O’zbekiston Xalq Harakati

Mirziyoev: DXXchilar oyligi oshadi, ularga uy, bolalariga grant beriladi, o'qituvchilarga esa yo'q…

Mirziyoev: DXXchilar oyligi oshadi, ularga uy, bolalariga grant beriladi, o'qituvchilarga esa yo'q…
21 Mayıs 2018 - 21:31 'da yuklandi va 1158 marta o'qildi.

Prezident Mirziyoev 19-20 may kunlari Andijonda o'tgan yig'ilishda DXX xodimlariga uy qurish va maoshini ko'tarishga va'da berdi.

«Hozir qo'l qo'ydim: bularga uy qurayapman, oyligini ko'tartiraman», dedi u. Biroq ayni viloyatdagi nutqida iqtisodiyot og'ir ahvolda bo'lganligi uchun o'qituvchilarning maoshini oshirish uning qo'lida emasligini aytdi.

«Ochig'ini aytishim kerak, iqtisodiyotimiz juda og'ir vaziyatda, juda og'ir kunlarni boshdan kechiryapmiz. Qaniydi, qo'limda bo'lsa, birinchi navbatda maktab o'qituvchisining oyligini 10 baravar oshirib qo'yardim», dedi Mirziyoev Ulug'nor tumanida 19 may kungi chiqishida.

DXX xodimlariga uy qurib berish, oyligini oshirishdan tashqari prezident qaroriga ko'ra, 2018–2019 o'quv yilidan boshlab ularning bolalari, umumiy belgilangan grantlardan tashqari maxsus ajratilgan imtiyozli kvotalar asosida o'qishga kiradigan bo'ldi.

Rassom Tuz

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort