O’zbekiston Xalq Harakati

Qishloq odamlari

Qishloq odamlari
26 Ocak 2018 - 5:00 'da yuklandi va 1005 marta o'qildi.

«VALFAJR» KITOBIDAN

 

QIShLOQ ODAMLARI

Ularning ko'ngli ochiq deraza misol.
Uch oylik bahorday hazilkash ular,
Suhbatlari uzoq yozning kuniday,
Kuz kabi ma'yusdir,
Qish kabi sovuqqon,
og'irdir ular.
U erda birorta onani
O'g'li tashlab ketmas, ishoning.
Lekin ular sertashvish
Mening cho'ntagimda yotgan maktubday.
Ular bezovtadir,
Bezovta bugun
Men olgan telegramm singari.

1980

 

(141)

Muhammad Solihning 2013 yilda Istanbulda chop etilgan “Val-Fajr” kitobidan. (89-sahifa.)

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort