O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

26 mart referendumi – Karimovning navbatdagi siyosiy nayrangi

26 mart referendumi – Karimovning navbatdagi siyosiy nayrangi
26 Mart 2018 - 13:07 'da yuklandi va 2213 marta o'qildi.

O'zbekistonda 1995 yilning martida prezident vakolatini uzaytirish uchun referendum o'tkazilgan edi.

Islom Karimovning prezidentlik vakolatini 2000 yilga qadar uzaytirgan bu referendum kunlaridagi siësiy kayfiyatni o'sha davr rasmiy matbuotidan izlaymiz.

Qo'limizda referendum kunlari chop qilingan va karimovparast chaqiriqlar bilan to'la “Xalq so'zi” va “Narodnoe slovo” gazetalari.

“Xalq so'zi” gazetasining 25 martdagi soni “Ertaga umumxalq referendumi kuni” degan sarlavhani manjetga chiqargan.

Gazetaning ilk sahifasida italiyalik diplomat Karlo Ungaro (Carlo Ungaro) tilidan “O'z vaqtida o'tkazilaëtgan muhim tadbir” degan “maqola” e'lon qilingan.

Ayni sahifada Karimovni “Tinchlik va osoyishtalik kafolati” deb atagan tojikistonlikning maktubi e'lon qilingan.

Eslatib o'tamiz, 1995 yilda Tojikiston O'zbekiston hukumati uchun odamlarni qo'rqitadigan va yashashidan shukr qilishga chorlaydigan “o'rnak” davlat edi.

Bugungi matbuot o'zbeklarni Suriya bilan qo'rqitsa, o'sha payt matbuoti Tojikiston bilan qo'rqitgan.

Ayni varaqda referendum vositasida lavozimdagi umri uzaytirilaëtgan Islom Karimov sha'niga maqtovlar ëg'dirgan maqolalar o'rin olgan.

“Porloq kelajak sari”, “To'la qo'llab-quvvatlaymiz” kabi maqolalar ritorika va madhiyabozlik namunasi kabi tuyuladi.

Gazetada o'sha paytda o'zbek parlamenti spikeri bo'lgan Erkin Xalilovning Madridga safari haqida ham bilgi berilgan.

Ayni gazetaning 23 martdagi sonida esa umumxalq referendumidagi ovoz berish varaqasining namunasi berilgan.

Varaqada “Siz O'zbekiston prezidenti vakolatlarini 1997 yildan 2000 yilga qadar uzaytirishga rozimisiz?” degan savol qo'yilgan. Tartibga ko'ra, bu varaqaga qalam tekizmay qutiga tashlansa, rozilik alomati bo'lar ekan.

Norozilar bu matnni o'chirib tashlashlari talab qilingan.

O'sha paytda muxolifatning Turkiyada nashr qilingan “Erk” gazetasida ëzilishicha, saylov xonalaridagi ruchkalarning ichidagi zapasi olib qo'yilgan ekan. Byulleten' ustini chizganlar huquqbuzar sifatida militsiya suhbatiga olib ketilgan.

Yana gazetalarga qaytamiz. “Xalq so'zi”ning 24 mart sonida keleslik maktab direktori Xalilovning rasmi referendumda Karimov targ'ibotchisi sifatida taqdim qilingan.

Ayni sahifada Karimovga bag'ishlangan “Kelajagimizning ishonchli kafolati” degan kattagina maqola chop qilingan. Gazeta mualliflari referendumni “Demokratiyaning oliy mahsuli” deya tariflashgan.

Referendum o'tib bo'lganidan keyin 28 mart kuni chop qilingan “Xalq so'zi” Karimovning fotosini chop qilib, “El ishonchi – oliy mukofot” degan sarlavhani manjetga chiqargan.

Gazetaning ichki sahifasidan esa referendumning “zo'r uyushqoqlik bilan o'tgani” haqidagi lavhalar elpig'ichi o'rin olgan.

Rus tilidagi “Narodnoe slovo” gazetasi “Narod skazal svoe slovo” sarlavhasi ostida referendumni maqtovchi maqolani e'lon qilgan.

1995 yil 26 martida o'tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga muvofiq, Karmovning prezidentlik vakolatlari 2000 yilgacha uzaytirildi.

Shundan beri o'tgan va muqobil saylov ekani iddao qilingan prezidentlik saylovlarida Karimov yana osonlik bilan o'z kursisida qolishga muvaffaq bo'ldi.

Xalqaro kuzatuvchilar bu saylovlarning birontasi ham erkin va demokratik saylovlar bo'lmaganini aytishadi.

O'zbekiston Konstitutsiyasining 90-moddasiga muvofiq, bir shaxs prezidentlik lavozimiga ikki martadan ortiq saylanishi mumkin emas.

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube