O’zbekiston Xalq Harakati

Jasoratning ko'zi

Jasoratning ko'zi
24 Mayıs 2018 - 6:00 'da yuklandi va 565 marta o'qildi.

MANSUR ShE'RLAR

 

JASORATNING KO'ZI

Menga uyqu bermas Jasoratning ko'zi.
«Nega jimsan?» deydi u menga.
«Nega jimsan, qo'ling ozod bo'lib, oyog'ing sog' bo'lib, nega
jimsan?» deydi u menga tikilib.
«Bu qo'llar bog'liq bo'lishi mumkin edi», deydi mening
qo'llarimni ko'rsatib.
«Bu oyoqlarda kishan bo'lishi mumkin edi-ku», deydi u mening
oyoqlarimga imo qilib.
«To'g'ri, – deyman men,- sening tajribang bor, sen bog'liq
qo'llarni ham ko'rgansan, kishanli oyoqlarni ham. Lekin mendan
nima istaysan, Jasoratning ko'zi!»
Baqirganim kor qilmaydi, tepamdan ketmaydi, tonggacha
qadalib turadi Jasoratning ko'zi.

1982

(186)

Muhammad Solihning 2013 yilda Istanbulda chop etilgan “Val-Fajr” kitobidan. (115-sahifa.)

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort