O’zbekiston Xalq Harakati

Sobiq bosh prokuror o'z qo'l ostidagilardan har oyda katta miqdorda pora olgan

Sobiq bosh prokuror o'z qo'l ostidagilardan har oyda katta miqdorda pora olgan
19 Mart 2018 - 10:03 'da yuklandi va 1517 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, Prezident Shavkat Mirziyoev 17 mart kuni Samarqandda qilgan ma'ruzasida sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirov o'z qo'l ostidagilardan har oyda katta miqdorda pora olib kelgani uchun qamalganini ta'kidlagan.

“Bosh prokurorni nega qamadim? Hammasi o'g'ri edi. Har bir tuman prokurori qanchadan pul berganini bulbuldek sayrab yotibdi turmada. Samarqandda ham 7 tuman prokurori har oyda berib turgan. Har oyda 2 ming dollardan bergan, prokuror bo'lish uchun 35-40 ming dollardan bergan. Tayloq tumani prokurori 40 ming bergan bo'lsa, bu pulni qaytarishi uchun Tayloqni sotishi kerak-ku? Mana qanday vaziyatda yashaganmiz”, deb iqtibos keltirdi prezident so'zlaridan “Kun uz” nashri.

Mirziyoev o'z so'zida davom etar ekan: “Qo'limiz kalta edi, bir-ikkita tashkilotlar bor edi. G'o'ddayib, atrofimizda poylab yurardi. O'zlari eng katta o'g'ri edi. Bu ham haqiqat”, deb aytdi.

Ozodlik Rashidjon Qodirovning 22 fevral' kuni Toshkentda hibsga olingani haqida o'z manbalariga tayanib, birinchi bo'lib xabar qilgan edi.

Bosh prokuraturadagi Ozodlik manbasiga ko'ra, 15 yil bosh prokuror bo'lgan Rashidjon Qodirov “yirik miqdorda davlat mulkini o'zlashtirish va xorij banklari vositasida pul yuvish amaliëtlarini o'tkazish” ayblovlari yuzasidan boraëtgan tekshiruv jaraënida so'roq qilinmoqda va unga nisbatan hibsga olish ehtiët chorasi qo'llanilgan.

O'XH xabarlar bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort