O’zbekiston Xalq Harakati

Jamol Kamol: Mirziëevning Muhammad Solihni vatanga qaytarishi adolatli ish bo'ladi

Jamol Kamol: Mirziëevning Muhammad Solihni vatanga qaytarishi adolatli ish bo'ladi
13 Şubat 2018 - 10:15 'da yuklandi va 998 marta o'qildi.

“Jamiyat o'z haëtidan ëlg'onni haydab chiqarishi lozim!”

O'zbekiston Ëzuvchilar soyuzining sobiq raisi¸ Xalq shoiri¸ tarjimon Jamol Kamol¸ bugun O'zbekiston o'z oldida qo'yishi lozim birinchi raqamli shior jamiyatni ëlg'onlardan tozalash ekanini aytadi va Solihning vataniga qaytishi ana shu jaraën uchun muhimligini ta'kidlaydi:

– Men Muhammad Solihning vatanga qaytishini juda istayman. Nima uchun? U¸ birinchidan¸ yurtiga¸ xalqiga do'st inson. Undan bizning millatimiz¸ xalqimizga hech qanday xavf-xatar yo'q. Islom Karim tuzumiga xatari bo'lgan bo'lishi mumkin¸ lekin Shavkat Mirziëev hukumati¸ u quraëtgan tuzumga faqat foyda bo'ladi. Agar Solihning O'zbekistonga qaytishiga ruxsat berilsa¸ O'zbekistonning xalqaro maydondagi obro'si yuksalib ketadi. Biz hozir muxolifmi¸ muxolif emasmizmi¸ butun xalqimiz farzandlari qo'lni qo'lga berib¸ O'zbekistonni botgan botqog'idan¸ tushgan o'pqonidan olib chiqishda prezidentimizga ërdam berishimiz kerak. Prezidentimizga ko'z tegmasin – men ishonamanki bu odam Muhammad Solihni yurtiga¸ vataniga qaytaradi va bu adolatli ish bo'ladi¸ dedi Ozodlik 9 fevral' kuni suhbatlashgan Jamol Kamol.

Manba: Youtube.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort