O’zbekiston Xalq Harakati

Tarix hali ko'p narsani so'zlaydi

Tarix hali ko'p narsani so'zlaydi
14 Şubat 2018 - 8:00 'da yuklandi va 979 marta o'qildi.

TARIX HALI KO'P NARSANI SO'ZLAYDI

Ozodlikka yangi chiqqanimda ikkita ayb bilan nazorat(nadzor)ga qo'yildim.

Bittasi-kechasi soat ikkida magnitofonni baland qilib muzika qo'yibman, qo'shnilarni bezor qilib uxlatmay to'polon qilibman.

Ikkinchisi-mast bo'lib ko'chada odamlarni quvlabman. Bir kulgim ham qistaydi, bir ko'zini “lo'k” qilib qarab, yuzidan bir tuki qimirlamay ayblay olganiga “tasannolar” deyman.

Aybnoma o'qildi, men “aybimni” tan oldim. Har oy tilxat yozib qo'l qo'yishga “hukm qilindim”…

O'sha kunlar esimdan chiqmaydi, har oyning o'ttizinchi kuni uydan xayrlashib chiqqanman. O'n uch yil shu tahlit davom etdi. Har oyning o'ttizinchisida bir karra qamalganman. Chunki, hech narsaga kafolat yo'q edi. Rozi emasman aslo!

Bir kishidan “qachongacha endi shu ahvol?” deb so'ragandim, yuqoridagi rasmni ko'rsatib “yo u, yo siz” deb yuziga kaftlari bilan fotiha tortdi va “ungacha vperyod” deb qo'lini oldinga siltadi. Yana, “agar o'lib ketsangiz ham hujjatlaringiz sakson yil arxivda saqlanadi” deb qo'shib qo'ydi…

U kunlar o'tdi, ketdi, esdan chiqmaydi ammo, bobolarimiz ocharchilik yillarini aytib berishganda o'sha paytdagi qamchilik raislar odamlarni urganini, qon qaqshatganini eshitib, dillarim zirqirab eshitardim, ko'rmagan bo'lsam ham yomon ko'rardim.

Gitler degan odamxo'rni, Stalin degan qonxo'rni la'natlardim, nafratlanardim. Men och qolmadim, urushga bormadim, lekin davrimga yarasha sinovdan o'tdim, zahrimni ichimga yutdim. Menga ham Alloh nabiralar bersa, nasib qilsa, zamonam Stalinlarini aytib o'taman. O'tgan bo'lsa ham, ketgan bo'lsa ham, tarixda chandiqli iz, qalbda qonli hanjarda tortilgan chiziq qoldi. Rozi emasman aslo!

Bu kunni, bu davrni ko'rmayman deb o'ylardim, oxiri yo'qday tuyulardi, hayolimda o'sha odamning “vperyod”i muhrlanib qolgandi. Bu zamonni kutib-kutib olamdan o'tib ketgan, hayotda yonma-yon yashab, orqama-orqa vafot etgan, bir juft do'ppaygan qo'shni qabr, padari buzrukvorim va volidai muhtaramamning ziyoratlariga chiqqanimda yig'lardim, tezroq oldilariga borishni istardim, fitna, yolg'on, tuhmatlar bilan “obod” bo'lgan dunëdan beziganimni aytardim, onamning bag'riga qaytishni juda-juda istardim. Rozi emasman aslo!

Bu ro'shnolik kunlarimni volidaynlarim ko'rishmadi, mamnun bo'lishmadi, duolar qilishmadi. Bu kunlarga etganlar bor, etmaganlar bor…

Salim AYYuBIY

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort