O’zbekiston Xalq Harakati

Uyat

Uyat
21 Ocak 2018 - 23:33 'da yuklandi va 1312 marta o'qildi.

UYaT

Bugun peshindan to shomgacha adabiyot olamining tirik tarixi, “kitob jinnisi”, ma'lumotlar qomusi Murod Xidir uyida to'rt-besh yozuvchi, adabiyotshunos olim, bir-ikki shoir ukalarimiz to'planib suhbat qurdik.

Adabiyot, tarix, Turkiston muxtoriyati, Qo'qonda dashnoqlar vahshiyligi, jadidlar, Stalin qatag'onlari, sotqin yozuvchi-shoirlar, Qayta qurish davri, so'nggi chorak asrda mamlakatga Islom Karimov siyosatidan etgan moddiy va ma'naviy zarar, xalqimizning qulday muteligi ildizlari… qo'yingki, Yaqin va O'rta Sharq muammolaridan tortib, kuni kecha avtobusda tiriklay yonib ketgan 52 o'g'lonimiz qismatigacha gaplashdik.

Asrlardan beri tortib kelayotgan ko'rgiliklarimiz sababini o'zimizcha izladik. Holimizga ayrimlarimiz “Chinakamiga millat bo'lib shakllanmaganmiz!” deb tashhis qo'ydi. Inglizlarni, turklarni misol qildik. Tarixdan o'rnaklar keltirdik. Solishtirdik.

Bu fikrga qo'shilganlar bo'ldi, qo'shilmaganlar bo'ldi.

Tarqaldik.

Uyga keldim. Fb.ni ochdim. Birinchi ko'rgan narsam Maskovdagi vatandoshlar boshqa turk qardoshlar bilan birga 52 o'zbek fojiasi munosabati bilan O'zbekiston elchixonasiga borgani, darvozaga gullar qo'ygani, duolar qilgani haqidagi videolavha bo'ldi.

Ajabki, to'planganlar huzuriga elchi tugul, bironta vakil chiqmadi!

Darvoza ham ochilmadi!

Uyat!

Bu yoqda esa, O'zbekiston televideniesi o'yin-kulgi qilib yotibdi!

Ijtimoiy tarmoqlardagi shuncha tanqidga parvo ham qilmayapti!

Uyat!

Davlat ham o'zini g'alati tutyapti – na motam e'lon etdi, na jurnalistlarning tushovini echib yubordi!

Uyat!

Nimalar bo'lyapti o'zi?!

O'zini zarracha hurmat qilgan davlat, hukumat bunday dahshatli fojiaga shu darajada panja orasidan qaraydimi?! Shuncha gap-so'z quruqqa aytilyaptimi yo?!

O'zgarmadikmi?! O'zgarmaymizmi?!

Yo haqiqatda bir tan-bir jon millat bo'lib shakllanmaganmizmi?!

Nurullox M.Raufxon

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort