O’zbekiston Xalq Harakati

So'z nuri

So'z nuri
14 Şubat 2018 - 22:41 'da yuklandi va 721 marta o'qildi.

Ijodkor uchun markazga intilish nima?

Bu hodisaning o'ziga yarasha sabablari bor. Shoirning ijodi – uning ko'pchilikka murojaat qilish usuli. Bu jihatdan olib qaraganda, aholisi kam, chekka joylarning bir xil, jo'n, ko'cha, choyxona gaplari qorni, qovoqlari osilgan turmushning shallaqi tashvishlari borliqni anglashga ishtiyoqi kuchli bo'lgan har qanday odamning tuyg'ularini so'ndiradi, aqlini charchatadi, ko'nglini bezdiradi…

Markazda esa – boshqacha. Chunki, bu erda odam va odamsinmonlar ko'p. Sizning ularga yoxud ularning sizga ishi tushmagan taqdirda ham, ko'z ko'zga, nazar nazarga tushishi ehtimoli yo'q emas… Markazga intilishning sabablaridan yana biri – har nechuk ijodkorda shuhrat qozonish istagining mavjudligi. Zero, ijodkorning jamiyatdan yolg'iz tilagi ham shu. Bu tilak, xoh ijobiy, xoh salbiy bo'lsin, ijodkorni markazga etaklaydi.

Matnazar Abdulhakim shu ikki arzon hissiyotdan o'z ruhini qutqara olgan noyob insonlardan biri edi. Chunki, u o'z so'zining qudratiga ishonardi. Makon va zamon ta'qibidan mosuvo bo'lgan bunday insonlar jo'n so'zlar orasidan ham o'zining jonbaxsh so'zini, kam sonli odamlar to'dasidan ham butun boshli xalqni, o'ziga o'xshagan odamlarni topa olardi. Zero, Ollohning zulmatparast olamda o'z bandalariga ravo ko'radigan eng buyuk ne'mati Nur bo'lgani kabi, shoir ham borliqqa tegishli bo'lgan barcha sir-asrorlarni so'z nuri orqali ko'radi, ya'ni, Xudoning o'zi ham, fazli ham so'z bilan anglanadi. Mana shu so'zdan mohirona foydalana olgan shaxs shoir sanaladi.

Haqni teran anglash, unga vosil bo'lish uchun avliyolarning uzlatni ixtiyor etishi ham – bejiz emas. Uzlatda aql va his-tuyg'u muvozanatini saqlash oson, dunyoning o'tkinchi jilolari ularni chalg'itolmaydi. Uzlatning yana bir xosiyati shundaki, u dunyo kirdikorlari bilan bog'liq hodisalardan, dunyoviylikning ohanrabo “qudrat”idan, odamni chalg'itib, shaytoniy vasvasalarga duchor etguvchi holatlardan tafakkurni omon saqlaydi.

Matnazar Abdulhakim Haqqa intilgan, har ikki satrning birida jarangdor, sershovqin, balanparvoz, “xonasheru maydong'arib” so'z va iboralarni tinimsiz qo'llamay ham orifona ash'or yarata olgan shoir va shaxs edi. Uning tarjimachilik sohasidagi halol va mashaqqatli mehnatlarining o'zi – hanuz nafasimiz etmagan va qadriga etilmagan noyob hodisa.

Jisman poygohda, ruhan yuksaklikda, orif maqomida yashab o'tgan Matnazar Abdulhakimning umrini, ijodini, ta'bir joiz bo'lsa, – qanchalik olisda turib gumburlamasin, sadosini hamma baralla eshitadigan momoqaldiroqqa qiyoslash mumkin. Agar ijodkor so'zining qudrati bo'lmasa, u qulog'ingiz tagida turib baqirsa ham – eshitmaysiz. Chunki, ular yuqoridan turib gumburlamaydi.

Olloh, yorug' so'z nuri bilan dillarni nurafshon etgan Matnazar akaning biz izlab topadigan qabrini purnur, oxiratini obod aylagan bo'lsin.

Odil IKROM

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort