O’zbekiston Xalq Harakati

Yoqqancha bo'lmas

Yoqqancha bo'lmas
10 Şubat 2018 - 5:00 'da yuklandi va 402 marta o'qildi.

MAXDUMQULI

 

Yoqqancha bo'lmas

Har nomardga aytma yurak dardingni,
Hasrat o'ti jisming yoqqancha bo'lmas –
G'ussa bilan dona-dona ko'zingdan
Nadomat yoshlarin to'kkancha bo'lmas!

Qoniq bo'lib izzatda tut, o'zingni,
Ta'ma qilib sarg'aytirma, yuzingni,
Har nomardga hayf, aylama, so'zingni,
So'zingning binosin yiqqancha bo'lmas!

Mag'rur bo'lib boqma, umring gulina,
Uchragaysan, bir kun xazon elina,
Yuz yil yashab, tushsang, ajal qo'lina,
O'ngingdan so'lingga boqqancha bo'lmas!

Sulaymondek dovruq olsa shuhrating,
Larzona keltirsa, ko'kni haybating,
Bir gurzi zarbicha kelmas quvvating,
Ajalning jallodi qoqqancha bo'lmas!

Ichiqora bilan bo'lmanglar ulfat,
Yuqar andan turli-tuman kasofat,
Qanchalar ko'mirga aylama, izzat,
Qo'lingga qorasi yuqqancha bo'lmas!

Maxdumquli, hargiz topmadi omon,
Yomon tilning zahri tig'lardan yomon,
Yomon til yonida zahri ko'p ilon,
Chaqsa-da, bir chivin chaqqancha bo'lmas!

*****

(davomi bor)

Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar