O’zbekiston Xalq Harakati

Kreslo

Kreslo
18 Mayıs 2018 - 6:00 'da yuklandi va 775 marta o'qildi.

MANSUR ShE'RLAR

 

 

KRESLO

Men Qora dengizga ham, Oq dengizga ham muhtoj emasman.
Mening kreslom bor, mening yashil dengizim. Mening hamisha
tinch, doimo shinam dengizim.
Men unga cho'kayotib, avval quloqlarimni, so'ng ko'zlarimni
bekitaman. Ko'zimni dengizning eng tubida ochish uchun bekitaman,
qorachiqlar nurini teranlik uchun asrayman. Quloqni esa sukunat
bosimini bexato aniqlash uchun berkitmoq lozim.
Oyog'im yashil dengizning tubiga tekkanda, men ko'zimni ochib
birinchi galda, ufqlar ko'pligini ko'raman. Dengiz yuzasida ufq
yagona bo'lsa, uning ostida minglab ufq mavjud. Baliqlar
to'dasining baravariga ming tarafga suzishini tasavvur kiling!
Bu g'aroyib baliqchalar menga bir necha marta o'z fikrlarim
bo'lib kurindi va ularni ushlab olmoqchi ham bo'ldim – foyda
chiqmadi. Qo'lim yaqinlashgani zahot, ular yo'q bo'lib ketar,
go'zallik o'rnida mayda pufakchalar qolardi xolos.
Endi men «irod qilingan fikr – yolg'on» degan hikmat
ma'nisini yaxshi tushunaman.

1982

(184)

Muhammad Solihning 2013 yilda Istanbulda chop etilgan “Val-Fajr” kitobidan. (114-sahifa.)

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort