O’zbekiston Xalq Harakati

Oydin Solih: “Chindan ham hammamiz Hazrati Odamdan tarqaganmiz”

Oydin Solih: “Chindan ham hammamiz Hazrati Odamdan tarqaganmiz”
15 Ocak 2018 - 14:45 'da yuklandi va 847 marta o'qildi.

Bugun bir sabab bilan Oydin Solih ustozimiz bilan “Haqiqiy tibbiyot Maktabi” loyihasining o'quv dasturini tayyorlashda qayd qilib borgan yozuvlarimga ko'z tashladim.

Ustozimizning umri vafo qilmadi, hakimlar uchun tayyorlaganimiz bu maktab loyihamizni amalga oshira olmadik, ammo qayd qilib borgan yozuvlarimizning o'zi ham nihoyatda qiymatli ekani ma'lum bo'lmoqda.

Bu erda, Ustozimiz suhbatlaridan olingan qaydlarimdan faqat bir parchasini poylashmoqchiman. Uning har jumlasini ilm sohiblari bilan birga mutolaa etishni istardim.

Alloh ilmimizni orttirsin, haqiqatni anglashni va yashashni nasib qilsin.

Oydin Solih: “Allohu Taolo Hazrati Odam (a.s.)ga genetikani berdi. Unga berilgan genetika bilan butun insoniyat daraxti yuzaga keldi. Hazrati Odam (a.s.) ga butun kalimalarning berilishi kabi butun bashariyatning yagona urug'i ham Hazrati Odam (a.s.)ning genidan yuzaga kelishi bilan aloqadordir.

Hazrati Odam (a.s.)da butun insoniyatning, har bir inson zotining vujudida mujassam boylik bilan jihozlangan gen berilgan edi. Butun insoniyat o'sha hovuzdan ba'zi genlarning ustun kelib, ba'zilarining esa zaif qolishi bilan, turli shakllarda yaratilishda davom etmoqda.

Bir oilaga mansub bolalarning aksariyati bug'doyrang va qorako'zli ekan, ulardan bittasi sariq va moviy ko'z tug'ilishi mumkin. Chunki ona va otada Hazrati Odam (a.s.)dan kelayotgan kodlar mavjud.

Bu insonlarning hammasi, har bir shaxs Hazrati Odam (a.s.) bilan bog'liq ekanligini ko'rsatadi. Har bir kishida genetik jihatidan yagona va ayni paytda butun bir insoniyatning tarixi yashamoqdadir.”

Oydin Solih, 2013 yil 11 oktyabr, Haqiqiy Tibbiyot Maktabi qaydlaridan

Farrux Gunindi (Faruk Günindi)

Manba: facebook.com

Turkiya turkchasidan o'zbekchalashtirildi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar