O’zbekiston Xalq Harakati

MXX “Brodvey”dagi ulkan binosini bo'shatayotgani xabar qilindi

MXX “Brodvey”dagi ulkan binosini bo'shatayotgani xabar qilindi
14 Şubat 2018 - 14:09 'da yuklandi va 1515 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, Milliy xavfsizlik xizmatining (MXX) markaziy apparati xodimlari Toshkent shahar, Matbuotchilar ko'chasi va xalq “Brodvey”, deb ataydigan Sayilgoh ko'chasi o'rtasida joylashgan binodan ko'chmoqda. Bu haqda xabar qilgan Uzmetronom.som saytiga ko'ra, MXX markaziy apparati shahar chetida qurilib, foydalanishga 14 yanvar' – “Vatan himoyachilari kuni”da topshirilgan binoda joylashadi.

Uzmetronom.somning o'z manbalariga tayanib yozishicha, MXX bo'shatayotgan ulkan binoni rahbariyati IIV xodimlaridan shakllantirilgan Milliy gvardiya egallaydi.

Bundan tashqari “Ozodlik” radiosining Toshkentdagi norasmiy manbasi xabar qilishicha, MXXning Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Gvardeyskiy kuchasida joylashgan tergov izolyatori yopilishi xaqida gap bormoqda. Lekin “Ozodlik” radiosida bu xabarning rasmiy tasdig'i yo'q.

“Ozodlik” radiosi kuni kecha Toshkent hukumatiga yaqin bir necha mulozimdan olingan ma'lumotlarga tayanib, O'zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining Korruptsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi butunlay tugatilgani haqida xabar qilgan edi.

Bu boshqarmani tugatish haqidagi rasmiy buyruqning kim tomonidan¸ qachon chiqarilgani hozircha “Ozodlik” radiosiga ma'lum emas.

Bunday buyruq borligi va uning ijrosi darhol boshlanganini bildirgan hukumatga yaqin mulozim¸ MXXning ko'chadagi “pistafurushdan tortib Bosh vazirgacha – barchani korruptsiya sirtmog'i bilan terror qilib kelgan boshqarmasi” rasman tugatilganini iddao qildi.

MXX raisi Rustam Inoyatov ishdan olingan 31 yanvar' kungi chiqishida prezident Mirziëev “maxsus xizmat doirasiga kirmaydigan vazifalar bilan shug'ullanadigan, boshqa davlat tuzilmalari faoliyatini takrorlaydigan bo'linmalarni tugatish”ni buyurgan edi.

Toshkent hukumatiga yaqin mulozimlar “Ozodlik” radiosiga bu topshiriq asosida MXX tarkibida sara qurolli bo'linmalarning Ichki ishlar vazirligiga qaytarilganini xabar qilgan edi.

O'XH xabarlar bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort