O’zbekiston Xalq Harakati

“Xalq artisti” Mirza Azizov nega feysbuk sahifasidan uchib, yo'g'-e, o'chib ketdi?!

“Xalq artisti” Mirza Azizov nega feysbuk sahifasidan uchib, yo'g'-e, o'chib ketdi?!
13 Şubat 2018 - 22:09 'da yuklandi va 1170 marta o'qildi.

“XALQ ARTISTI” MIRZA AZIZOV NEGA FEYSBUK SAHIFASIDAN UChIB, YO'G'-E, O'ChIB KETDI?!

Rostiga ko'chadigan bo'lsak, o'sha Hilol Nasimovning “Gumrohlar” fil'mini bir bor ko'rgandim. Ko'rishim bilan Mirza Azizov ushbu fil'mning bosh roliga mutlaqo munosib emasligini anglaganman.

Negaki, bu odamning tashqi qiyofasi salbiy obrazlarga xos.

Umuman olganda, gap tashqi qiyofada ham emas.

Odamda istara degan narsa bo'ladi. “Istarasi issiq” degan so'zlar bor.

Mirza Azizovning, ochig'i, turqi sovuq.

Bugungi kunga kelib uning yuragidagi muz basharasiga urib ketganligining guvohi bo'ldik. Demak, uning nafaqat yuzi, so'zi ham sovuq ekan.

Saviya degan narsa bo'lganida kimsan Xalq artisti sanamay sakkiz dermidi?

Uning “mordasi”dan nafaqat Muhammad Solihga, butun bashariyatga, atrofdagi odamlarga bo'lgan nafratni ilg'ash u qadar mushkul emas.

Ochig'ini tan olish kerak, keyingi paytlarda aktyorlar rollarni rijessyorga yo xushomad qilib erishishadi, yoki sotib olishadi.

O'sha “Gumrohlar” fil'mini ko'rganimda, Mirza Azizov “bosh rolni sotib olgan shekilli” degan o'y o'tgandi ko'nglimdan.

Tan olish kerak, ochig'i, san'atkorlarimizning saviyasi nihoyatda sayoz.

Unvonlarga erishgan aksariyat artistlarimiz berilgan rollarini yodlab olib ijro etishdan boshqasiga qodir emas.

Umri rol talashishu bir-biriga choh qazish bilan o'tadi ularni….

Nima bo'lgan taqdirda ham Mirza Azizov deganlari Feysbukdagi o'zining axmoqona posti bilan O'zbekistondagi san'atkorlarni, aktyoru aktirisalarni sharimsor qilgani qoldi-da….

Siyosat haqida “sayrash”ga saviyang etmas ekan, safsata sotib nima qilasan-a, axmoq deydigan odam yo'q.

Shu Mirza Azizov deganlari qaysi roli uchun “Xalq artisti” unvonini olgan o'zi?

“Yarq” etgan roli bormi?

Yo unvonnni ham savdolashib olganmikin?

Shaxsan men bu odamni aktyor sifatida mutlaqo tan olmayman.

Qolaversa, aktyorlik mahoratining “m” harfi ham yo'q bu “daho”da!

Xuddi yo'nilmagan yog'ochga o'xshaydi.

Berilgan roliga kirisha olmay, rosa terga tushadi sho'rlik!

Yana siyosatchilikka ham da'vo qilganiga, o'zini vatanparvar qilib ko'rsatganiga kuyasizmi?

Bugungi san'atimizning kuni ana shuning kabi Mirzolarga qolgan-da!

Maloxat Eshonqul

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort