O’zbekiston Xalq Harakati

O'ylab so'zlaydigan bo'ldi

O'ylab so'zlaydigan bo'ldi
13 Şubat 2018 - 10:24 'da yuklandi va 1037 marta o'qildi.

Sariosiyo, Uzun tumanlaridan O'zbekistonga Tohir Yo'ldosh, Juma Namongoniy boshliq jangarilar bostirib kirayotgani munosabati bilan, o'shanda ularni qoralash kompaniyasi boshlandi.

Abror Hidoyatov teatrida shu munosabat bilan majlis boshlandi.

Xalq artisti Lutfulla Sa'dullaev so'zga chiqib aynan shunday dedi “Qani zo'r bo'lsa Tohir ham Solih ham shu erga kelsin…(ovozini nihoyatda balandlab) Nima… Dramaturglarimizni qalami singanmi? Shaxsan men terroristlar haqida shunday asar kutyabman”dedi…

U paytlar muxolifat menga begona edi. Lekin yurist, ham dramaturg sifatida bu aktyorning o'ziga bino qo'yib jar solgani nafsoniyatimga tegdi.

Majlisdan keyin unga “Lutfulla aka avvalo yurist sifatida M.Solihga bu aybnomani qaysi hujjat, qaysi dalilga asoslanib so'zladingiz? Ikkinchidan “O'zbekteatr”ga borib terroristlar haqida asar borligi haqida so'radingizmi?”deb so'radim.

Birinchi savolimga miq etolmadi.

Ikkinchi savolimga “Sizni shu mavzuda asaringiz bormi?”deb so'radi.

Unga “Bor… Faqat asarda “o'sha terroristlarni bizning muxit etishtirgan” degan fikr berganman” dedim.

Asarni olib o'qibdi.

Teatr rahbari Olim Salimov bilan “men qo'yaman, sen qo'ymaysan”deb talashibdilar. Olim Salimov menga qo'ng'iroq qilib “asarni qaerda bo'lsa ham o'zi qo'yish niyatini” aytdi. Lekin oxiri na unisi na bunisi qo'ymadi.

So'zga chiqqan kuni aktyorimiz shoir Usmon Azimdan ham shunga o'xshash dakki eshitgan ekan. Har qalay shundan keyin L.Sa'dullaev o'ylab so'zlaydigan bo'ldilar.

2000 yillar og'ir davr edi. L.Sa'dullaev o'shanda meni to'g'ri tushunganiga ham raxmat…

Lekin Mirza Azizov bu kun nega bunday dedi? O'zini uchratsam “chilyosin” o'qiyman shekilli.

Har qalay bir vaqtlar asarimda o'ynagan…Yaxshi o'ynagan…

Sanjarali Imomov

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort