O’zbekiston Xalq Harakati

Akrom Malik: begunohni jinoyatchiga aylantirishning “o'zbekcha” usuli

Akrom Malik: begunohni jinoyatchiga aylantirishning “o'zbekcha” usuli
13 Şubat 2018 - 23:25 'da yuklandi va 1102 marta o'qildi.

27 yashar yosh ijodkor Akrom Malikni hibsga olish, ustidan jinoyat ishi qo'zg'ash, spektakl' sudda 6 yilga qamash va bugun Navoiydagi qamoqxonada qolishi ortida turgan Toshkent viloyati kuchishlatar tizimlarining xodimlari bugun ham bu xabarlar jamoatchilikka yoyilishidan cho'chimoqdalar.

Inson haqlari faoli Malohat Eshonqulovaning aytishicha, Akrom Malikovning yaqinlari qo'rqitilganlar, 2017 yil 13 yanvarda Toshkent viloyat sudi chiqargan hukm ustidan arz ham qilinmagan, “qancha jim yursangiz, Akromga shuncha yaxshi bo'ladi”, deb uqtirilgan.

Shuning uchun ham 2016 yilning 22 iyul' kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga xorijga chiqish vizasini olish uchun borgan Akrom Malikov hibsga olingani, u go'yoki bir ayolga tegajog'lik qilgani, tintuv chog'ida cho'ntagidan “Islomiy Davlat” jangari guruhining qora bayrog'i surati fayli joylashtirilgan flesh-karta topilgani, qarindoshlari yollagan advokatlarning Akrom Malik bilan ko'rishishlariga ruxsat berilmagani, bundan roppa-rosa 1 yil oldin O'zbekiston Xalq Harakati rahbari Muhammad Solih bilan elektron pochta orqali yozishgani, uning konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish, 159-band, 244 “2” – moddasi 1-qismi, 244 “1” moddasi, 3- qismi “A”, “B” bandlari bilan aybdor deb topilgani tafsilotlari ommadan sir tutib kelingan.

Aslida Akrom Malikov Internetda Abdulloh Nusrat taxallusi ostida e'lon qilgan maqolalari uchun qamoqqa tashlangan.

Manba: Bi-Bi-Si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 3 Yorum )

  • Muso ;

    Chunki uzbek talant soxiblarini yukatishdi!!!

    14/02/2018 10:55
  • Muso ;

    Bu Mxx deganlari stalinnning sassik uriglariga uxshaydi! Bular uzbek xalki xoinlartdir!!!

    14/02/2018 10:54
  • Muso ;

    MXX dagilar shunchayam axmokmi deymon! Bir odam Islomiy davlatga alokasi bulsa chuntagiga flayshkaga saklab yuradimi?!

    14/02/2018 10:51
istanbul escort