O’zbekiston Xalq Harakati

Bobomurod Abdullaev: “Usmon Haqnazarov o'z missiyasini bajarib bo'ldi”

Bobomurod Abdullaev: “Usmon Haqnazarov o'z missiyasini bajarib bo'ldi”
07 Mayıs 2018 - 23:24 'da yuklandi va 1527 marta o'qildi.

7 may kuni Toshkent sudi tomonidan sud zalidan ozodlikka chiqarilgan jurnalist Bobomurod Abdullaev BBCUZBEK.COM ning Facebook sahifasidagi jonli muloqotida ishtirok etdi. U Usmon Haqnazarov taxallusi o'z missiyasini bajarib bo'lgani uchun bu nom ostida boshqa maqola yozmasligini ma'lum qildi.

Sud unga ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 yil ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Abdullaev bilan sudlangan yana uch kishi sud tomonidan aybsiz deb topilgan.

Bobomurod Abdullaev sudining ochiq va adolatli o'tishi Mirziyoev boshlagan siyosiy islohotlarning natijasi ekanligini aytdi.

Jonli muloqotni BBCUZBEK.COMning YouTube kanalida tomosha qiling:

U MXX raisi Rustam Inoyatov vazifasidan olinishi bilan MXX hibsxonasida unga nisbatan muomala ijobiy tomonga o'zgarganini bildirdi.

Jurnalistga ko'ra muxolifat lideri Muhammad Solihning Bobomurod Abdullaevning Usmon Haqnazarov ekanligini matbuot anjumani orqali e'lon qilishi uning ishini rezonansli bo'lishiga sabab bo'lgani va foyda berganini ta'kidladi.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort