O’zbekiston Xalq Harakati

“Muhammad Solihning Vataniga qaytishiga qarshilarni xolis munosabat deb bo'lmaydi”

“Muhammad Solihning Vataniga qaytishiga qarshilarni xolis munosabat deb bo'lmaydi”
14 Şubat 2018 - 21:26 'da yuklandi va 971 marta o'qildi.

Bi-Bi-Si radiosining xabar berishicha, bir guruh o'zbekistonlik va xorijlik ijodkorlar, oddiy insonlarning muxolifat lideri va shoir Muhammad Solihning Vataniga qaytishiga ko'mak berishni so'rab Prezident Shavkat Mirziyoevga murojaatiga 450 dan ortiq imzo to'plangan.

Murojaatnomaga O'zbekiston xalq shoiri Shukrullo, xalq shoiri Jamol Kamol, O'zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdieva, dramaturg Sharof Boshbekov, jurnalist Karim Bahriev va boshqalar qo'shilganlar.

Internet ijtimoiy tarmoqlarida ushbu murojaatga qarshi fikrlar ham bildirildi, biroq ochiq maktub tashkilotchilaridan yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxonning Bi-bi-siga aytishicha, Muhammad Solihning O'zbekistonga qaytishiga qarshi munosabat bildirganlarni xolis deb bo'lmaydi.

Murojaatda Muhammad Solihning birinchi galda adabiyotchi ekanligi va so'ngra siyosatchiligi ta'kidlanadi.

“Siyosatga u davr taqozosi bilan, mustaqillik uchun harakatlar jarayonida faol aralashgan va mamlakatimiz sovet mustamlakasidan qutulishi yo'lida jonbozlik ko'rsatgan”, deyilgan murojaatda.

Murojaatda Muhammad Solihning shoir sifatida chiqargan kitoblari va tarjimalari e'tirof etilgan.

“”Orzu fuqarosi”, “Valfajr” , “Yo'lnoma”, “Olis tabassum soyasi”, “Tun tashbehlari”, “Beshinchi fasl”, “Quduqdagi oy”, “Oq ko'ylaklar”, “Shaffof uy”, “Ko'zi tiyran dard” kabi kitoblari adabiyotimiz xazinasidan muqim joy olgan. Ko'pi rus, ingliz, turk va boshqa ko'p tillarga o'girilgan”.

Prezident Mirziyoevga yozilgan ochiq maktubda aytilishicha, nihoyat haq qaror topib, adolat yuzaga chiqadigan kunlar kelgani his qilinyapti. Bu hol shoirni o'z Vataniga qaytarish mulohazasini uyg'otgan.

“Tarixdan ma'lum, xalqiga qayishadigan hukmdorlar ziyoli qatlamning qadriga etgan. Biz Sizdan 70 yoshni qoralab qolgan shoirimiz Muhammad Solihni yurtga qaytarishda ko'magingizni so'raymiz. Bundan xalq ham, adabiyot ham yutadi” deyiladi murojaatda.

Oldinroq ko'pchiligi O'zbekistonda va xorijda istiqomat qiladigan 50 ga yaqin o'zbekistonlik muxolifat lideri Muhammad Solihning O'zbekistonga qaytarilishini so'rab yozilgan murojaat ostiga imzo chekkanligi haqida xabar bergandik.

Prezident Shavkat Mirziyoevning 22 dekabr Parlamentga qilgan ochiq murojaatidan ilhomlangan Surat Ikromov ilk bo'lib Muhammad Solihni ortga qaytarish taklifi bilan chiqqan edi.

Surat Ikromovning yozishicha, Mirziyoevning 22 dekabr kuni O'zbekiston parlamentiga murojaati inson huquqlari himoyachilari kabi tanqidchilar qatlamida ham umid uchqunlarini paydo qildi.

“Sizning so'nggi chiqishingiz bizdagi shubhani ag'dar-to'ntar qildi va bizda sizga ishonch uyg'otdi. Shu qadarki, endi biz sizdan, o'lkamizning Prezidentidan kattarok narsalar kutishga boshladik. Endi biz sizdan hokimiyat va muxolifat orasini tuzatish, iliq munosabatlarga turtki berishingizni kutishga boshladik”, deyiladi unda.

O'XH xabarlar bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort