O’zbekiston Xalq Harakati

Sharq shoirlari

Sharq shoirlari
14 Şubat 2018 - 5:00 'da yuklandi va 702 marta o'qildi.

«VALFAJR» KITOBIDAN

 

ShARQ ShOIRLARI

Ko'karaver,
O'saverar, bir kun
«Gul» bo'lajak baribir isming.
Garchi, sen bulturgi guldan boshqasan,
Garchi, bulturgisi – xotira,
Sen bo'lsa, xayolsan ko'karayotgan.
O'sarkan, sen o'zing o'smaysan,
Sening isming o'sar har yili –
Bo'yi bir xil uning, yaprog'i bir xil,
O'zgarmas ismingning hidlari.
Bu ne muhabbatdir,
Bu ne mo''jiza –
necha asrdirki, Sharqning shoiri
Nozik bir o'simlikning butog'iga
Bog'langan bandi dev kabi talpinar!

1980

 

(148)

Muhammad Solihning 2013 yilda Istanbulda chop etilgan “Val-Fajr” kitobidan. (93-sahifa.)

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort