O’zbekiston Xalq Harakati

“Faqirligimga quvonib maqtanurman”

“Faqirligimga quvonib maqtanurman”
09 Aralık 2017 - 7:00 'da yuklandi va 1831 marta o'qildi.

Alixonto'ra Sog'uniy

TARIXI MUHAMMADIY — 245

(davomi)

Rasululloh dunyo molini yig'madilar, unga hech ko'ngil qo'ymadilar, kunda o'tgan ovqatga qanoat qildilar.

Makka shahri olingandan so'ngra Quraysh qabilasi itoatga keldi.

Butun Arabistonga Islom dini tarqaldi. Muhojirlar har tarafdan g'animat mol olibMadinaga keltirdilar. Bu mollarni qandoq qilsalar, ixtiyor o'zlarida edi. Shunday bo'lsaham yuz minglab kelgan tillo tangalardan birortasini olib saqlamadilar. Ularninghammasini muhtojlarga tarqatib, o'zlari esa faqir oilalar qatorida kun kechirar edilar.

Eng oxirgi «Hajjatul vido»ga borganlarida butun Arabistondan kelgan xalq Arafotga yig'ilgan edi. Shundagi mingan tuyalarining to'qimi jabdug'i bilan to'rt tangacha ham turmas edi. Rasululloh boylikdan faqirlikni ortiq ko'rib: «Faqirligimga quvonib maqtanurman» dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

— Nasorolar Iso alayhissalomni haddan osha maqtashib, oxiri u zotni banda deyishmay, Xudo edi, Xudoning o'g'li edi, deyishib haq yo'ldan adashdilar. Balki meni Allohning quli, uning payg'ambari denglar,— deb ummatlariga o'rgatdilar.

Abu Hurayra aytdi: «Bir kuni Rasululloh bilan Madina bozoriga chiqib, ko'ynaklik bo'z olmoqchi bo'ldik.

Anda Rasululloh tarozibonga qarab:

— To'g'ri tortgil, — dedilar ersa, u irg'ib turib qo'llarini o'pmoqchi bo'lgan edi, tortib olib:

— Ajam xalqi podsholariga shundoq qiladilar. Men podsho emas, sizlardan chiqqan bir odamman, — dedilar.

So'ngra bozordan olgan narsalarini men ko'tarmoqchi bo'lgan edim Rasululloh:

— Har kim molini o'zi ko'targani yaxshidur. Uzrsiz hech kim birovga yuk bo'lmasin, — deb olgan narsalarini o'zlari ko'tardilar.

Bundan ummatlariga ibrat qoldirdilar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dunyonisuymadilar, uning noz-ne'matiga aldanmadilar. Dunyoning hech bir narsasiga qiziqibqaramadilar, ozga qanoat qildilar. Tog'-toshlardagi oltin-kumush konlari, balki ulug'tog'lar, qip-qizil tillo bo'lib Rasulullohga ko'rindi. Undagi har turlik gavhar toshlar:

— Yo Rasulalloh, mendan oling, — deb o'ziga qiziqtirmoqchi bo'ldi, hech biriga nazar solmadilar. Dunyodan o'tganlaricha shu holda turdilar. Vafot bo'lganlarida oila hojatlari uchun sovutlari bir yahudiyga garovga qo'yilgan edi.

Oisha onamiz:

— Rasululloh vafot bo'lgunlaricha uch kun birdek surunkasiga bug'doy nonga to'yganimizni bilmaymiz. Tillo tanga, jonlik-jonsiz hech bir narsa bizga meros bo'lib qolgani yo'q. Rasululloh menim uyimda o'z quchog'imda turib jonlari uzildi. Shu kuni bir ozgina arpadan boshqa eydigan hech narsa yo'q edi, — dedilar.

Rasululloh:

— Makkaning qumtoshlarini oltin qilib menga tengladilar. Yo, rabbim, bir kuni to'q, bir kuni och bo'lganim yaxshidur. Och bo'lgan kunlarim senga yolvorurman. To'q bo'ldim ersa, senga tashakkur qilurman.

Onamiz Oisha aytadi:

— Biror oylab uyimizda o't yoqib, qozon qaynamagan kunlarimiz ko'p bo'lur edi. U vaqtda non ham yo'q, quruq xurmo bo'lib, undan eb ustidan suv ichar edik.

Rasulullohning to'shak yostiqlari ersa mesh teridan yasalib, ichiga xurmo qipig'i to'ldirilmish edi. Elangan oq bug'doy nonni, o'tlagan semiz qo'y etini umr ichida ko'rmadilar. Qorin to'ydirib taom emadilar, kechasi och yotib, yana kunduzi ro'za tutar edilar. Qaysi bir kunlari Rasulullohga rahmim kelib yig'lar edim. Orqalariga yopishgan qorinlarini silab:

— Ota-onam sizga fido, yo Rasulalloh, dunyo noz-ne'matlaridan biroz foydalansangiz nima bo'lur? — dedim.

Anda ul zot:

— Ey Oisha, o'tgan payg'ambar birodarlarim mundan ham qattiqchiliklarga chidab yurib, Parvardigor oldiga bordilar. Ularga Alloh ko'p hurmatlar ko'rsatib, ulug' ne'matlar ato qildi. Endi men shularning ahvolini bilaturib dunyodan lazzatlanishga hayo qilurman, — dedilar.

Bir kuni Hazrati Ali karamallohu vajha:

— Yo Rasulalloh, sizning sunnatingiz qaysidur?— deb so'radilar.

Anda Rasululloh:

— Ma'rifat menim sarmoyamdur, dinimning asli aqldur. Ishimning asosi muhabbatdur. Muhabbatsiz hech ish vujudga kelmas. Qurolim ilmdur, ilmsiz amalni Xudo qabul qilmas. Sabr menim libosimdur. Sabrsiz iymon kamolga etmas. Kasbim jihoddur, mundan qochganlar xorlikka qolgaylar. Hamrohim Xudo yodidur. Hunarim dunyoni tark qilishdur. Boyligim Xudo xazinasiga ishonishdur. Ko'zim nuri, ko'nglim chirog'i namozdur. Ko'nglim mevasi Xudo zikridur. Faqirligimga faxrim bordur. G'amim ummatim uchundir. Shavqim Xudo diydorini ko'rishdur, — dedilar.

Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi:

— Ey mo'minlar! Xabibim Muhammadni sizlarga payg'ambar qilib yubordim. Uning aytgan so'zlarini, qilgan ishlarini yaxshilik o'lchovi qildim. Har nimani qilmoqchi bo'lsanglar, shunga qarab, shundan ibrat olib qilinglar.

Demak, Rasulullohning aytgan so'zlari, qilgan ishlari ummatlari uchun saodat o'lchovi ekandur. Agar ummatlari shunga qarab ish olib borsalar, haq yo'ldan hech adashmaydilar. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

— Xudo tarafidan bir yo'l keltirdim. U ersa Islom dinidur. Insonlar uchun moslashgan bir ilohiy qonundir. To'g'ri, keng, yumshoq va yorug' yo'ldur. Bu yo'lning boshi — shu dunyoda, oyog'i u dunyoda — jannatdadur. Bundan tashqari chiqqanlar oxiratda abadiy azobga qolgaylar, bu dunyoda ersa, qo'llari ishdan bo'shamagay. Ko'ngillari g'amqayg'udan chiqmagay. Agar ummatlarim shu yo'ldan chetga chiqmay to'g'ri tursalar, qaysi yoqqa qo'l uzatsalar, rizqini olib eydi, — dedilar.

Rasulullohning bu so'zlari haqdur, chunki shunga o'xshash so'zlarni Alloh amri bilan ayturlar.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort