O’zbekiston Xalq Harakati

Vatanni qanday sotish mumkin?

Vatanni qanday sotish mumkin?
21 Ocak 2018 - 10:00 'da yuklandi va 1220 marta o'qildi.

Vatanni qanday sotish mumkin? Buning yo'l-yo'rig'ini muxolifatdan emas, terrorchilardan ham emas… aynan hokimiyatdagilardan so'rash kerak. Vatanni faqat vakolatli shaxslargina istashsa chakanasiga, istashsa ko'tarasiga sota oladi…

Akademik Aziz Qayumovning Toshkent shahar hokimiga ochiq xatini o'qib yuragim og'ridi. Adabiyot muzeyi binosining kir yuvuvchilarga xususiylashtirib berib yuborilgan qismida Alisher Navoiyning ijodiy merosi aks etgan ekspozitsiyalar joylashgan, bino devoriga o'z davrida mashhur rassom Chingiz Ahmarov hamda Temur Sa'dullaev tomonidan devoriy rasm ishlangan ekan.

Tasavvur qiling, Alisher Navoiyning ekspozitsiyalar zalida, devoriga tarixiy suratlar – san'at asarlari ishlangan binoda kir yuvish (mayli, kimyoviy usulda bo'lsa ham) bilan shug'ullaniladi. Bu adabiyotimizga, san'atimizga, milliy merosimizga hurmatsizlikdan boshqa narsa emas.

Mahalliy hokimiyatlardagi chalasavodlar, jig'ildon bandalari, o'z nomi bilan aytsak, vatanfurushlar, millatfurushlarning kasofati bilan butun yurtimiz bo'ylab qanchadan-qancha tarixiy yodgorliklarimiz yo'q bo'lib ketgan. Sobiq Ittifoq davrini aytmayapman. Aynan mustaqillik yillarida. Qadimiy tepaliklar ekin maydoniga aylantirib yuborildi. Ko'hna bitiktoshlar kimlarningdir imoratiga poydevor bo'lib ketdi.

O'zbek xalqi milliy merosini yo'qotishda hech bir mustamlakachi o'zbek xalqining o'zichalik, o'zining befarosat farzandlarichalik jonbozlik ko'rsata olmagan bo'lsa kerak.

Farrux Jabborov

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Fazliddin Yokub ;

    Farosat ahli ozi boshkacha bolar ekan … Karanlar , Vatanga borganiga hech kancha vakt bolmadi . Ammo juda orinli muammolar bilan kalam tebratmokda .

    22/01/2018 01:11
istanbul escort