O’zbekiston Xalq Harakati

Lazzatning xillari

Lazzatning xillari
11 Şubat 2018 - 6:00 'da yuklandi va 1113 marta o'qildi.

«VALFAJR» KITOBIDAN

 

 

     LAZZATNING XILLARI

«Lazzatning xili ko'p» deganda
Ko'zlari yog' bosgan mechkayning
Taomga muhabbatini emas,
Dimiqqan oqshomda
Hirsdan erib ketgan bandaning
Sassiq tushlarini emas,

Yollangan qullarning
Go'dak manglayiga to'pponcha tirab
Olgan zavq-shavqin ham aytmayman.

«Lazzatning xili ko'p» deganda
G'alati quvonchni aytmoqchiman men:
Zolim portreti yonsa gulxanda.

1980

(147)

Muhammad Solihning 2013 yilda Istanbulda chop etilgan “Val-Fajr” kitobidan. (92-sahifa.)

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort