O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Professor Tohirbek Mirzaev:”Innovatsiya ish joylarini yaratishi kerak!”

Professor Tohirbek Mirzaev:”Innovatsiya ish joylarini yaratishi kerak!”
20 Ocak 2018 - 7:00 'da yuklandi va 2778 marta o'qildi.

Innovatsiya va Korruptsiya: Innovatsiya ish joylarini yaratishi kerak!  

Prezident Mirziyoevning “Innovatsion rivojlanish ministrligini tashkil etish” haqidagi farmoniga demokratik talqin!    

Ma'lumki 2017-yil 29-noyabr' kuni Prezidentimiz Mirziyoevning “Innovatsion rivojlanish ministrligini tashkil etish” haqidagi farmoni e'lon qilindi.      Mutaxassis sifatida ushbu farmonning ahamiyatini va oqibatlarini tushuntirish mamlakat rivojlanishi uchun foydali bo'lishini alohida ta'kidlamoqchiman.      Zero yurtimiz rivojiga hech bir o'zbek befarq emas.   Hammamiz yurtimizning rivojlanishini va yaxshi maoshli ish joylari bo'lishini istaymiz.  Rossiyada yurgan mardikorlarimizning o'z vataniga qaytishini ko'rish har birimizning orzuimiz.  Innovatsiyani rivojlantirish bilangina ish joylarini yaratish va mamlakat rivojlanishi mumkin.  Afsuski, korruptsiya sharoitida innovatsiyani rivojlantirish juda og'ir vazifadir.

Innovatsiya – yangi texnologiyalarni va yangi mahsulotlarni amaliyotga tadbiq etish orqali rivojlanish va raqobatbardosh ish joylarini yaratish demakdir.     E'tibor bering, innovatsiya – ilmiy tadqiqotdan keyingi bosqich ya'ni yangi texnologiyalarni va yangi mahsulotlarni amaliy rivojlantirish bosqichi.    Prezidentning farmon matnini innovatsiya bo'yicha mutaxassis yozmaganligi yaqqol ko'rinib qolgan.   Farmon matnida “innovatsion g'oyalar, ishlanmalarni qo'llab quvvatlash” kabi so'zlar ko'p ishlatiladi.  “Innovatsion g'oya va ishlanmalar” bilan shug'ullanish ilmiy-tadqiqot institutlarining ishi.  Innovatsiyaning vazifasi patentlangan texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish ekanligini yana bir marta takrorlash zarur.  Farmon matnida asosan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish haqida gap boradi.  Agar shunchalik ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanmoqchi bo'lsalaring Fanlar akademiyasini ham Innovatsiya vazirligiga qo'shish kerak unda.  Prezidentning innovatsiyani rivojlantirish haqidagi farmoni bilan tanishgan mutaxassisda bu farmon matni Fanlar akademiyasining ustavidan ko'chirilmagan ekanmi degan savol tug'iladi.  Prezident farmonini yozishga innovatsiya bo'yicha mutaxassislar jalb etilishi kerak emasmi? Innovatsiyani bunaqa noto'g'ri tashkil qilish yana oxirgi 25 yilda qilgan xatolarni va korruptsiyani takrorlashga olib keladi xolos.

Rivojlangan davlatlarda innovatsiyani yangi tashkil etilgan innovatsion kompaniyalar (startup) olib boradi.     Innovatsiyani amalga oshirish asosan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

1) Yangi texnologiyani va mahsulotni aniqlash va tasdiqlash (Proof of concept)

2) Yangi texnologiyaning yoki uskunaning va mahsulotni protitipini ishlab chiqish va demonstratsiya qilish (Prototype development and demonstration).

3) Kommertsializatsiya (texnologiyani sinovdan o'tkazish, sertifikatlash,     marketing).

 Innovatsiyani yangi tashkil etilgan kompaniyalar orqali amalga oshirishning muhim jihati shuki kompaniya foyda hisobiga ishlashi kerak.     Bo'lmasa bankrot bo'ladi.   Bankrot bo'lmaslik uchun kompaniya innovatsiyani to'g'ri tanlab oladi va jon jahdi bilan tezroq ishlab chiqarishga qo'yadi. Natijada tezroq daromad qilinadi va ish joylari tezroq yaratiladi hamda davlatga soliq tezroq kelib tushadi.     Albatta innovatsiyaning uchala bosqichi davomida davlat innovatsion kompaniyalarga moliyaviy yordam ko'rsatadi, chunki innovatsion kompaniyalar innovatsiyani amaliyotga tadbiq qilish uchun katta mablag' sarflashlari zarur.  Bu bilan ish joylari yaratiladi, yurt rivojlanadi va soliq to'lashga olib keladi.    Davlat esa yangi ish joylaridan va mamlakat rivojlanishidan manfaatdordir.

Amerika va Evropada har bir ministrlik o'z sohasi bo'yicha innovatsiyaga mablag' ajratadi va konkurs asosida innovatsion kompaniyalarga (startup) beriladi.     Masalan,  qishloq ho'jaligi ministrligi qishloq ho'jaligi bo'yicha, energiya ministrligi esa energiya sohasi bo'yicha va hakoza. Odatda ajratilgan mablag' innovatsion loyiha byudjetining kamida 50% ini tashkil etadi.  Qolgan 50% ini esa xususiy investorlar yoki innovatsiyani amaliyotga tadbiq etayotgan kompaniyaning (startup) o'zi qoplashi kerak bo'ladi.

Innovatsiyani qanday amalga oshirish haqida quyidagi Amerika kongressi tasdiqlagan “Innovatsiya va yangi texnologiyalarni kommertsalizatsiyasi” haqidagi bitikni o'qishni maslahat berar edim.     Chunki bizning endi xato qilishga haqqimiz yo'q.     Innovatsiyani o'rganib va raqobatbardosh ish joylarini yaratib  halqimizni mardikorlik degan balodan qutqarishimiz kerak.      Halqimiz bundanda xo'rlanishi kerak emas.     Ushbu maqola internetda quyidagi linkda mavjud.    Evropa innovatsiya strategiyasi haqida ikkinchi linkdan ma'lumot olish mumkin.

1.U.S. Congress, Office of Technology Assessment, Innovationand Commercialization of Emerging Technology, OTA-BP-ITC-165 (Washington, DC: U.S. Government Printing Office, September 1995).   http://ota.fas.org/reports/9539.pdf

2.European Commission. Innovation Policy. https://ec.europa.eu/growth/industry/innovation_en

Innovatsiyaning kushandasi korruptsiyadir

Prezident farmoni innovatsiyani tushunadigan mutaxassislar tomonidan yozilmaganligini yaqqol ko'zga tashlanadi.  Chunki farmonda asosan ilmiy- tadqiqot ishlarni tashkillashtirish haqida gap boradi.

Innovatsiya – ilmiy tadqiqot emas balki amaliyot bosqichi ekanligini yana bir bor eslatib o'tamiz.   Ushbu farmon matni davlat pullarini maqsadsiz soxta ilmiy-tadqiqot loyihalarga sarflanishiga olib keladi va natijada hech qanaqa ish joylari yaratilmaydi va mamlakat rivojlanmaydi.      Chunki farmonda innovatsiyani rivojlantirishning jahon tajribasi e'tiborga olinmagan va bir qancha korruptsioner amaldorlar o'z manfaatiga moslab yozilganligi ko'zga tashlanib turibdi.

Afsuski, oxirgi 25 yil davomida Fan va texnologiyalar komiteti rahbarlari davlat mablag'larini maqsadsiz ravishda ilmiy-tadqiqot institutlariga va o'z shaxsiy manfaatlari yo'lida ishlatishdi.   Innovatsion loyihalar ham faqat tutiriqsiz va soxta “ilmiy” ishlar bajarishga aylanib ketdi.   Innovatsion loyihalarning qancha ish joylari yaratganligini baholash va monitoring qilish atayin “unutildi”.   Ish joylarini yaratilganligi haqidagi yillik hisobotlar qilinmadi.   Davlat pullari korruptsioner amaldorlar tomonidan o'zlashtirildi lekin ish joylari yaratilmadi.    Korruptsiya sharoitida hisobotlar so'ralmaydi va innovatsion loyiha natijalari baholanmaydi. Natijada bironta innovatsion loyiha amaliyotga olib chiqilmadi va ish joylari yaratilmadi.   Natijada o'zbek halqi esa ish izlab Rossiyaga mardikorlikka ketdi.      Bugun yana o'sha korruptsion amaldorlarning shogirdlari va xizmatkorlari innovatsion vazirlikni egallab olishdi va bu shavvozlarning ustozlarining korruptsion buyrug'ini bajarishdan boshqa ish qo'llaridan kelmasligi maktab bolalariga ham ma'lum.

Farmonda davlat boshqaruvida va ijtimoiy sohada ham ilmiy ishlarni tashkillashtirish haqida gap ketmoqda.   Davlat mablag'larini chet el tajribasi asosida maqsadli sarflash kerak.  Innovatsion kompaniyalarga moliyaviy yordam bersangiz bu kompaniyalar daromad qilish maqsadida o'z mahsulotlarini barcha sohalarga o'zlari tadbiq qilishadi.

Farmon matnida innovatsiya sohasida avval yo'l qo'yilgan kamchiliklar qisman sanab o'tiladi.   Kamchiliklarga sabablar qilib yagona organ yo'qligi va ma'lumotlarni tahlil etilmaganligi ko'rsatiladi.   Oxirgi 25 yil davomida faoliyat yuritgan Fan va texnologiyalar komiteti va uning davlat mablag'larini qaysi maqsadlarga ishlatganligiga umuman baho berilmaydi.   Oxirgi 25 yil davomida innovatsiyaga sarflangan davlat pullari ish o'rinlari yaratilmaganligi sabablari va vujudga kelgan mardikorlar,      fohishalar va terroristlar armiyasi haqida lol-lim deyilmaydi.    25 yil ichida davlat sarflagan pullarning qayoqqa ketganligi va nega ish joylari yaratilmaganligi eslanmaydi ham.   Nega davlat mablag'i sarflangan loyihalarning yillik monitoringni o'tkazilmasligi haqida ham eslanmaydi.    Afsuski, mamlakatimizda vujudga kelgan qiyin iqtisodiy vaziyatga va mardikorlikka korruptsion amaldorlar sababchi ekanligi tan olinmaydi.  Farmon matnida chet ellarda ta'lim olgan yoshlarni innovatsiyani rivojlantirishga nega jalb etilmaganligi haqida churq etilmaydi.  Chet ellarda ta'lim olgan yoshlar nega O'zbekistondan quvib chiqarilganligi sabablari aytilmaydi. Farmon matni ham korruptsioner rahbarlar tomonidan yozilganligi va prezidentga qo'l qo'yish uchun yuborilganligi ko'rinib turibdi.

Korruptsiya davom etmoqda!

Farmon matnini yozgan korruptsion amaldorlar innovatsiyaning “asosiy  yo'nalishlari”ni ham belgilab beradi.     Asosiy  yo'nalishlar sifatida “aniq” sohalar ko'rsatib o'tiladi ya'ni qishloq ho'jaligida  selektsiya,     sog'liqni saqlash sohasida diagnoz va profilaktika,  tabiatni muhofaza qilish sohasida energiya tejaydigan texnologiyalar va suvni chuchuklashtirish  va hakozalar.   Aslida innovatsiyada ustivor yo'nalishlar sifatida butun bir soha tanlab olinadi.  Aniq bir faoliyat tanlanmaydi. Chunki har bir sohada  har doim har hil innovatsiyalar sodir sodir bo'ladi. Bir sohadagi aniq bir innovatsiyalarni amalga oshirish mumkin-u qolganlar  etimmi?  Xo'sh innovatsiyaning  bu ustivor yo'nalishlari kimning manfaatiga xizmat qiladi? Albatta mana shu farmon matnini yozgan korruptsioner amaldorlarning manfaatiga xizmat qiladi. Mana shu ustivor yo'nalishlar orqali korruptsioner amaldorlar davlatning pulini boshqa soha innovatsiyalariga bermasdan  “tuya” qilishadi.

Farmon matnida ustivor yo'nalishlarga qancha pul byudjetdan sarflanishi aytilmaydi.  Umuman innovatsion faoliyatga qancha mablag' ajratilishi umuman aytilmaydi.  Bu esa innovatsiyaning shaffof bo'lmasligiga olib keladi.  Innovatsion loyihalarning monitoringgi qanaqa tarzda amalga oshirish umuman ko'rsatilmagan.  Ish joylarini yaratilishini qanday qilib kuzatib borish metodlari haqida lom-lim deyilmaydi.  Bunaqa tarzda soxta innovatsiyani “amalga oshirish” korruptsiyaga keng imkoniyatlar yaratadi.  Oxirgi 25 yilda amalga oshirilgan korruptsion sxemalar davom etaveradi.  Bu korruptsion sxemalarni endi korruptsion amaldorlarning shogirdlari davom ettirishi yaqqol ko'zga tashlanadi.

Fan va texnologiyalar sohasidagi oxirgi 25 yil davomida davru-davron surgan amaldorlar Ali Axunov, Shavkat Salihov va Bekzod Yuldashevlarning manfaati bu ustivor yo'nalishlarda o'z aksini topganligini ko'r odam ham ko'radi.    Bu ustivor yo'nalishlar mana shu korruptsion amaldorlarning manfaatiga xizmat qilishi ko'rinib turibdi.

Bu korruptsion amaldorlar moliyaning “M” harfini bilmagan Rustam Azimov orqali olgan pullarini endi boshqa nom ostida innovatsiyaning “I” harfini tushunmaydigan xizmatkorlari Abdurahmonov Ibrohim orqali olish rejalari aniq tiniq ko'rinib turibdi. Bu korruptsion amaldorlar va xizmatkorlari innovatsiyani tushunganida  o'zbeklar   mardikor bo'lib Rossiya va Qozog'ictonda yurmac edi.    Rustam Azimov ham aynan mana shu amaldorlarning tavsiyasi bilan Prezident e'tiboriga tushgan edi va mana shu amaldorlarning manfaatiga xizmat qilgan edi.      Rustam Azimovning opasini ham aynan mana shu amaldorlar institut direktori qilishgan edilar.  Bu korruptsion amaldorlarning xizmatkorlari   Abdurahmonov Ibrohim korruptsioner amaldorlarni chet ellardan soxta “ilmiy” ishlarga olingan grantlar bilan shunchalik og'zini moyladiku natijada bu amaldorlar to'yganligidan “hozir o'kirib yuboramiz” deb yuborishdi va davlatning innovatsion pullarini o'zlashtirishga tavsiya qilib yuborishdi.  Korruptsiyaning bitta boshi kesildi lekin yangi boshi o'sib chiqdi.

Moliya bo'yicha umuman bilimi yo'q Rustam Azimovni moliya vaziri qilib uni qarindosh urug'larini institut direktorligiga qo'yish aynan mana shu korruptsion amaldorlar tomonidan amalga oshirilgan edi.  Rustam Azimov ham o'z navbatida ular tomonida fan va innovatsiya uchun olinadigan pullarning umuman hisobotini so'ramagan edi.     Natijada ish joylari 25 yil davomida yaratilmadi.   Natijada o'zbek halqi mardikorlikka,     fohishalikka va terrorchilika berilib ketdi.      Endi esa xuddi shu amaldorlar umuman o'zlarining sodiq xizmatkori va innovatsiya bo'yicha umuman bilimi yo'q kishilarni innovatsiyaga mas'ul  qilib qo'yishdi.     Bu kamlik qilgandek innovatsiya vazirligi ustaviga pulni qaerga sarflashni ustivor vazifa qilib belgilab ham qo'yishdi.     Bunaqa korruptsion sxemani bu ko'hna dunyo haligacha ko'rmagan.

Mana shu korruptsion amaldorlar o'z loyihalaridan “dolya” bermagan bilimli yoshlarni quvg'in qilishgan edilar.  Bu korruptsioner amaldorlar chet ellarda ta'lim olgan yoshlardan ham “dolya” undirish uchun loyihalarini tortib olishgacha borishdi.  Bu ochiqcha qaroqchilik sabab chet ellarda ta'lim olgan “Umidchi” yoshlarimiz O'zbekistonni tashlab ketishga majbur bo'lishdi.  Ulardan qolgan loyihalarni chiyabo'rilardek talaganlar ham mana shu korruptsioner amaldorlar va ularning shogirdlari edi.

Faqat “dolya” beradigan va aytganini qiladigan xizmatkorlariga soxta “ilmiy” ishlar bajarishga davlat va grant mablag'lari olishga ruxsat berishgan edi.  Natijada ish o'rinlarni O'zbekistonda oxirgi 25 yil davomida umuman yaratilmadi balki yo'qotildi.  O'zbek halqini mardikorlar to'dasiga aylanishi mana qanday sodir bo'lgan edi!          

Innovatsion loyihalarning natijalari ya'ni ish joylarini yaratilishi baholanishi kerak!

Oxirgi 25 yilda davlatning innovatsion mablag'lari qaerga ishlatilgan edi va ular nega ish joylari yaratilmadi degan savol berish vaqti keldi.

Bu korruptsioner amaldorlarning oxirgi 25 yil ichida qilgan o'zbek fani va o'zbek halqiga qilgan xiyonat ishlarini qog'ozga tushirsak ko'cha o'g'rilari ham “qoyile” deb yuborishi aniq.       Shuni alohida ta'kidlash kerakki bu korruptsioner amaldorlar davlatimiz va Amerika grantlarini har hil nomlar ostida o'zlashtirib o'zbek faniga Amerika moliyaviy yordamini to'xtashiga sabab bo'lishgan edi.   Ali Axunov ism familiyasini Alik Axunov, Alik Akhunov, Ali Ahunov;  Shavkat Salixov esa Shavkat Salikov,  Shawkat Salihov,   Behzod Yo'ldashev esa Bekzod Yuldashev,  Bexzod Yoldashev deb yozib grant mablag'larini o'zlashtirganliklari uchun Amerika hukumatining noroziligiga sabab bo'lishgan edi.     Endi innovatsion vazirlik ostida o'zbek halqinining mablag'larini shogirdlari orqali boshqatdan jig'ildonlariga urushmoqchi.       Mustaqil davlatning mablag'ini 25 yil davomida jig'ildonga urush hech bir o'g'rining ham vijdoniga to'g'ri kelavermaydi.

O'zbek halqining xor bo'lishi, mardikorlar,    fohishalar va terroristlar chiqishi mana shu korruptsion amaldorlarning (Ali Axunov,   Shavkat Salihov va Bekzod Yuldashev) o'zbek halqiga xiyonat qilib innovatsiyaga  ajratilgan pullarni o'zlashtirib ish joylarini yaratmasligi,       innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarilmasligi,       yosh qobiliyatli kadrlarni quvg'in qilishi va tanish bilishchilikka yo'l qo'yishi sabablidir.  

Millionlab mardikorlarning Rossiyada tentirab yurishi,   qiz va ayollarning Turkiyada va Dubayda xizmat qilishiga va terroristlarning chiqishiga aynan mana shu korruptsion amaldorlar sababchidir.       Chunki raqobatbardosh ish o'rinlarni oxirgi 25 yil davomida mana shu korruptsion amaldorlarning jig'ildoni sabab yaratilmadi va O'zbekiston rivojlanmadi.

Mana shu amaldorlar innovatsiyaga ajratilgan pullarga ish joylarini yaratishlari lozim edi.       Afsuski mana shu korruptsioner amaldorlar sabab o'zbek halqi ish izlab Rossiyada va dunyo bo'ylab mardikorlik,       fohishalik va jihodchilik qilib yuribdi.       

Xulosa o'rnida:    Korruptsiyaga qarshi kurashish kerak!  

Oxirgi 25 yil yil davomida ish joylarini yarata olmagan mana shu korruptsioner amaldorlar endi boshqa nom ostida va sodiq xizmatkorlari bilan yaratadimi? Hech qachon!

Korruptsioner amaldorlar bilan kurash uzoq davom etadi hali!    Agar kurashmasak ish joylari yaratilmaydi. O'zbekistondan mardikorlar,   fohishalar va terrroristlar chiqishi yanada ko'payaveradi.   Buni to'xtatish vaqti keldi.   Buni siz va biz amalga oshirishimiz kerak.   Hech birimiz yurtimiz va halqimiz  taqdiriga befarq bo'lmasligimiz shart.

Bunday og'ir holatdan chiqishning bitta yo'li Prezident Mirziyoev ta'kidlaganidek chet ellardagi mutaxassislarni jalb etishdir. Afsuski bunga korruptsioner amaldorlar tish tirnog'i bilan qarshilik ko'rsatishi aniq.       Korruptsiyaga qarshi kurashish bilangina rivojlanishga erishish mumkin.

Prof.  Tohirbek Mirzaev
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

Tahririyat pochtasiga kelgan maktub

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Nido ;

    Zur maqola

    20/01/2018 09:01
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube