O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekiston Xalq Harakatining Bildirishi

O'zbekiston Xalq Harakatining Bildirishi
11 Ocak 2018 - 8:00 'da yuklandi va 3420 marta o'qildi.

 (Islohotlar va davlat tizimlari orasida muvozanat ta'minlanmas ekan, bu ishdan muvaffaqiyat kutmang)

2017 yilning 23 mart kuni O'zbekiston Xalq Harakati (O'XH) lideri Muhammad Solih Prezident Shavkat Mirziyoev boshlagan islohotlarga nisbatan ijobiy munosabatini bayon qilgandi.

Bu kunni hech mubolag'asiz, tarixi kun deyish mumkin edi. Chunki O'zbek muxolifati paydo bo'lgan kundan (30 aprel 1989 yil) boshlab, kommunistlar, keyin sobiq kommunistlarning hech bir siyosiy aktsiyasiga ijobiy reaktsiya ko'rsatmagan edi.

Endi esa shu  23 martdan boshlab mamlakatda olib borilayotgan ijobiy o'zgarishlar borasidagi xabarlar uzluksiz ravishda O'XH rasmiy veb-sahifasida yoritib borildi. Shu bilan birga Sh.Mirziyoev tomonidan jamiyatni erkinlashtirishga yo'naltirilgan tashabbuslarga g'ov bo'layotgan kuchlarning faoliyati ham sinchkovlik bilan kuzatib borildi. Kuzatib borildigina emas, Prezident tanqid qilishdan “istihola” qilgan “ba'zi” kuch tizimlari aynan shu g'ovlarning eng kattasi ekani fosh qilib borildi.

2017 yilning 22 dekabr' kuni Prezident Sh.Mirziyoev ham Parlamentga qilgan Murojaatida ba'zi sobiq mulozimlarning “xoyin”ligi haqida so'z yuritib yuqorida tilga olingan kuchlarni “ba'zi to'dalar” sifatida e'tirof etdi.

Prezident tilga olgan “xoyin to'dalar”ning oldingi safdagi ba'zi vakillari bugun o'z qilmishlariga yarasha jazo olayotgan bo'lishiga qaramasdan, ularning ildizlari jamiyatimizning barcha sohalari bo'ylab yoyilganini ko'rmoqdamiz.

Hech kimga sir emas, gap bu erda o'tgan 25 yil mobaynida o'zbek xalqini qo'rquv ostida ushlab kelgan Milliy Xavfsizlik Xizmati haqida bormoqda.

Prezident Sh.Mirziyoev o'zining murojaatida MXX vakolatlarining asossiz ravishda kengayib ketgani va ushbu idora faoliyatini tartibga solish to'g'risida qonun ishlab chiqilishi lozimligini ta'kidladi.

Davlat rahbarining bu tashabbusi demokratik muxolifat o'laroq O'XH vakillarida ham mamlakatdagi islohotlarga nisbatan umid uyg'otdi.

 Ayniqsa, 2018 yilning oktyabr' oyigacha bo'lgan muddatda “Milliy xavfsizlik xizmati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqishning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi loyihasiga kiritilganligi Prezident Sh.Mirziyoev tashabbuslarining samimiyligiga ishonchimizni orttirdi.

Prezident e'lon qilgan islohotlarning xalqimiz farovonligini mustahkamlash va inson qadr-qimmatini yuksaltirishga yo'naltirilganligi bizni quvontirgan bo'lsa, bu islohotlarga to'siq bo'layotgan kuch ishlatar tizimlardagi ba'zi guruhlar tomonidan o'zlarining eski ta'sir doiralarini va cheksiz vakolatlarini saqlab qolish yo'lidagi g'arazli amaliyotlari bizni shunchalik tashvishga solmoqda.

O'zbekiston hayotidagi so'ngi 25 yil tahlil qilinganida MXX vakolatlarining tobora kengayib, davlatning oliy boshqaruv organlari bo'lgan Oliy Majlis, Vazirliklar va Sud hokimiyatidan tortib, mahalliy hokimiyat idoralarigacha uning ta'sir doirasiga kirganini kuzatish mumkin.

Shu bois, “Milliy xavfsizlik xizmati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunini ishlab chiqish bilan birga bu tashkilotning butunlay tugatilib, yangidan tuzilishi va uning tarkibiga millatimizga sadoqat bilan xizmat qiladigan halol va pok insonlarning ishga olinishi o'ta muhim deb hisoblaymiz.

MXX tashkilotini butunlay yangidan tuzishga bo'lgan ehtiyojni asoslaydigan bir qancha omil mavjud.

Mustaqillik yillaridagi faoliyati davomida bu tashkilot o'zining asosiy vazifalari chetda qolib, nomiga dog' tushiradigan jirkanch faoliyatlar bilan shug'ullanib keldi.

MXX o'ziga berilgan vakolatlarni suiste'mol qilib, mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini nazoratga oldi, monopoliyaga asoslangan noqonuniy daromad manbalarini yaratdi, sud-huquq sohasiga asossiz aralashib, ko'plab begunoh insonlarning soxta ayblovlar bilan qamoqqa tashlanishi va ko'plab ziyolilarning ta'qiblardan bezib mamlakatni tark etishlariga olib keldi.

Bugun mamlakatdagi barcha sohalarda bevosita MXX nazoratining o'rnatilganini kuzatish mumkin.

Turli kasblar niqobi ortida faoliyat olib borayotgan MXX xodimlari orasida vrach va o'qituvchilardan tortib tadbirkorgacha, san'atkor xonandalardan tortib, prezidentlikka nomzod bo'lgan partiya rahbarlarigacha bo'lgan shaxslar bor. Quyidagi ro'yxatda keltirilgan ba'zi MXX xodimlarining ismlaridan ko'p narsa ayon bo'ladi:MXX faoliyatini kuzatar ekanmiz, masalaning eng havotirli jihati ushbu tashkilot vakillarining o'z vakolatlarini suiste'mol qilgan holda turli sohalarda nazoratni o'z qo'llariga olish bilan bir qatorda juda katta jinoiy tarmoqlarga asos solganliklaridir.

Qo'limizda to'plangan ma'lumotlar asosida bugungi kunda MXX idorasining mutlaqo yaroqsiz ahvolga kelib qolganligini, tashkilot vakillarining yillar mobaynida o'z vazifalarini bajarmasdan turli xil jinoiy faoliyatlar bilan shug'ullanib kelganliklari va eng yomoni millat xavfsizligini ta'minlash kabi muqaddas burch chetda qolib bor kuchini birgina shaxs va u yaratgan rejim xavfsizligini ta'minlashga sarflaganliklariga guvoh bo'lamiz.

Qo'lga kiritilgan dalillar va tizimning sobiq vakillari tomonidan berilgan ma'lumotlar asosida MXX faoliyatining qonuniyligini shubha ostiga oladigan ba'zi holatlarni misol keltirish mumkin:

1. 90-yillarning o'rtalaridan boshlab O'zbekiston MXX tizimiga boshqa davlat fuqarolarining rasmiy ravishda ishga olinganliklari bilan bog'liq ko'plab faktlar bor. Bu shaxslarning (asosan Tojikiston fuqarolari) MXX tizimidagi eng nozik bo'g'in bo'lgan tashqi razvedka sohasiga jalb qilinishi esa millatga qilingan xiyonatdir.

2. Yillar davomida MXX yuqori lavozimli mulozimlaridan ba'zilari bevosita giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga aralashib, buning ortidan juda katta boylik orttirishgani ham sir emas.

3. O'zbek xalqining milliy boyligi sifatida e'tirof etilgan paxta xom ashyosining MXX tomonidan xorijiy davlatlarga juda katta miqdordagi noqonuniy eksporti haqida ma'lumotlar mavjud. Bu ishlar MXX rahbariyatining bevosita nazorati ostida amalga oshirilgan. Zero general-mayor Hoshimov Abdulla Shukurullaevich‎ bilan bog'liq voqeani MXX rahbariyati juda yaxshi biladi.

4. MXX xodimlari tomonidan katta miqdordagi harbiy uskunalar, tank akkumulyatorlari va zirxli transport vositalarining noqonuniy ravishda qo'shni davlatlarga sotib yuborilganiga doir ham faktlar etarlidir.

5. MXX faoliyati davomidagi eng katta jinoyat esa shubhasiz minglab begunoh insonlar, o'zgacha fikrlovchilar va muxolifat vakillariga nisbatan jinoyatlarni soxtalashtirishdir. Yillar davomida ushbu qabih ishni amalga oshirish maqsadida MXX va jinoyat olami vakillari hamda fohishalar o'rtasida hamkorlik o'rnatildi. MXX I.V. Stalin davridagi 37-yil qatag'onlaridan kolishmaydigan tarzda jamiyatning ilg'or qatlamiga nisbatan “vatan xoyini” kabi tamg'ani yopishtirib Jinoyat Kodeksining 159- va 244-moddalarini ommaviy tarzda qo'llashga o'tdi.

Biz o'tgan chorak asr mobaynida MXX tomonidan O'zbekiston xalqiga qarshi olib borilgan g'ayriqonuniy harakatlardan ba'zi birlari haqida umumiy tarzda ma'lumot berdik.

Sanab o'tilgan har bir holatga taalluqli ko'plab ma'lumot va dalillar qo'limizda mavjud.

Shuningdek, I.Karimov yaratgan adolatsiz rejimga sidqi-dildan xizmat qilgan 700 dan ortiq MXX xodimining faoliyatiga doir ma'lumotlarga ham egamiz.

Prezident Sh.Mirziyoev “MXX vakolatlarining asossiz kengayib ketgani” haqida gapirarkan, ahvolning o'ta jiddiy ekanini ichdan his qilib turganiga  shubhamiz yo'q.

Shuning uchun ham Sh.Mirziyoev boshlagan islohotlar doirasida “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi loyihasiga kiritilgan butun tashabbuslarni qo'llab quvvatlagan holda, bu tashabbuslar davlat tizimlarining eski shakli va eski kadrlar lashkari bilan amalga oshmasligini ham bilib turibmiz.

Bu muvozanatsizlikni tuzatish  uchun boshlang'ich odim o'laroq shu ikkita taklifni bildirishni o'rinli deb hisoblaymiz:

1. “Milliy xavfsizlik xizmati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunini ishlab chiqish asnosida amaldagi faoliyat yuritayotgan MXX idorasini butunlay tugatish va milliy manfaatlarni tashqi va ichki tahdidlardan haqiqiy ma'noda kafolatli himoya qiladigan yangi xavfsizlik tashkiloti tuzish;

2. O'tgan yillar mobaynida MXX tomonidan Jinoyat Kodeksining 159- va 244-moddalarini ommaviy tarzda qo'llash amaliyoti yaratilganligi va jinoyat ishlarining soxtalashtirilganligi inobatga olinib ushbu moddalar bilan ayblov e'lon qilingan barcha ishlar qayta ko'rib chiqilishi lozim. Shuningdek, Davlat dasturi loyihasida o'rin olgan “Sud-tergov jarayonlarining shaffofligini oshirish, taraflarning o'zaro tortishuvi tamoyilini mustahkamlash, jinoyat ishlarini yuritishda inson huquqlarini himoya qilishga oid ilg'or xalqaro standartlarni joriy etish” doirasida Jinoyat Kodeksining 159-, 244- va 221-moddalarining haqiqiy talqini va jinoyat ishida malakalanishiga doir alohida yo'riqnoma ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

O'ylaymizki, bu takliflarning inobatga olinishi va amaliyotga tadbiq qilinishi mamlakatimizda inson huquqlarining tom ma'noda kafolatlanishida hayotiy muhim ahamiyat kasb etadi.

O'XH tahlil bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube