O’zbekiston Xalq Harakati

Onalarimiz – Rasulullohning xotinlari

Onalarimiz – Rasulullohning xotinlari
03 Aralık 2017 - 7:00 'da yuklandi va 1315 marta o'qildi.

Alixonto'ra Sog'uniy

TARIXI MUHAMMADIY — 243

(davomi)

ONALARIMIZ – RASULULLOHNING XOTINLARI

Shuni albatta bilmak kerakkim, bir ishni tanqid qilgan kishi ul ishning qaysi zamonda bo'lganligini bilib, o'shal davr ahllarining rasm-odatlaricha tushunish lozimdur. Agar shu narsalarga yaxshi tushunmas ersa, bu haqda aytgan tanqidiy so'zlarining xato bo'lishi shubhasizdur.

Ovrupa yozuvchilarining o'ktachilari (tanqidchilari) Rasulullohni ko'p xotin olgan, xotinparast kishi edi, deb kamsitmoqchi bo'ladilar.

Holbuki, Rasulullohning bu ishlari ersa shariatdan yoki o'shal zamon rasm-odatlaridan tashqari emas edi. Balki bunda aqlga to'g'ri ko'p hikmatlik ishlar bor edi.

Rasulullohning Hazrati Oishadan boshqa qiz xotin olmaganlari hammaga ma'lumdir. Bular ichida to'rt-besh bolalik Ummu Salama kabi tul xotinni ham oldilar. Qirq yoshlik Hadichani olganlarida Rasululloh yigirma besh yoshda edilar. Payg'ambarlik davridan o'n yil o'tib, ellik yoshga to'lganlarida Hadicha onamiz dunyodan o'tdilar. Demak, 25 yil butun yigitlik davrida shu ulug' yoshlik xotin bilan umr o'tkazdilar. Amakilari Abu Tolib ham shu yilda vafot topmish edi. Shunday ikki jonfido yordamchilaridan bir yilda ajraganlari Rasulullohga juda qattiq ta'sir qilgan edi.

Bu ikkovlarining vafotlaridan so'ngra kuchli himoyachilari qolmaganlikdan dushmanlari ham qattiq hujumga kirishgan edilar. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu yilni «g'am-qayg'u yili» deb atagan edi. Onamiz Hadichaga ajal kelgan chog'da Rasululloh unga atalgan jannatdagi joyni ko'rib o'ziga bashorat berdilar. U ersa bir dona gavhardan yasalmish ulug' qasr edi.

Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam onamiz Oishaning oldida Hazrati Hadichaning so'zini qilib, uni maqtadilar ersa, Oishaning rashki qo'zg'alib:

— Xudo sizga undan yaxshiroq xotinlarni bergan bo'lsa ham, yana shu kampirni gapirasiz, — dedilar.

Anda Rasulullohning g'azablari kelib:

— Alloh menga undan yaxshi juft bergani yo'q. Hamma kishilar meni yolg'onchi deganida, u menga ishondi. Menim roziligim uchun mol-dunyosini sarf qildi, boshqalar dunyosini mendan ayadilar. Undan topgan bir necha bolalarim bordur. Sizlardin farzand ko'rmadim. Xudo uni rahmat qilsin, — dedilar.

Ikkinchi juftlari onamiz Savda binti Zam'adur. Eri o'lib, tul o'ltirganida Rasululloh uni nikohlariga oldilar. Yoshi ulg'ayib kampir bo'lib qolganlikdan, yotish navbatini Oishaga berib, o'zi ersa Rasululloh nikohlarida dunyodan o'tishga rozi bo'ldi. Rasululloh ham qabul qildilar. Hazrati Umar xalifalik davrida olamdan o'tdilar, raziyallohu anho.

Uchinchi jufti poklari Abu Bakr Siddiq qizlari onamiz hazrati Oishadurlar. Bu zotningsifatlari hadis kitoblarida ko'p yozilmushdur. Bu onamizning qanday ulug' fazl-kamolgaega ekanligiga shu etarlikdurkim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng oxirginafaslarida shu onamiz quchog'ida turib dunyodan o'tdilar. Xotinlarga zarur bo'lgan diniymasalalar haqida kelgan hadislarni ko'proq shu onamiz Payg'ambarimizdan rivoyatqildilar. Husn-jamolga, aqlu kamolga etganlikdan Rasulullohning iltifotiga ega bo'lmishedilar. Hijratning 56-yilida Madinada vafot bo'lib, Baqe' go'ristoniga dafn qilindilar.

Janozalarini Abu Hurayra o'qidi. Yoshlari oltmish ettida edi, raziyallohu anho. To'rtinchilari Hazrati Umarning qizi Hafsa erur. Vahiydan besh yil burun tug'ilmish edi. Rasululloh amrlariga qarshilik qilib qo'yganligi uchun Payg'ambarimiz uni taloq qildilar. Otasi Hazrati Umar buni anglab:

— Bu kundan boshlab Xudo va payg'ambar oldida menim qadrim yo'qoldi, — deb boshiga tuproq sochib yig'ladi.

Shu holda ekan Jabroil alayhissalom kelib Rasulullohni bundan qaytarib:

— Bu ersa kunduzi ro'za tutar, kechasi sahar namozini o'qir, u sening jannat juftlaringdan bo'lur, — dedilar.

So'ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning gunohini afv qilib, yana nikohlariga oldilar. Oltmish uch yoshda vafot qildilar, raziyallohu anho.

Oltinchi onamiz Xuzayma qizi Zaynabdur. Xayr-saxovatda nomi chiqqan xotinlardan edi. Shu uchun arablar uni johiliyat zamonida ham «Ummu Masokin», ya'ni, «Miskinlar onasi» deb atamish edilar. Ikki-uch oygina Rasululloh xizmatlarida turgandan keyin vafot topmish edi. Uning janozasini Rasululloh o'zlari o'qib, Baqe' go'ristoniga dafnqildilar. Yoshlari o'ttizdan o'tmagan edi. Rasulullohning tirikliklarida vafot topganxotinlari Hazrati Hadicha bilan Zaynab ikkovlaridurlar, raziyallohu anhumo.

Sakkizinchi onamiz Abu Umayya qizi Ummu Salama. Dastlabki iymon keltirgan musulmonlardan bo'lib, eri Abu Salama bilan birgalikda Habashistonga hijrat qilmish edilar. Ummu Salama Qurayshning nasablik xotinlaridan bo'lib, o'z qavmi ichida hurmat va obro'ga ega edi. Habashistondan qaytib Madinaga kelganlarida ersa eri o'lib, besh-olti bolalari bilan tul qolmish edi. Idda muddati o'tgach, Rasululloh sovchi yuboribdilar.

Anda Ummu Salama:

— Rasulullohga jonim fido, lekin menda uch kamchilik bor: birinchisi, etim bolalarim bor; ikkinchisi, menim kundoshligim qattiqdur; uchinchisi, menga ega bo'lgudek bu erda o'z qavmu qarindoshlarimdan hech kishi yo'qdur, — dedilar.

Anda Rasululloh:

— Bolalaring rizqini Alloh etkazur, boshqa ishlaringni ham o'zi o'nglar. Meni yoqtirmagan qarindoshlaring yo'qdur, — deganlarida, ul muhtarama nikohlariga rizolik ko'rsatdi.

Rasulullohdan keyin uzun umr yashab, 60-hijratda vafot topdi. Yoshi sakson to'rtda edi.

Hazrati Abu Hurayra janozasini o'tab, Baqe' qabristoniga dafn qilindilar, raziyallohu anho.

Onamiz Zaynab binti Jahsh. Ilgarigi eri Rasulullohning xodimlari Zayd ibn Horisa edi. Bu xotin Quraysh qabilasidan bo'lib, nasablik, husn-jamollik bo'lganidan uni o'ziga teng ko'rmay, oralari buzilmish edi. Oxiri ikkovi kelisholmasdan ajrashdilar. Rasulullohning ko'ngillari unga moyil bo'lgach, Jabroil alayhissalom bu haqda vahiy keltirib, ilohiy nikoh bilan Rasululloh uni xotinlikka oldilar. Shuning uchun Rasulullohning nikohlariga kirgach, kundoshlariga:

— Sizlarni otanglar nikoh qilgan bo'lsa, mening nikohim Arsh ustida bo'lgan, — deb faxrlanar edi.

Bir kuni onalarimiz:

— Yo Rasulalloh, siz vafot bo'lsangiz, sizga qaysi birimiz ilgari erishamiz? — deb so'radilar.

— Kimning qo'li uzun bo'lsa shu ilgariroq erishadi, — dedilar.

Bu so'zning zohiriga qarashib, qayish olib hammalari qo'llarini o'lchashib ko'rdilar. Hammalaridan onamiz Savdaning qo'li uzun chiqdi. Keyin ko'rdilarkim, barchalaridan ilgari Zaynab onamiz vafot topdilar. Arablar qo'li ochiq, saxovatli kishini ham qo'li uzun der edilar. Bu onamiz ersa ko'p saxovatlik, xayr-ehsonlik edilar. Bular o'lgandan so'ngrama'lum bo'ldiki, Rasulullohning qo'li uzun deganlari saxovatlik deganlari ekan.

Zaynab binti Jahsh 21-hijriyda ellik uch yoshga etganda vafot topib, Baqe' go'ristonina qo'yildi, raziyallohu anho.

O'ninchi onamiz Juvayriya binti Horis. Madina atrofidagi Bani Mustaliq degan qabila raisining qizi bo'lib, urushda asir olinmish edi. Mundan boshqa shu qabiladan ikki yuz oila asir olinib, askarga taqsim qilinmish edilar. Bu qabila ersa arablar oldida obro' va hurmatga ega bo'lganlikdan bu ish ularga qattiq ta'sir qildi. Rasululloh bularning oilalarini ozod qilishni istasalar ham, lekin bu to'g'rida hukm chiqarmish Qur'on qonuniga to'g'ri kelmas edi. Shuning uchun Juvayriyani nikohlariga oldilar. Buni ko'rgan sahobalar:

— Endi Rasululloh bu qabilaga kuyov bo'lib qoldilar. Rasulullohning qaynota va qaynog'alarining qiz-xotinlarini asir olib o'ltirishimiz bizga yarashmaydi, — deyishdi va bu qabiladan olingan butun asirlarini Payg'ambarimiz hurmatlari uchun ozod qildilar. Bu esa shu qabilaning iymon keltirishlariga sabab bo'ldi. Shuning uchun onamiz Oisha:

«Juvayriya qanday baxtli xotin. Rasulullohning nikohiga kirdi va butun qavmini qullikdan qutqardi», dedilar.

Juvayriya binti Horis 56-hijriyda etmish yoshda Madinada vafot qildi, raziyallohu anho.

O'n birinchi onamiz Rayhonadur. Bu onamiz Bani Nazir yahudlarining raisi Yazidning qizi bo'lib, Bani Qurayza asirlari bilan birga tushgan edi. O'lja asirlari askar o'rtasida taqsim topganda, uni o'zlari uchun olib qoldilar. O'zi suygan dinda turishga ixtiyor bergan bo'lsalar ham Islom dinini xohlagach, ozod qilib nikohlariga oldilar. Nikoh to'yi berib, mahr bog'ladilar. Ammo bu xotin kundoshlariga ko'p rashkli bo'lgani uchun taloq qildilar.

So'ngra bu xotin Rasululloh suhbatlaridan mahrum qoldim, deb ko'p yig'lab edi, rahmlarikelib yana nikohlariga oldilar. Rasululloh vafot bo'lishlarining oldi yoki ortidan bu onamizham vafot bo'lib, Baqe' go'ristoniga qo'yildi, raziyallohu anho.

O'n ikkinchi onamiz Ummu Habiba Abu Sufyon qizi, Muoviyaning opasi edi. Burungi eri Ubaydulloh bilan ikkinchi hijratda Habashistonga ketgan edi. Eri murtad bo'lib, u joyda nasoro diniga kirdi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam muni anglab Umar ibn Umayyani Najoshiyga yuborib:

— Agar Ummu Habiba ixtiyor qilar ekan, Najoshiyni vakil qildim, menga uni nikoh qiladi, — dedilar.

U chog'da Najoshiy g'oyibona Hazrati Ja'far qo'lida iymon keltirgan edi. Najoshiy bu so'zni anglagach, vakillik bilan Rasulullohga uni nikoh qildi va yuz tillo mahr bog'lamish edi. So'ngra hijratning 7-yili xizmatga qul-cho'rilar qo'shib Madinaga yo'lladi. Hijratning 44-yili Madinada vafot topdi, raziyallohu anho.

O'n uchinchi onamiz Safiya binti Huyay. Uning otasi Bani Nazir yahudlarining raisi edi. Xaybar qal'alari fath qilinganda qo'lga tushgan ko'p asirlar ichida u ham bor edi. Alarning nasabi Horun alayhissalomga etganlikdan Rasululloh bek hurmat qilib, nikohlariga oldilar. Ziyoda aqllik, fazllik xotin edi. Bir kuni Rasululloh uyga kirsalar bu xotin yig'lab o'ltiribdur.

Anda Rasululloh:

— Nega yig'lading? — deb so'rasalar, ul onamiz shundoq dedilar:

— Oisha, Hafsa biz sendin har to'g'rida yaxshidurmiz, biz Rasululloh amakilarining qizidurmiz. Sen bo'lsang yahudiy qizidursan, dedilar.

Bu so'zlarni anglagach, Rasululloh:

— Sendan ular qanday yaxshi bo'la olurlarkim, sening otang Horun alayhissalom, amaking Muso payg'ambar, ering Muhammad alayhissalomdur. Yana gapirsalar shunday degil, — deb alarni yupantirdilar.

Safiya binti Huyay hijratning 52-yili Madinada vafot topib, Baqe' go'ristoniga qo'yildilar, raziyallohu anho.

O'n to'rtinchi onamiz Maymuna erdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 7-hijriyda Umraning qazosini qilish uchun Makkaga borganlarida bu xotinni nikohlariga oldilar. 51-hijriyda Makka yaqinidagi Sarif degan joyda sakson yoshda vafot topdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rivoyat qilurlar:

«Payg'ambarlik davrida qaysi xotinni olgan bo'lsam, yo qizlarimni kimga bergan bo'lsam, barisi vahiy orqalik bo'ldi».

Bu yozilgan onalarimizning, raziyallohu anhumo, sonlari o'n to'rttaga etgan bo'lsa ham, Rasulullohning vafotlarida bulardan to'qqiztasi nikohlarida edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir necha cho'rilari ham bor edi. Alardan biri Moriya o'g'illari Ibrohimning onasi, misrlik qibtiylardan bo'lib, Misr podshosi Muqovqis Rasulullohga hadya qilib yuborgan edi.

Rasululloh sahobalarga vasiyat qilib:

— Mendan keyin Misrni fath qilmoq uchun kirganingizda ularga yumshoqlik qilinglar. Chunki ularning qarindoshligi bor, ham qayinliklari bor, — dedilar.

Qibtiylarning qarindoshligi ersa, Ismoil alayhissalomning onalari Hojar qibtiy qizi edi. Qayin deganlari ersa, Rasulullohning cho'rilari Moriya. Misrdan kelgan qibt qizidur. Rasululloh ularga kuyov bo'lib qoldilar. Moriyadan Ibrohim tug'ilgach, Misr xalqi Ibrohimga tog'a bo'lib qolishdi.

Yana bir joriyalarining nomi ma'lum emasdur. Onamiz Zaynab uni Rasulullohga hadya qilib bermish edilar.

Uchinchisi ersa oti Zulayho. Bani Qurayza yahudlaridan olingan asirlardan edi, raziyallohu anho.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort