O’zbekiston Xalq Harakati

Jimjiloq

Jimjiloq
30 Ocak 2018 - 5:00 'da yuklandi va 381 marta o'qildi.

«VALFAJR» KITOBIDAN

 

JIMJILOQ

Bahorning qo'li yo'q,
Jimjilog'i bor.
O'sha jimjilog'i bilan u
Shirin tegib quydi quyoshga –
Quyosh bilmay qoldi
Kulib yuborganin «xo-xo»lab.
Sal-pal ushlab ko'rdi, sal turtib qo'ydi
Bo'rtgan joylariga novdaning.
Undan ham ohista,
Yanada shirin,
Turtki emas, engilroq harakat ila,
Nima desam ekan, tegdi-tegmadi
Bo'rtgan joylariga ma'sum qizlarning
Yo'q, u odob bilan yo'l berdi xolos
Chiqib kelayotgan… hammaga.

1980

 

(143)

Muhammad Solihning 2013 yilda Istanbulda chop etilgan “Val-Fajr” kitobidan. (90-sahifa.)

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar