O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'zbekiston Prezidentining Peshku Bayonotiga munosabat

O'zbekiston Prezidentining Peshku Bayonotiga munosabat
19 Şubat 2018 - 6:06 'da yuklandi va 2930 marta o'qildi.

O'ZBEKISTON PREZIDENTINING PEShKU BAYoNOTIGA MUNOSABAT

O'zbekiston Prezidenti bizni o'z bayonotlari bilan hayratga solishda davom etmoqda.

Buxoroning Peshku tumanida u hech ikkilanmasdan Karimovning arzandasi, ko'z nuri bo'lgan davlat tashkilotining – Milliy Xavfsizlik Xizmatining faoliyatini 37-yil Stalin qatag'onlari bilan tenglashtirib, sensatsion bir bayonot qildi.

Biz haqiqatan hayratga tushdik va hammamiz uni olqishladik.

Agar muhtaram Prezident bu bayonotining orqasida turib, MXX faoliyatini so'zda emas, amalda isloh qiladigan bo'lsa, ishni avvalambor o'sha “37-yil” qurbonlari hakda e'tirofidan boshlash kerak. Mirziyoev buni tushunadi. Uning bu mavzuda aytgan jumlasini so'zma-so'z keltiraman: “Menga kelgan xatlar juda norozi. Tadbirkorlarni boshini egan o'sha tashkilotlar haliyam bor. Buxorodan menda juda ko'p manba bor. Tadbirkorlarni aybsiz qamagani, qanday qiynagani, rasmlari ham bor menda. O'sha ishni qilgan tergovchilarning hammasining familiyasi bor. Xudo xohlasa, sog'-salomat yursak, vaqt keladi, televizorda ko'rasizlar”, deydi prezident.

Xudoga shukur, tadbirkorlar mahallasida adolat qaror topadigan bo'ldi! Allohga shukurlar bo'lsin!

Ammo..

Ammo bizning mahallada-chi?! Bizning mahallada ham ayni Peshku adolati qaror topadimi?

Bizning “siyosiy mahalla”mizni nazarda tutyapman, janoblar!

Men fakat Prezidentga emas, davlatning barcha mulozimlariga murojaat etmakdaman;

Bu “mahalla”dagi 27 yillik xo'rlik va qiynoqlar uchun adolat talab qilinmaydimi?

O'z siyosiy qarashlari uchun, diniy e'tiqodlari uchun o'lim lagerlarida tirnoqlari sug'urib olingan, ko'zlari o'yilib, elkalariga xanjar tig'i bilan Abdulla Orifning she'ri – O'zbekistonning gimni yozilgan minglab mahbuslar uchun Peshku adolati yuqmi?

Va boshqa sohalarning yuzlab “mahallarlari”da o'tkazilgan repressiyalar qachon e'tirof etilmoqchi?

Nega biz 27 yil orziqib kutgan hayotiy ahamiyat kasb etayotgan bu islohotlar faqat qisman va cheklangan shaklda jarayon etmoqda?

Nega mazlumlar sortlarga ajratilmoqda?

Bu bizning mazlum, narigisi anavi gruppaning mazlumi, uchinchisi esa umuman begona mazlum!

Janoblar, mazlum Alloh qatida faqat mazlumdir! Uning na ijtimoiy sinfi, na oilaviy kelib chiqishi, na kasbi va na dunyoqarashi muhim – uning mazlumligi muhimdir!

Alloh qatida shunday ekan, biz bandalari bu haqiqatni inkor etishimiz isyondan boshqa narsa bo'lmaydi! Osiy bo'lishdan qo'rqmasangiz, mayli, inkor qiling.

Ammo munkirlar bunga jasorat etsalar o'z harakatlarining javobini tezda olajaklardir.

Bugun zolim Karimovning zolimchalari olgani kabi!

Qarang, MXX generali Shuhrat G'ulomov, yuzlarcha siyosiy va diniy mahbuslarni o'ldirishga va qiynashga amr bergan zolimvachcha, u bugun odamlarni qiynagan hujrada o'zi qiynoqqa solinmoqda!

Bu aqli borlar uchun buyuk ogohlantirishdir!

Allohdan boshqa hech kim boqiy emas, har kim o'tkinchidir, buni unutmang janoblar!

Biz adolat kutishda davom etmoqdamiz. Sabr bilan, beqiyos sabr bilan, 30 yillik bir sabr bilan kutayapmiz. Bizning sabrimizni sinamanglar, bizning haqqimiz bo'lgan haqlarimizni tiklanglar, mazlumlarni shu “37-yil” qurbonlarini zudlik bilan zindonlardan ozod qilinglar.

Ana shundagina o'zbek xalqini Peshku bayonotining shunchaki so'z emas, balki samimiy e'tirof ekaniga ishontirish mumkin bo'ladi.

Biz Shavkat Mirziyoevning islohot sari tashlayotgan qadamlarini dastaklashda davom etamiz va adolatning tezroq qaror topishini kutamiz.

Muhammad Solih

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Muso ;

    Xa, Tuppa tugri suz bu! Ular xaligacha kon yutiyapdilar!!!!

    19/02/2018 11:16
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube