O’zbekiston Xalq Harakati

Uch huquqbon va bir jurnalist qamoqdan chiqarildi

Uch huquqbon va bir jurnalist qamoqdan chiqarildi
21 Mart 2018 - 11:53 'da yuklandi va 884 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, O'zbekiston inson huquqlari jamiyatining qamoqdagi 3 nafar faoli Yo'ldosh Rasulov, Cho'yan Mamatqulov va Qudrat Rasulov hamda jurnalist G'ayrat Mixliboev ozodlikka chiqarilgan. Bu haqda “Ozodlik” radiosiga 20 mart kuni ma'lum bo'lishicha, to'rt faol joriy yilning 26-27 fevral' kunlari qamoqdan chiqarilgan.

To'rt faolning ozod bo'lgani haqida O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasiga tayanib, “Ozodlik” radiosiga xabar bergan mustaqil jurnalist Abdurahmon Tashanovga ko'ra, uch hafta avval ozod bo'lgan uch huquqbon va bir jurnalistning qamoqdan chiqqani nimaga shu paytgacha matbuotga oshkor etilmagani noma'lum:

“O'zbekiston inson huquqlari mustaqil tashkiloti faollaridan bunday ma'lumot olgan zahotim GUIN bilan bog'lanib, masalaga oydinlik kiritishga harakat qildim. Ular fevral' oyining so'nggi kunlaridayoq ozodlikka chiqarilib, uylariga olib borib qo'yilgan ekan. Afsuski, faollarning o'zlari bilan bog'lanish imkoni bo'lmadi” dedi jurnalist Abdurahmon Tashanov “Ozodlik” radiosi bilan suhbatda.​

Jurnalistning ta'kidicha, O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish muassasalarining turli koloniyalarida jazo muddatini o'tayotgan faollar “mamlakat qonunchiligining insonparvarlik va gumanizm tamoyillari asosida muddatidan avval ozodlikka chiqarilgan”.

Shu oy boshida uzoq muddat qamoqda o'tirgan muxolifatchi Isroiljon Xoldorov va jurnalist Yusuf Ro'zimurodovlar ham ozod etilgan edi.

AQSh elchixonasi huquq faollarining qamoqdan chiqarilishini olqishlagandi.

“Biz ozodlikka chiqqan mahbuslarga adolat, sog'liqni qayta tiklash va yangi kuchlar tilaymiz. Biz O'zbekiston hukumatini yana boshqa mahbuslarni ozodlikka chiqarishga va ozod bo'lganlarni ularni to'laqonli ozod inson ekanligini tasdiqlovchi hujjatlari topshirilishiga chaqiramiz. Biz umid qilamizki, siyosiy mahbuslarni hibsga olish amaliyoti O'zbekiston o'tmishida qoladi va islohotlar izchil davom ettiriladi”, – deyiladi AQSh elchixonasi bayonotida.

So'nggi bir necha oy ichida O'zbekistonda o'ndan ziyod huquq faoli va jurnalist qamoqdan ozod etildi.

O'XH xabarlar bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort