O’zbekiston Xalq Harakati

Rasulullohning urush qurollari

Rasulullohning urush qurollari
07 Aralık 2017 - 7:00 'da yuklandi va 1878 marta o'qildi.

Alixonto'ra Sog'uniy

TARIXI MUHAMMADIY — 244

(davomi)

RASULULLOHNING URUSh QUROLLARI

Payg'ambarimiz vafotlarida to'qqiz dona qilichlari bor edi. Bular ichida otalari Abdullohdan meros qolgan bir qilich bo'lib, oti Ma'sur edi. Madinaga hijrat qilganlarida shu qilichni taqinib keldilar. Ikkinchisi, Zulfiqor qilichidur. Bu ersa Badr so'qishida dushmandan o'lja olinmish edi. Hazrati Ali qo'liga o'tgandan so'ngra tillarda doston bo'lib, dunyoga oti chiqqan shu qilichdur.

Samsoma degan yana bir qilichlari bor edikim, arablar oldida uning ham nomiko'tarilmish edi. Sulaymon payg'ambardan qolgan yana bir qilichlari bo'lib, otini Rasubder edilar. Bu qilichning qissasi Qur'onda ham bordur. Yaman podshosi Bilqis xotinSulaymon payg'ambarga tortiq qilib yubormish edi. Otliq-atoqlik qilichlari shulardir.

Etti kishilik urush kiyimi, sovutlari bo'lib, bular ichida bittasi Dovud alayhissalomdan qolgan, uni yahudlardan o'lja olmish edilar. Vafotlaridan ozgina ilgari shu sovutlardan birovini o'ttiz so'a arpaga garov qilganlari hadis kitoblarida yozilmishdur.

Uch dona qalqon, olti dona nayza, ikki dona dubulg'alari bor edi. Minarlik ulovlardan etti ot, olti xachirlari bo'lib, bular ichida bir oq xachir Misr podshosi Muqovqis yuborgan hadyalar bilan kelmish edi. Rasululloh safarda shuni ko'proq minar edilar. Bul xachir uzun umr ko'rib, tishlari tushib, ko'zlari xiralashib yashamish edi. Hazrati Ali xavorijlar bilan urushganida shu xachirni mingan edilar. Hazrati Alidan keyin imom Hasan, imom Husan, imom Muhammad Hanafiya mingan edilar.

Yana ikki eshaklari bor edi. Birining oti Ya'fur, yana birisi Ufayr edi. Rasululloh vafotlaridan so'ngra Ya'fur o'zini quduqqa otib halok qildi. Yana minish uchun boqilgan uchta tuyalari bo'lib, ular Qasvo, Jad'o, Azboa deb atalmish edilar. Bular ichida Azboa bek chopog'on — yuguruk bo'lib, poyga chopishganida tuyalar hech oldiga o'tmagan edi. Sahobalar muni poygaga qo'shar edilar.

Rasulullohning vafotlarida shu tuyalari motam tutib, emay-ichmay, oxiri ochlikdan halok bo'ldi.

Rasululloh ichimliklar ichida sutni yaxshi ko'rar edilar. Sog'ishga atalgan bir necha qo'y-echkilari ham bor edi. Bu haqda ettidan yuzgacha rivoyat qilinmishdir. Tun saharlarida, namoz vaqtlarida qichqirganini yaxshi ko'rib, bir dona oq xo'roz ham asragan edilar.

— Xo'roz qichqirganini eshitsanglar, Allohdan yaxshilik so'rab duo qilinglar, chunki u farishtalarni ko'rib qichqiradi. Agar farishtalar «omin» desalar, duo qabul bo'ladi. Agar eshak hangrasa, unda Xudodan panoh so'ranglar, u ersa shaytonni ko'rib hangraydi, — dedilar.

Mana, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning umrlarining oxirida qo'llaridagi bor mollari shu edi. Bular ham hijratdan keyin yig'ilgan mollardur. Hijratdan ilgari Makkada turgan chog'larida va Madinaga yangi kelganlarida eng faqir, eng miskin oilalar qatorida umr o'tkazur edilar. Ko'pchilik xalqqa ko'rsatgan, o'rgatgan yo'llari ersa, Qur'onning zohiriy shariat yo'llari erdi. Lekin o'zlari oilalari bilan tariqat yo'lini tutdilar Abu Zar G'iforiy, Salmon Forsiy, Abu Dardo' kabi xos sahobalariga ham ixtiyoriy ravishda shu yo'lni o'rgatdilar. Chunki shariat kamoli tariqat bilan bo'lur.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

— Mening ulamo ummatlarim Bani Isroil payg'ambarlari kabidur, — dedilar.

Shu maqomga etgan bu ummatning haqiqiy chin ulamolari ham shu yo'lni ixtiyorqildilar, chunki Qur'onda: «Innama amvalukum va avladukum fitna», ya'ni: «Sizlarningmolinglar, bola-chaqanglar Xudodan qoldiradigan narsalardur», deb marhamat qilingan.

Endi shunday bo'lgach, bu fitnadan qutulish uchun Rasululloh yo'liga kirib, aytgan so'zlariga amal qilishdan boshqa chora yo'qdur. Chunki Alloh taolo Payg'ambarimiz haqida «Butun olam xalqiga rahmat etkazish uchun seni yubordik», dedi.

Rasulullohning ko'rsatgan yo'lidan boshqa hamma joyda rahmat eshigi yopiqdur. Olam halqi Allohning rahmatiga Rasulullohning keltirgan Islom yo'li bilan eta olgaylar.

Islom dini yangi boshlanishida xotinlar ham o'rganish uchun jamoat namoziga chiqisharedi. Bomdod namozida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uzun suralardan qiroat qilaredilar. Bolalik xotinlar ham emizik bolalarini yo'rgab qo'yib namozga turishur edi. Birkuni bomdod namozida bir bolaning yig'lagan tovushini eshitganlarida, bolani ayab shukungi qiroatni ikki «Qul a'uzu» surasi bilan tugatdilar.

Vahiy kelishdan ilgari yoshliklarida Abdulloh degan kishidan tuya sotib olgan edilar. O'rtalarida bir ish bo'lib:

— Ey Muhammad, shu joyda to'xtab turgil, men hozir kelaman, — deb ketganicha, esidan chiqib ketib, uch kungacha kelmay qoldi. So'ngra esiga tushib kelib qarasa, Rasululloh va'dalarini saqlab, uch kundan beri shu joyda kutib turgan ekanlar.

Yana Rasulullohning odatlaridan biri uzoq-yaqindan kelgan elchilarga o'zlari ham xizmat qilar edilar. Agar sahobalar:

— Yo Rasulalloh, xizmatga biz etarlikmiz, — desalar, Rasululloh:

— Bular bizdan borgan kishilarni ko'p hurmat qilgan ekanlar. Shu qilgan yaxshiliklarini qaytarmoqchi bo'lib, bularga o'zim xizmat qilgim keldi, — der edilar.

G'azot safarlarining birida bir sahoba turib:

— Yo Rasulalloh, mol so'yish menim ustimga bo'lsin, yana biri osh pishirish menga bo'lsin, — dedi.

Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

— O'tin terish menga bo'lsin, — dedilar.

Yana Rasululloh takabburchilikdan bek qattiq saqlanib, hech bir ishda xalqdanboshqacha ko'rinishni, o'ltirish-turishda alohida bo'lishni yoqtirmas edilar. Tavozelarinihoyatiga etgan edi. Qurbonlik qilgan qo'y terisidan bir po'stak qilib, uylariga solganedilar. Ziyoratga kelgan odamning tagiga uni to'shab, o'zlari qoq erda o'ltirar edilar.

Bir kuni Jabroil alayhissalom vahiy keltirib:

— Ey Muhammad, agar xohlar ekansiz, Xudo sizni ham payg'ambar, ham podshoh qilur, — dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam podshohlikni xohlamay, payg'ambar bo'lib, Xudoga qulchilik qilishni ixtiyor qildilar. Rasulullohning yonboshlab yotib yoki oyoq cho'zib o'ltirib taom eganlarini hech kim ko'rmagan edi.

— Men ham Xudoning qulidurman. Qul xo'jasi oldida qandoq o'ltirsa, qanday taom esa, men ham shundoq taom eydurman, — der edilar.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort