O’zbekiston Xalq Harakati

MMXning qurboni taniqli Olim Andrey Kubatin ishini takror o'rganib chiqish haqida!

MMXning qurboni taniqli Olim Andrey Kubatin ishini takror o'rganib chiqish haqida!
14 Şubat 2018 - 9:51 'da yuklandi va 1294 marta o'qildi.

(Suratda Andrey Kubatin o'g'i Elbarsxon bilan.​)

MMXning qurboni Taniqli Olim Andrey Kubatin ishini takror o'rganib chiqish haqida!

Andrey Kubatin yarmi ozarbayjon yarmi rus, o'zini o'zbek degan, o'zbek tilini tiniq bilgan, adabiy o'zbek tilini tiniq bilgan, har bir o'zbek shevasini ham tiniq bilgan ulug' olim, tarixchi, qadimshunos, tilshunos! Aytgancha, mahalliy rasmiy tilshunoslarimiz Andreyning tirnog'iga ham arzimaydi!

Andrey Kubatin tarixchi, arxeolog olim. O'zbek fani uchun juda betakror inson. Poliglot deganimizda aynan shu insoni aytsa bo'ladi. Dunyoda qancha turkiy til bo'lsa shunchasini biladigan odam.

Andrey Kubatin va turmush yo'ldoshlari Ferzahon turki-o'zbek tarixini o'rganishda alohida o'ringa ega olimlar. Bir misol, Andrey menga aytgan bir o'ta qiziq loyiha esimga keldi, Andreyda va Feruzada Qobulteginlar va umuman Afg'oniston hududidagi turkiy urug'-aymoqlari tarixi haqida katta va ulkan ilmiy asar yozish rejasi bor edi, bu mavzu hali biror bir olim tomonidan ko'tarilmagan bunaqa masshtabda.

Andrey Kubatin yoshligiga qaramasdan turkiy tarix va umuman tarix bo'ycha entsiklopedik bilimga ega olim. O'zbek xalqining turkiy ildizlari, o'zbek tilining turkiy ildizlari mavzusi Andrey uchun juda qadirli mavzu, o'zbek tilini o'rnini ko'tarishning o'ta qattiq tarafdori, o'ta qattiq o'zbeklarni turkiy xalqlar orasida o'rnini qadirlaydigan olim. Lotin alifbosini qattiq tarafdori, targ'ibotchisi va isloh qilib boshqa turkiy millatlar bilan o'zbek millatini madaniy va til birlashishini tarafdori.

Andrey Kubatin albatta akademik olim, istiqbolli yangi avlod o'zbek turkshunoslaridan desak yanglishmaymiz.

Andrey Kubatining siyosiy qarashlarini olsak bu odam rossiyaparastlikka va sovetparastlikka doim keskin qarshi bo'lib kelgan inson. Umuman olganda Andrey Kubatin bilan bizni siyosiy, ilmiy qarashlarimiz bir, 100%! Shundan xulosa qilaveringlar.

Endi ishi haqida:

Andreyni MXXxizmati nimada ayblamoqda jamotatchilik uchun noaniq, lekin ikki versiya bor, emish chet elikka material bergan emish, boshqa versiya bo'yicha noutbokida “millatchilikni keltirib chiqaradigan ” kitob chiqqan emish. Lekin bu safsata chunki Andreyning noutbukidagi kitoblarini yaxshi bilaman, hammasi toza ilmiy! Menda ham shu kitoblar! Asosiy omil, ustidan yozgan odam bor, lekin kim u? aytishmayapti.

Boshqa razvedkaga ishlash haqida: Bu tuhmat! nimaga?

Birinchidan Andrey Kubatinda taqiqlangan ma'lumotga dostup yo'q! Ishlagan joyi Sharqshunoslik instituti hech qanaqa taqiq qilingan manbalarga ega emas, bunaqa manbalar ularda umuman yo'q! Va bo'lishi mumkin emas chunki bunaqa manbalar faqat MXXning arxivida bor va Prezident devoning arxivida. Bu arxivlar esa 1996 yildan so'ng yopiq olimlar uchun.

Asosiy xulosani bir guruh ekspertlar qilgan emish, Andreyning ishi haqida. Lekin kim o'sha «eskpertlar»?? MXX qoshida tirnoqqa arzimaydigan shunaqa «ekspertlar» bor, savodsiz, ongi past, allaqachon hayotdan orqada qolib ketgan. Bular bo'lgan bo'lmagan xulosalari bilan bir qancha gunohsiz odamlarni asosiz jazolanishiga sababchi bo'lgan.

O'​zi MXXning eng katta kamchiligi shu analitik, tahlil xizmatini umuman yo'qligi. Sohta «ekspertlar» esa serob, savodsiz, ahmoq «eskpertlar», falonchi narsani yozsang urush bo'ladi, bu millatchilik, qo'shnilar xafa bo'ladi deb yurganlar. Aynan shunaqalar deb qanchadan qancha kitoblar chiqmagan, qanchadan qancha mavzular tsenzura tagida yo'q bo'lib ketmoqda.

Qisqasi, men taklif qilaman MXXning yangi rahbariga:

Mustaqil ekspertizani tashkil qilish! qaysi ma'lumot va qaysi kitob haqida gap ketmoqda degan savolga aniq​ javob topish uchun!

Umuman A.Kubatining ishini tiniq va ochiq ko'rib chiqish.

Va eng muhimi, qani guvohlar?? Eng qizig'i bu ishda umuman guvoh yo'q, mana shunisi qonunbuzarlik! Nega biror bir do'stini, hamkasbini tergov jarayoni ichida so'roq qilmadi tergovchi?? Ayblov nimaga asoslangan? Guvohlar yo'q ish nimaga asoslangan??? Bu Qonunga zid ekanligi haqida gapirmasa ham bo'ladi.

Taniqli olimlarimiz R.Inoyatov rahbarligida unga murojaat qilishgan edi, shahsan akademik E. Rtveladze. akademik Askarov va boshqalar, lekin MXX hattoki javob ham bermadi. Bu akademiklarimiz A.Kubatinni hamma tomonlama ijobiy baholab uni himoya qilishdi, hattoki A.Kubatinning opponenti A.Askarov ham.

Yangi Murojaat yozish kerak! Olimlar, bunaqa olimlar bizda o'zi sanoqli, shunga bu ishni e'tiborsiz qoldirmaslik kerak.

Anvar Nazir

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort