O’zbekiston Xalq Harakati

Yiroq ayla o'zingni

Yiroq ayla o'zingni
13 Şubat 2018 - 5:00 'da yuklandi va 395 marta o'qildi.

MAXDUMQULI

 

 

Yiroq ayla o'zingni

Dali ko'nglim muhabbatsiz kishidan
Neklik chiqmas, yiroq ayla, o'zingni!
Suyganni suy, mehri borga bo'l, rafiq,
Mehrsizdan yiroq ayla, o'zingni!

Ming bir nomard: ketsa, bir ish bitirmas,
Qadrsiz el, mardga bahosin bermas,
Dardsizga dard aytsang, siring yashirmas,
Muxannasdan yiroq ayla, o'zingni!

Qashshoq kishi zarni ko'rsa, tik turar,
Haqdan xavfi bo'lmas, o'zin unutar,
Boshqa bir qashshoqni pul uchun sotar,
Mol ishqidan yiroq ayla, o'zingni!

Maxdumquli aytar, duo qil dardga,
Jonim qurbon so'zni tanigan mardga,
Og'zi kular, qalbi kadar nomardga,
Yaqin bo'lma, yiroq ayla o'zingni!

*****

(davomi bor)

Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar