abbos sakson sakkiz yoshga kirib, Madinada vafot topdilar, raziyallohu anhu.

Muoviyadan boshlanib davlat sakson necha yil davom etgan Umaviya davlati eng oxiri Marvon Xarga kelganda Abu Muslim Xurosoniy inqilobi orqalik yiqilib tugadi. So'ngra Payg'ambarimizning amakilari Hazrati Abbos nabiralaridan Abdulloh Saffoh degan kishi saltanat taxtiga o'ltirib, Abbosiya davlati shundan boshlandi.

Rasulullohning amakilari ichida ochiqdan-ochiq qarshilik ko'rsatib, dushmanlik qilgan kishi Abu Lahab edi.

Ammo Hazrati Alining otasi Abu Tolibning Rasulullohga qilgan fidokorliklariga qaralsa, Raxmatal- lilolaminning shafoatidan bu kishi ham quruq qolmasa kerak. Buning haqida iymonga kirdi-kirmadi deb tekshirib o'ltirish bizning ishimiz emasdur. Yaxshisi shulki, ul zotga Rasululloh uchun hurmat va muhabbatimizni bildirib, boshqa tomoniga o'tmay sukut qilishdur.

Rasulullohning oltita ammalari ichida Zubayr ibn Avvomning onalari Safiya binti Abdumuttalib Islomga musharraf bo'ldi. Otika, Arvo ikkovlarining dinga kirganlari gumonlikdur. Qolganlari ersa vahiydan ilgari o'lgandirlar.

Payg'ambarlarning da'vatlari etmagan kishilar kofir yo musulmon bo'lmaydi. Ikki payg'ambar orasida o'tgan din da'vati ularga etmagan odamlarning ham hukmlari shudir. Qiyomatda bularning joylari jannat bilan do'zax o'rtasidagi «A'rof» degan o'rinda bo'lishi Qur'oni karimda aytilmishdur.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort