O’zbekiston Xalq Harakati

Xayriyat

Xayriyat
28 Ocak 2018 - 6:00 'da yuklandi va 601 marta o'qildi.

«VALFAJR» KITOBIDAN

 

XAYRIYaT

Mashina «shovqin solyapman» deb o'ylamaydi,
«Oqyapman» deb xayoliga keltirmaydi daryo.
Quloq eshitib, ko'z ko'rmadi hali
Kurtak chiqargan biror daraxtning
Tug'ayotgan ayolday dod solganini.
Telefon ham o'zining qo'ng'irog'idan
Sapchib ketmaydi o'zi.
Yaxshiyam sapchib ketmaydi.
Bo'lmasa, u ham bir kuni o'lardi
Mozori ustida yig'lab o'tirardik uning ham.

1980

(142)

Muhammad Solihning 2013 yilda Istanbulda chop etilgan “Val-Fajr” kitobidan. (90-sahifa.)

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar