O’zbekiston Xalq Harakati

Ta'birsiz tush

Ta'birsiz tush
21 Ocak 2018 - 6:00 'da yuklandi va 1179 marta o'qildi.

2018 yilning fevral oyida Xorazm diyorining buyuk shoirlaridan Matnazar Abdulhakim tug'ilganiga 70 yil to'ladi.

Olingan norasmiy xabarlarga ko'ra, shu kunlarda O'zbekistonda Matnazar Abdulhakimning 10 jildlik to'la asarlar to'plami nashrga tayyorlanayapti.

Biz ham rahmatli shoirning 70 yillik sanasi munosabati bilan uning 2 jildlik kitobidan she'rlar e'lon qilayapmiz.

O'XH redaktsiyasi

* * *

Matnazar ABDULHAKIM

TANLANGAN ASARLAR
1 – jild

“FASLLAR QO'ShIG'I” KITOBIDAN

SAYRIBOG'

Muzlabdi shoshqaloq anhorlar,
daraxtlar zimdan qaltirar.
garchi haykallarni qoplagan qorlar
po'stindek taassurot qoldirar.

Sen olis-olisda. Yozmaysan hamon.
Sen — yangrab tingan bir qo'shiqdek.
Jim kezib yuribman men. Halizamon
yori keladigan oshiqdek…

* * *

TA'BIRSIZ TUSh

«Tushda oq ot ko'rsang agar — baxt, —
Buvim tushni shunday yo'yardi.
— Baliq ko'rsang uqubat bo'lar,
Xudo saqlasin», — deb qo'yardi.

G'alati tush ko'rdim tunov kun
Mizg'irkanman peshinda horib:
Kattakon bir laqqa baliqni
Borardim oq otga o'ngarib…

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort