O’zbekiston Xalq Harakati

MXXning sobiq rahbari Rustam Inoyatov Moskvada

MXXning sobiq rahbari Rustam Inoyatov Moskvada
02 Şubat 2018 - 11:27 'da yuklandi va 2332 marta o'qildi.

MXXNING SOBIQ RAHBARI RUSTAM INOYaTOV MOSKVADA

30 yanvarda, o'zbek diktatorining tug'ilgan kuni O'zbekiston Respublikasi rahbari Milliy Xavfsizlik Xizmati kollegiyasi yig'ilishini o'tkazdi.

Yig'ilishda u shunday deb ta'kidladi: “Milliy Xavfsizlik Xizmati davlat kuch ishlatar idoralaridan biri sifatida “Xalq davlat organlariga xizmat qilmaydi, balki davlat organlari xalqqa xizmat qiladi!” degan printsipga asosan o'z faoliyatini amalga oshirishi lozim”.

Juda yaxshi.

Biz bunday bayonotni juda uzoq kutdik.

Ammo buni O'zbekiston Milliy Xavfsizlik Xizmati rahbari Rustam Inoyatov eshitmadi. Chunki u yig'ilish zalida o'tirgan bo'lsa ham, uning ruhi O'zbekistondan uzoqlarda edi…

Rustam Rasulovich yig'ilishdan so'ng darrov Moskvaga uchib ketdi.

Va Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati rahbari Bortnikov huzurida paydo bo'ldi.

Va o'sha erda o'zi uchun, hamda oligarx o'g'li va boshqa yaqinlari uchun Mirziyoevdan daxlsizlik olib berilishini savdolashdi.

Ha, aynan Rossiya hukumati Rustam Inoyatovning u istagan xavfsizlik va shaxsi daxlsizligini ta'minlovchi senatorlik lavozimini olishida hal qiluvchi rol o'ynadi.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Rustam Inoyatov bugun tongda hali ham Moskvada edi.

General Rustam Inoyatov – ma'joziy ma'noda aytganda “Karimovning boltasi” (Usmon Haqnazarovning ifodasi. – M.S.) O'zbekiston prezidenti unga xavfsizlik va daxlsizlik kafolatini berishiga ishonmadi. Va shuning uchun zudlik bilan har ehtimolga qarshi Moskvaga uchib ketdi. Kim biladi nimalar bo'lishi mumkin…

Endi O'zbekiston prezidenti Inoyatovni senator lavozimiga tayinlanganini e'lon qilganidan so'ng, Rossiyalik tahlilchilar ushbu voqeaga faol ravishda izoh bera boshladilar: “Inoyatov O'zbekiston MXX rahbarligidan ketish yoki qolishini o'zi hal qilaoladigan kuchda edi. Va hech kim bu holatda unga buyruq berolmaydi!!!”, deya g'azab bilan hayqirdi “sharqshunos, ekspert” Igor Pankratenko. (http://ca-news.org/news:1429278?f=cp )

Unga hamohang ravishda boshqa sharqshunos-chekist Aleksandr Knyazev Mirziyoev va Inoyatov qarshiligini kasal fantaziyalar mevasi deb atadi va quyidagicha bayonot berdi: “Prezident iste'fo haqidagi arizani qabul qildi va Inoyatovni o'zining maslahatchisi sifatidagi yangi lavozimga tayinladi, bu ramziy bir harakatdir. Bu hokimiyatning bir qo'ldan ikkinchisiga o'tish bosqichi muvaffaqiyatli tamomlanganini bildiradi. Karimov o'lgandan keyin hokimiyatning Mirziyoevga o'tishida aynan Inoyatov garant bo'lgan edi. Va aynan Inoyatov yangi Prezidentni saylagan saylovlarni boshqargan kishilarning boshida turdi.”.(http://www.ca-irnews.com/ru/latest-news/152-mnenie-eksperta/33825-a-knyazev/)

Ya'ni, chekist-ekspertlar qat'iy ravishda hozirgi O'zbekiston prezidentining o'zbek maxsus xizmatlarining sobiq rahbari oldidagi “qarzi” haqida eslatishmoqda.

Bu ekspertlardan bittasi O'zbekiston prezidentiga ochiqcha tahdid qilib, uning Inoyatovga buyruq berolmasligini aytmoqda va bu bilan Inoyatovning ortida Kreml turganiga sha'ma qilmoqda.

Inoyatov va “komandasi”ning bezovtaligi bekorga emas edi. Prezident Shavkat Mirziyoev hali tarixiy yig'ilishga qadar MXX viloyat boshqarmalarining 11 nafar rahbarlarini lavozimidan bo'shatish haqida buyruq bergan edi.

Bu MXX elitasini shokka tushirdi.

Yaxshiyam, Moskva bor.

U hech qachon o'zining sodiq xizmatkorlarini tashlab qo'ymaydi va qaerda bo'lmasin himoya qiladi.

Muhammad Solih
O'zbekiston “ERK” partiyasi Lideri

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Muso ;

    Aga shular sotkinlar va xoinlardir!!! Shu bois 23yil musulmonlar va xalkning buyuk avlodlarini kamadi, uldirdi va chet elga jonsaklab yurganlarini xam terror kildi!!! Fakat boylik va mansabni uylab sotildi va uzbek xalkiga dushmonlik kildi!!! Rossiya tarixda xam xozir xam Musulmonlarning dushmonini dastaklab, Ularning koniga kulini buyab kiliyapdi! Bu tarix Afgoniston, siriyada va butun URTA osiyoda davom etib kiliyapdi!!! Endi rossiya bunday yovuzlikni tuxtatib insof bilan ish yuritish uchun akl ishlatishi kerak!!! Aks xolda vakti kelib bumerangdek uziga xam kaytadi!!!

    03/02/2018 02:55
istanbul escort